Matto 10:1-42

  • O‘n ikkita havoriy (1-4)

  • Xizmat uchun yo‘l-yo‘riq (5-15)

  • Shogirdlar ta’qib qilinadi (16-25)

  • Odamlardan emas, Xudodan qo‘rqish (26-31)

  • Tinchlik emas, qilich (32-39)

  • Isoning shogirdlarini qabul qilish (40-42)

10  Shundan keyin Iso 12 shogirdini chaqirib, ularga jinlarni quvib chiqarish+ hamda turli kasallik va darmonsizliklarni davolash vakolatini berdi.  Bu 12 havoriyning* ismlari quyidagichadir+: Butrus deb nom olgan Simun+ va uning ukasi Idris+, Zabadiyning o‘g‘illari Yoqub va uning ukasi Yuhanno+,  Filip va Bartolmey*+, To‘ma+ hamda soliqchi Matto*+, Alfeyning o‘g‘li Yoqub va Taddey*,  G‘ayratli Simun va keyinchalik Isoga xiyonat qilgan Yahudo Ishqariyot+.  Ushbu 12 kishini yo‘lga jo‘natarkan, Iso ularga quyidagicha yo‘l-yo‘riq berdi+: «Boshqa xalqlar hududidan o‘tmanglar va samariyaliklarning hech bir shahriga kirmanglar+.  Sizlar yaxshisi adashgan qo‘ylarga o‘xshagan Isroil xalqi oldiga boringlar+.  Yo‘lda ketayotib: “Osmon Shohligi yaqinlashib qoldi”,— deb e’lon qilinglar+.  Kasallarga shifo beringlar+, o‘lganlarni tiriltiringlar, moxovlarni pok qilinglar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekinga olgansizlar, tekinga beringlar.  Belbog‘ingizga oltin, kumush yoki mis pul ham tugmanglar+. 10  Shuningdek, yo‘l uchun yegulik solingan to‘rva ham, qo‘shimcha* kiyim ham, sandal va hassa ham olmanglar+, chunki ishchi o‘z rizqini olishga loyiqdir+. 11  Qaysi shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u yerda tashrifingizga munosib bo‘lganlarni izlanglar va ketmaguningizcha o‘sha yerda qolinglar+. 12  Biror uyga kirganingizda, xonadon ahliga salom beringlar. 13  Agar uy ahli sizlarni qabul qilsa, tilagan tinchligingiz ularga yor bo‘ladi+. Bordi-yu, qabul qilishmasa, tinchligingiz o‘zlaringizga qaytadi. 14  Mabodo sizlarni qabul qilishmasa yoki tinglashmasa, o‘sha uy yoki shahardan chiqib ketayotib, oyoqlaringizdagi changni qoqib tashlanglar+. 15  Ishonavering, Hukm kunida* bu shahardan ko‘ra Sado‘m va G‘amo‘raning+ ahvoli yengilroq bo‘ladi. 16  Men sizlarni yuboryapman, ammo sizlar xuddi bo‘rilar orasidagi qo‘ylarday bo‘lasizlar. Shunday ekan, ilonlarday ehtiyotkor, kaptarlarday beg‘ubor bo‘linglar+. 17  Ehtiyot bo‘linglar, chunki odamlar sizlarni mahalliy mahkamalarga topshirib+, ibodatxonalarida+ savalashadi+. 18  Men tufayli sizlarni hokimlar-u podshohlar qoshiga olib borishadi+. O‘shanda ularga hamda boshqa xalqlarga shohidlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lasizlar+. 19  Biroq sizlarni ularning qo‘liga topshirishganida, nima deyman, qanday gapiraman deb tashvishlanmanglar, chunki nima deyish kerakligini o‘sha paytning o‘zida bilib olasizlar+. 20  Sababi, o‘z-o‘zingizdan emas, balki samoviy Otangizning qudrati yordamida gapirasizlar+. 21  Bundan tashqari, aka ukasini, uka akasini va ota o‘z bolasini o‘limga topshiradi. Farzandlar ota-onalariga qarshi chiqib, ularni o‘ldirishadi+. 