Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

11-savol

O‘lgandan so‘ng inson bilan nima bo‘ladi?

«Nafasi uzilishi bilan, u tuproqga qaytadi, o‘sha kuniyoq o‘y-fikrlari puchga chiqadi».

Zabur 146:4

«Tiriklar o‘lishini biladi, o‘lganlar esa hech narsani bilmaydi... Qo‘lingdan qanday ish kelsa, uni jon-jahding bilan bajar, chunki sen boradigan qabrda na ish, na reja, na bilim, na donolik bor».

Voiz 9:5, 10

«Bularni aytgach, u [Iso] yana dedi: “Do‘stimiz Lazar uxlab qoldi. Ammo men uni uyg‘otgani ketyapman”. Iso uning o‘limi haqida gapirgandi, shogirdlar bo‘lsa oddiy uyqu haqida aytyapti deb o‘ylashdi. Keyin Iso ularga ochig‘ini aytdi: “Lazar vafot etdi”».

Yuhanno 11:11, 13, 14