Matto 2:1-23

  • Munajjimlar keladi (1-12)

  • Misrga qochishadi (13-15)

  • Hirod chaqaloqlarni o‘ldiradi (16-18)

  • Nosiraga qaytishadi (19-23)

2  Iso shoh Hirod* davrida+, Yahudiyadagi Baytlahm+ shahrida tug‘ilganidan so‘ng, sharqdan Quddusga munajjimlar kelib,  shunday deyishdi: «Yahudiylarning yangi tug‘ilgan podshohi+ qayerda? Biz sharqdan uning yulduzini ko‘rib, unga ta’zim qilgani keldik».  Buni eshitib, shoh Hirodning hamda butun Quddus aholisining tinchligi buzildi.  Shunda Hirod bosh ruhoniylar va ulamolarning* hammasini to‘plab, Masih qayerda tug‘ilishi kerakligi haqida surishtirdi.  Ular unga shunday javob berishdi: «Yahudiyadagi Baytlahm+ shahrida, chunki payg‘ambar orqali shunday deb yozilgan:  “Ey, Yahudo diyoridagi Baytlahm, sen Yahudo hokimlarining nazarida eng arzimas shahar emassan. Zero sendan bir hukmdor kelib chiqadi va u xalqim Isroilga cho‘ponlik qiladi”»+.  Keyin Hirod munajjimlarni yashirincha chaqirib, ulardan yulduzning paydo bo‘lgan aniq vaqtini bilib oldi.  So‘ng ularni Baytlahmga jo‘nata turib, shunday dedi: «Boringlar, chaqaloqni yaxshilab izlanglar. Uni topgach esa menga xabar beringlar, toki men ham borib, unga ta’zim qilayin».  Shohning bu so‘zlaridan keyin ular yo‘lga chiqishdi. Sharqda ko‘ringan yulduz+ esa ularning oldilarida bordi va chaqaloq yotgan joyning tepasiga kelib to‘xtadi. 10  Yulduz to‘xtaganini ko‘rib, ular behad quvonishdi. 11  Munajjimlar uyga kirib chaqaloqni va onasi Maryamni ko‘rishdi-da, tiz cho‘kib chaqaloqqa ta’zim qilishdi. So‘ng ular qimmatbaho narsalarini, jumladan oltin, xushbo‘y smola va mirrani* chiqarib, unga tortiq etishdi. 12  Ammo Hirodning oldiga qaytmaslik haqida tushlarida Xudodan ogohlantirish olganlaridan keyin+, o‘z yurtlariga boshqa yo‘l bilan qaytib ketishdi. 13  Ular ketishgach, Yahovaning* farishtasi Yusufga tushida ko‘rinib+: «O‘rningdan tur, chaqaloqni va onasini olib Misrga qoch va men senga biror narsa aytmagunimcha o‘sha yerda qol. Chunki Hirod bolani o‘ldirish niyatida uni izlab topmoqchi»,— dedi. 14  U shu kechayoq o‘rnidan turib, chaqaloq bilan onasini oldi-da, Misrga jo‘nab ketdi 15  va Hirod vafot etguncha, o‘sha yerda qoldi. Bu esa, Yahovaning* payg‘ambar orqali: «Men o‘g‘limni Misrdan chaqirib olgan edim»+,— deb aytgan so‘zlari bajarilishi uchun sodir bo‘ldi. 16  Hirod munajjimlar tomonidan aldanganini payqagach, juda qattiq g‘azablanib, Baytlahm va uning tevarak-atrofidagi ikki yosh va undan kichik bo‘lgan hamma o‘g‘il bolalarni o‘ldirish uchun odamlarni yubordi. Bolaning yoshini esa, u munajjimlarning aytganlari bo‘yicha aniqladi+. 17  Shu yo‘sin, Yeremiyo payg‘ambar orqali aytilgan ushbu so‘zlar bajo bo‘ldi: 18  «Ramadan dod-faryod va yig‘i-sig‘i tovushi eshitilardi. Rohila+ bolalari uchun yig‘lab, yupanishni hech istamasdi, chunki ular endi yo‘q»+. 19  Hirodning o‘limidan keyin, Misrda Yahovaning* farishtasi Yusufga tushida ko‘rinib+, 20  shunday dedi: «O‘rningdan tur, chaqaloqni va onasini olib Isroil yurtiga bor, chunki chaqaloqning joniga qasd qilmoqchi bo‘lganlar o‘lib ketishdi». 21  Shunda u o‘rnidan turib, chaqaloq bilan onasini oldi-da, Isroil yurtiga qaytib keldi. 22  Lekin Yahudiyada Hirodning o‘rniga uning o‘g‘li Arxelay podshohlik qilayotganini eshitib, u yerga borishdan qo‘rqdi. Shuningdek, tushida Allohdan ogohlantirish olib+ Jalila hududiga yo‘l oldi+. 23  U yerga kelgach, Nosira shahrida joylashdi+. Bu payg‘ambarlar orqali: «U nosiralik* deb atalgay»+,— degan so‘zlar bajarilishi uchun yuz berdi.

Izohlar

Ibr. «nihol» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.