22  Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi+. Faqat oxirigacha chidagan qutuladi+. 23  Sizlarni bir shaharda ta’qib qilishsa, boshqasiga qochinglar+. Ishonavering, Isroilning shahar-u qishloqlarida va’z qilib chiqishga ulgurmasingizdan Inson O‘g‘li kelib qoladi. 24  Shogird ustozidan, xizmatkor esa xo‘jayinidan ustun emas+. 25  Shogird uchun ustozi kabi va xizmatkor uchun xo‘jayini kabi bo‘lish kifoyadir+. Agar xonadon egasini Baalzabub* deb atasalar+, uy ahlini ham shunday atashlari shubhasizdir! 26  Shuning uchun, odamlardan qo‘rqmanglar. Zero oshkor bo‘lmaydigan hech narsa va ma’lum bo‘lmaydigan biron sir yo‘q+. 27  Men sizlarga qorong‘ida aytgan narsani sizlar yorug‘likda gapiringlar, pichirlab aytilganni tomlarda turib e’lon qilinglar+. 28  Sizlarni o‘ldirishga qurbi yetadigan, ammo kelajakdagi hayotdan mahrum eta olmaydigan odamlardan qo‘rqmanglar+. Aksincha, sizlarni jahannamda* yo‘q qilib yuborishga qodir bo‘lgan Zotdan qo‘rqinglar+. 29  Ikkita chumchuq bir tangaga* sotilmaydimi? Biroq ulardan bittasi yerga tushsa ham, samoviy Otangizning nazaridan chetda qolmaydi+. 30  Sizlarga kelsak, sochlaringizning har bir tolasi sanalgan. 31  Shuning uchun qo‘rqmanglar, sizlar ko‘pgina chumchuqlardan ko‘ra qadrliroqsiz+. 32  Kimki boshqalar oldida meni tan olsa+, men ham uni samoviy Otam oldida tan olaman+. 33  Kimki boshqalar oldida meni inkor etsa, men ham uni samoviy Otam oldida inkor etaman+. 34  Meni dunyoga tinchlik keltirgani kelgan deb o‘ylamanglar. Men tinchlik emas, qilich keltirdim+. 35  Otani o‘g‘lidan, onani qizidan, qaynanani kelinidan ayirgani keldim+. 36  Darhaqiqat, odamning uydagilari unga dushman bo‘lishadi. 37  Mendan ko‘ra otasini yoki onasini ko‘proq sevgan kishi mening shogirdim bo‘lishga munosib emas. Mendan ko‘ra o‘g‘lini yoki qizini ko‘proq sevgan ham mening shogirdim bo‘lishga loyiq emas+. 38  Kimki o‘zining azob ustunini* ko‘tarib mening ortimdan yurmasa, shogirdim bo‘lishga arzimaydi+. 39  O‘z jonini* saqlab qolgan, undan mahrum bo‘ladi. Meni deb jonidan mahrum bo‘lgan esa, uni saqlab qoladi+. 40  Sizlarni qabul qilgan, meni ham qabul qilgan bo‘ladi. Meni qabul qilgan esa meni Yuborganni ham qabul qilgan bo‘ladi+. 41  Payg‘ambarni payg‘ambarligi uchun qabul qilgan, payg‘ambarga yarasha mukofot oladi+. Odil kishini odilligi uchun qabul qilgan esa, odil kishiga yarasha mukofot oladi. 42  Kimki bu kichiklardan biriga mening shogirdim bo‘lgani uchun bir piyola sovuq suv bersa, ishonavering, u mukofotsiz qolmaydi»+.

Izohlar

Natanail deb ham atalgan. Yuh 1:46; 21:2 ga q.
Levi deb ham atalgan. Lq 5:27 ga q.
«Yoqubning o‘g‘li Yahudo» deb ham atalgan. Lq 6:16; Yuh 14:22; Hv 1:13 ga q.
So‘zma-so‘z «ikkita».
Shaytonning yana bir nomi. Jinlarning hukmdori.
So‘zma-so‘z «assariyga». Ilovaning B14 mavzusiga q.
Yoki «hayotini».