Matto 19:1-30

  • Nikoh va ajralish (1-9)

  • Nikoh qurmaslik in’omi (10-12)

  • Iso bolalarni duo qiladi (13-15)

  • Boy yigit savol beradi (16-24)

  • Shohlik uchun qurbonlik (25-30)

19  Iso bu so‘zlarni aytib bo‘lgach Jaliladan chiqib, Iordanning narigi tomonidagi Yahudiya chegaralariga keldi+.  Uning orqasidan tumonat xaloyiq ergashib kelayotgan edi. Iso u yerda xastalarga shifo berdi.  Uning yoniga farziylar kelib, sinash niyatida shunday savol berishdi: «Erkak kishi har qanday sababga ko‘ra o‘z xotinidan ajralishi qonuniymi?»+  Iso ularga javoban dedi: «Axir o‘qimaganmisizlar? Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratib+,  shunday degan: “Shuning uchun kishi ota-onasini qoldirib, xotiniga bog‘lanib* qoladi va ikkovi bir tan bo‘ladi”+.  Demak, endi ular ikki emas, bir tan hisoblanadi. Shunday ekan, Alloh birga qo‘shganini* bandasi ajratmasin»+.  Ular esa Isodan: «Nega unda Muso payg‘ambarimiz, ajralmoqchi bo‘lgan kishi, xotiniga taloq xatini berishini aytganlar?»+ — deb so‘rashdi.  Iso ularga javoban dedi: «Bag‘ritosh bo‘lganingiz uchun, Muso payg‘ambar xotinlaringizdan ajralishga ruxsat berganlar+. Ammo dastlab bunday bo‘lmagan+.  Sizlarga aytib qo‘yay, kimki xotini unga bevafolik* qilmagan bo‘lsa-da, undan ajralib o‘zgaga uylansa, zino qilgan bo‘ladi»+. 10  Shogirdlari Isoga: «Agar nikoh qurganlar uchun talab shunday bo‘lsa, uylanmagan yaxshiroq ekan-da»,— deyishdi. 11  Iso bo‘lsa ularga shunday dedi: «Hamma ham bunga rioya qila olmaydi, faqat kimning bunday in’omi+ bo‘lsagina, bunga rioya qila oladi. 12  Chunki ba’zilar uylanishga yaroqsiz bo‘lib tug‘iladi, kimdir odamlar tomonidan bichilgan bo‘ladi, boshqalari esa Osmon Shohligi uchun turmush qurishdan voz kechishadi. Kim bunday yashay olsa, yashayversin»+. 13  Keyin, Iso duo qilsin deb, uning yoniga bolalarni olib kelishdi; shogirdlari esa ularni koyib berishdi+. 14  Biroq Iso: «Bolajonlarga tegmanglar, ular yonimga kelishiga to‘sqinlik qilmanglar, zero Osmon Shohligi shundaylarnikidir»+,— dedi. 15  Iso bolalarning ustiga qo‘lini qo‘yib, duo qildi-da, u yerdan ketdi. 16  Shundan so‘ng, uning yoniga bir yigit kelib: «Ustoz, abadiy hayotga erishish uchun qanday yaxshi ish qilishim kerak?» — deb so‘radi+. 17  Iso bo‘lsa unga javoban: «Nega yaxshi ish haqida mendan so‘rayapsiz? Birgina Xudo yaxshidir*+. Hayotga erishishni istasangiz, doimo amrlarga rioya qiling»+,— dedi. 18  U esa Isodan: «Qaysi amrlarga?» — deya so‘radi. Iso javoban: «Qotillik qilmang+, zino qilmang+, o‘g‘rilik qilmang+, soxta guvohlik bermang+, 19  ota-onangizni hurmat qiling+ va yaqiningizni o‘zingizni sevgandek seving»+,— dedi. 20  Yigit Isodan so‘radi: «Bularning bariga rioya qilib kelganman, yana nima qilishim kerak?» 21  Iso unga shunday javob berdi: «Agar Allohga mukammal darajada xizmat qilishni istasangiz, borib barcha mol-mulkingizni soting-da, kambag‘allarga tarqating. Shunda osmonda xazinangiz bo‘ladi+. So‘ng kelib, mening izdoshim bo‘ling»+. 22  Bu so‘zlarni eshitib, yigit qayg‘u ichida u yerdan ketdi, chunki uning mol-mulki juda ko‘p edi+. 23  Iso shogirdlariga quyidagilarni aytdi: «Ishonavering, boy kishining Osmon Shohligiga kirishi qiyin bo‘ladi+. 24  Yana shuni ham aytib qo‘yayki: boy kishining Xudoning Shohligiga kirishidan ko‘ra, tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroq»+. 25  Buni eshitgach, shogirdlari g‘oyat hayron bo‘lib: «Unda kim najot topa oladi?» — deya so‘rashdi+. 26  Iso ularga tikilib qaradi-da, shunday dedi: «Bu, odamlar uchun imkonsizdir, ammo Tangri uchun imkonsiz narsa yo‘q»+. 27  Shunda Butrus so‘radi: «Mana, biz bor-yo‘g‘imizni qoldirib, orqangizdan ergashib keldik. Buning evaziga biz nimaga ega bo‘lamiz?»+ 28  Iso ularga javob berdi: «Ishonavering, Alloh barcha narsani yangidan yaratganda, Inson O‘g‘li o‘zining ulug‘vor taxtiga o‘tiradi. O‘shanda, mening orqamdan ergashgan sizlar ham 12 taxtga o‘tirib, Isroilning 12 qabilasini hukm qilasizlar+. 29  Meni deb uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, bola-chaqa yoki yer-mulkini qoldirgan har kim 100 barobar ko‘prog‘iga ega bo‘lib, abadiy hayotga erishadi+. 30  Ammo birinchilardan ko‘pi oxirgi, oxirgilar esa birinchi bo‘ladi+.

Izohlar

Bu yerda qo‘llanilgan yunoncha so‘z «yelim bilan yopishtirilganday mahkam birikib qolish», degan ma’noga ega.
So‘zma-so‘z «bitta bo‘yinturuqqa qo‘shganini».
Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
Ya’ni nima yaxshi ekanini belgilovchi.