Matto 23:1-39

  • Ulamo-yu farziylarga taqlid qilmaslik (1-12)

  • Ulamo-yu farziylarning holiga voy (13-36)

  • Iso Quddus uchun achinadi (37-39)

23  Bundan keyin Iso olomonga va shogirdlariga shunday dedi:  «Ulamo-yu farziylar Muso payg‘ambarning o‘rnini egallashgan.  Shu sababli ularning hamma aytganlarini bajaringlar, ammo qilganini qilmanglar. Chunki ular aytganlarini o‘zlari bajarishmaydi+.  Ular og‘ir yuklarni bog‘lab, odamlarning yelkasiga tashlab qo‘yishadi-yu+, o‘zlari esa bu yuklarga hatto barmog‘ini ham tekkizishmaydi+.  Barcha ishlarini xo‘jako‘rsinga qilishadi+. Shuningdek, tumordek taqib yurgan duo qutilarini* kattalashtirib+, kiyimlarining popuklarini uzaytirishadi+.  Ular ziyofatlarda to‘rda o‘tirishni va ibodatxonalarda yuqori o‘rinni egallashni+,  bozor maydonlarida alik olishni va ularni “ustoz”*, deb atashlarini yaxshi ko‘radilar.  Biroq sizlar “ustoz”, deb atalishga ko‘nmang, chunki birgina Ustozingiz bor+. Sizlar esa barchangiz birodarsizlar.  Qolaversa, yer yuzida hech kimni “ota”*, deb atamanglar, chunki birgina Otangiz bor+. U — samoviy Otangiz. 10  O‘zingizni “yo‘lboshchi”, deb ham atamanglar, zero birgina Yo‘lboshchingiz bor. U ham bo‘lsa Masihdir. 11  Shunday ekan, orangizda kim buyuk bo‘lsa, u sizlarga xizmatkor bo‘lsin+. 12  Kim o‘zini yuqori tutsa — pasaytiriladi+, kimki o‘zini past olib yursa — yuksaltiriladi+. 13  Ey ulamo-yu farziylar, ikkiyuzlamachilar, holingizga voy! Boisi, sizlar Osmon Shohligining eshiklarini insonlarga bekitib qo‘yyapsizlar. O‘zlaringiz ham kirmayapsizlar, kirmoqchi bo‘lganlarga ham to‘sqinlik qilyapsizlar+. 14  * —— 15  Ey ulamoyu farziylar, ikkiyuzlamachilar+, holingizga voy! Negaki, sizlar hech bo‘lmaganda bir kishini diningizga kiritish uchun dengiz-u quruqlikni aylanib chiqasizlar. Maqsadga erishgach esa, uni jahannamga* tashlanadigan darajada, o‘zingizdan ikki baravar battarroq qilasizlar. 16  Ey ko‘r yo‘lboshchilar+, holingizga voy! Zero sizlar: “Agar kimdir ma’badni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, hechqisi yo‘q. Bordi-yu, ma’badning oltinini o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, uni bajarishi shart”+,— deysizlar. 17  Ahmoq-u ko‘rlar! Qaysi biri muhimroq: oltinmi yoki uni muqaddas qilgan ma’badmi? 18  Shuningdek, sizlar: “Agar kimdir qurbongoh haqqi qasam ichsa, hechqisi yo‘q. Bordi-yu, kishi uning ustidagi nazr haqqi qasam ichsa, qasamini bajarishi shart”,— deysizlar. 19  Ey ko‘rlar! Qaysi biri muhimroq: nazrmi yoki uni muqaddas qiluvchi qurbongohmi? 20  Shuning uchun, kimki qurbongoh haqqi qasam ichsa, uning ustidagi hamma narsa haqqi qasam ichgan bo‘ladi. 21  Kim ma’badni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, ma’bad va unda yashaydigan Xudoni+ o‘rtaga qo‘yib qasam ichgan hisoblanadi. 