Yuhanno 14:1-31

  • Iso Allohga yaqinlashish uchun yagona yo‘ldir (1-14)

    • «Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman» (6)

  • Iso muqaddas ruh berishni va’da qiladi (15-31)

    • «Otam mendan ulug‘roq» (28)

14  «Yuragingiz siqilmasin+. Xudoga hamda menga ishoning+.  Otamning uyida turar joy ko‘p. Aks holda, sizlar uchun joy tayyorlagani ketyapman+, deb aytarmidim.  Agar borib sizlar uchun joy tayyorlasam, yana kelib, men bilan bir joyda bo‘lishingiz uchun sizlarni oldimga olib ketaman+.  Boradigan joyimning yo‘lini sizlar bilasiz».  To‘ma+ unga: «Hazrat, qayerga ketayotganingizni bilmaymiz-ku. Yo‘lini qanday topa olamiz?» — dedi.  Iso quyidagilarni aytdi: «Men yo‘l+, haqiqat+ va hayotdirman+. Mensiz hech kim Otamning oldiga kela olmaydi+.  Agar meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar. Bundan buyon esa Uni bilasizlar va Uni ko‘rdingiz»+.  Filip unga: «Hazrat, samoviy Otani bizga ko‘rsating, shu biz uchun yetarli»,— dedi.  Iso unga shunday dedi: «Filip, shuncha vaqtdan beri men sizlar bilan birgaman-u, haligacha meni bilmadingizmi? Meni ko‘rgan, Otamni ham ko‘rgan bo‘ladi+. Qanday qilib: “Otani bizga ko‘rsating”,— deyapsiz? 10  Yoki Otam men bilan, men esa Otam bilan birlikda+ ekanimga ishonmayapsizmi? Sizlarga aytayotgan so‘zlarimni o‘z ixtiyorim bilan gapirmayapman+. Men bilan birlikda bo‘lgan Otam ishlarini shunday amalga oshiryapti. 11  Ishoning, Otam men bilan, men esa Otam bilan birlikdaman. Bordi-yu, menga ishonmasangiz qilayotgan ishlarimga ishoning+. 12  Sizlarga aytib qo‘yay, menga ishongan kishi, men qilayotgan ishlarni qila oladi va bundan ham ortig‘ini qiladi+, chunki men Otamning yoniga ketyapman+. 13  Shuningdek, mening nomimdan nimaiki tilasangiz, uni bajo keltiraman. Toki Ota O‘g‘li orqali+ ulug‘lansin. 14  Ha, mening nomimdan nimaiki so‘rasangiz, bajo keltiraman. 15  Agar meni sevsangiz, amrlarimga rioya qilasiz+. 16  Men Otamga murojaat qilaman va U toabad sizlar bilan bo‘ladigan boshqa yordamchini* beradi+. 17  Bu yordamchi haqiqatni oydinlashtiradigan muqaddas ruhdir+. Dunyo uni ko‘rmaydi ham, bilmaydi ham+. Sizlar esa uni bilasiz, chunki u sizlar bilan birga va ichingizdadir. 18  Sizlarni yetim qoldirmayman, albatta oldingizga qaytaman+. 19  Yana bir ozdan so‘ng dunyo meni boshqa ko‘rmaydi. Sizlar esa ko‘rasiz+, negaki men yashayapman va sizlar ham yashaysiz. 20  O‘sha kuni men Otam bilan, sizlar men bilan, men esa sizlar bilan birlikda ekanimni bilasiz+. 21  Amrlarimni qabul qilib, ularga amal qilgan kishi meni sevadi. Meni sevganni Otam sevadi. Men ham uni sevib, o‘zimni unga oshkor etaman». 22  Yahudo+ (Ishqariyot emas) bunday deb so‘radi: «Hazrat, nima bo‘ldiki o‘zingizni dunyoga emas, bizga oshkor etmoqchisiz?» 23  Iso javoban dedi: «Meni sevgan, kalomimga rioya qiladi+ va Otam uni sevadi. Biz unikiga kelib, u yerda joylashamiz+. 24  Meni sevmaydigan so‘zlarimga amal qilmaydi. Sizlar eshitayotgan kalom esa meniki emas, meni yuborgan Otamnikidir+. 25  Yoningizda ekanman, bularni sizlarga aytyapman. 26  Yordamchi, ya’ni Otam mening nomimdan yuboradigan muqaddas ruh sizlarga barcha narsani o‘rgatib, aytganlarimning hammasini yodingizga soladi+. 27  Sizlarga tinchlikni qoldiryapman, o‘z tinchligimni sizlarga beryapman+. Uni sizlarga bu dunyo beradigan tarzda bermayapman. Yuraklaringizga g‘ulg‘ula tushib, qo‘rquvdan siqilmasin. 28  Sizlarga: “Men ketyapman va oldingizga yana qaytaman”,— deganimni eshitdingiz. Agar meni sevsangiz, Otamning yoniga borayotganimdan quvonasizlar. Chunki Otam mendan ulug‘roqdir+. 29  Sizlarga bularni sodir bo‘lmasidan oldin aytdim, toki bajo bo‘lganida ishoninglar+. 30  Sizlarga ko‘p gapirolmayman, sababi bu dunyoning hukmdori+ kelyapti. U esa menga hokim emas+. 31  Lekin dunyo men Otamni sevishimni bilishi uchun, Otam menga buyurganiday qilyapman+. Turinglar, ketdik bu yerdan.

Izohlar

Yoki «yupatuvchini».