22  Osmon haqqi qasam ichgan kishi esa Xudoning taxti va shu taxtda o‘tirgan Zot haqqi qasam ichgan bo‘ladi. 23  Ey ulamo-yu farziylar, ikkiyuzlamachilar, holingizga voy! Chunki sizlar yalpiz, ukrop va ziradan ushr berasizlar-u+, ammo Tavrotda muhim sanalgan adolat+, rahm-shafqat+ va sadoqatga ahamiyat bermay qo‘ygansizlar. Ularni bajarish kerak bo‘lganiday, boshqalarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak+. 24  Ko‘r yo‘lboshchilar+, sizlar chivinni suzib chiqarasizlar-u+, tuyani yutib yuborasizlar!+ 25  Ey ulamo-yu farziylar, ikkiyuzlamachilar, holingizga voy! Boisi, sizlar piyola-yu tovoqning sirtini tozalaysizlar+, lekin ularning ichi ochko‘zlik*+ va tiyiqsizlikka to‘la+. 26  Ey ko‘r farziy, avvaliga piyola va tovoqning ichini tozala. Shunda ularning sirti ham toza bo‘ladi. 27  Ey ulamo-yu farziylar, ikkiyuzlamachilar+, holingizga voy! Negaki, sizlar usti bezatilgan, ichi esa o‘liklarning suyaklari va har turli iflosliklarga to‘lib-toshgan oqlangan qabrga o‘xshaysizlar+. 28  Shu singari, sizlar ham tashqaridan odil bo‘lib ko‘rinsangiz-da, ichingiz ikkiyuzlamachilik va qonunsizlikka to‘la+. 29  Ey ulamo-yu farziylar, ikkiyuzlamachilar+, holingizga voy! Zero sizlar payg‘ambarlarga qabrlar barpo etib, odil kishilarning mozorlarini bezab+, 30  shunday deysizlar: “Agar biz ota-bobolarimiz davrida yashaganimizda, ularga qo‘shilib payg‘ambarlarning qonini to‘kmagan bo‘lardik”. 31  Shu tariqa, payg‘ambarlarni o‘ldirganlarning o‘g‘illari ekaningizni o‘zlaringiz tasdiqlayapsiz+. 32  Qani, ota-bobolaringiz boshlagan ishni bitirib qo‘yinglar. 33  Voy ilonlar, voy ilonlar zoti-yey+, jahannamga* tashlanish hukmidan qanday qochib qutulasizlar?+ 34  Ana shuning uchun sizlarga payg‘ambarlar+, donishmandlar-u murabbiylarni+ yuborib turibman. Ulardan ayrimlarini o‘ldirasizlar+ va ustunga mixlaysizlar, ba’zilarini ibodatxonalaringizda qamchilab+, shahardan shaharga quvasizlar+. 35  Shu yo‘sin, odil kishi bo‘lgan Hobilning qonidan tortib+, muqaddas chodir bilan qurbongoh o‘rtasida sizlar o‘ldirgan Baraxiya o‘g‘li Zakariyoning qonigacha+, yer yuzida to‘kilgan barcha odil kishilarning qoni sizlarning bo‘yningizda bo‘ladi. 36  Ishonavering, ushbu gunohlarning hammasi uchun bu nasl javobgarlikka tortiladi. 37  Eh, Quddus, Quddus, payg‘ambarlarni o‘ldirib, huzuringga yuborilganlarni toshbo‘ron qiluvchi shahar!+ Tovuq jo‘jalarini qanotlari ostiga to‘plaganiday, men ham necha marta bolalaringni to‘plamoqchi bo‘ldim! Ammo sen xohlamading+. 38  Ana endi bu ma’bad* huvullab qoladi*+. 39  Sizlarga aytib qo‘yay: “Yahovaning* nomidan kelayotgan muborak!”+ — deb aytmaguningizcha, meni ko‘rmaysizlar».

Izohlar

Bu qutichalar ichiga Muqaddas Yozuvlardan parchalar solingan bo‘lib, uni peshonasiga va chap qo‘liga taqib yurishgan.
So‘zma-so‘z «rabbi». Yahudiy ustozlarning sharafli unvoni.
Iso bu yerda «ota» so‘zini rasmiy yoki diniy nom sifatida qo‘llamaslikni aytgan.
Yoki «talonchilik».
So‘zma-so‘z «uyingiz».
Boshqa variant «sizlarga vayrona holda qoladi».