Matto 6:1-34

  • ISONING TOG‘DAGI VA’ZI (1-34)

    • Odilligini ko‘z-ko‘z qilmaslik (1-4)

    • Ibodat haqida (5-15)

      • Namunali ibodat (9-13)

    • Ro‘za (16-18)

    • Yerdagi va osmondagi xazinalar (19-24)

    • Tashvishlanmaslik (25-34)

      • Shohlik birinchi o‘rinda bo‘lsin (33)

6  Odamlarga ko‘rinish uchun odilligingizni ko‘z-ko‘z qilishdan ehtiyot bo‘linglar+. Aks holda, samoviy Otangizdan mukofot ololmaysizlar.  Shuning uchun, xayr-sadaqa* berayotganingizda jar solmang*. Ikkiyuzlamachilar ham odamlardan maqtov olish uchun ibodatxonalarda va ko‘chalarda bunday qilishadi. Ishonavering, ular o‘z mukofotini to‘lig‘icha olib bo‘lishdi.  Ammo xayr-sadaqa berayotganingizda, chap qo‘lingiz o‘ng qo‘lingiz nima qilayotganini bilmasin,  ya’ni xayr-sadaqangiz yashirin bo‘lsin. Shunda yashirin bo‘lganlarni ko‘ruvchi samoviy Otangiz sizni mukofotlaydi+.  Ibodat qilayotganingizda ham ikkiyuzlamachilardek bo‘lmanglar+, chunki ular odamlarga ko‘rinish uchun ibodatxonalarda va katta ko‘chalarning burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi ko‘rishadi+. Ishonavering, ular o‘z mukofotini to‘lig‘icha olib bo‘lishdi.  Siz esa ibodat qilayotganingizda o‘z xonangizga kiring va eshikni yopib, yashirin bo‘lgan samoviy Otangizga ibodat qiling+. Shunda yashirin bo‘lganlarni ko‘ruvchi samoviy Otangiz sizni mukofotlaydi.  Ibodat qilayotganingizda o‘zga xalqlar singari o‘sha-o‘sha so‘zlarni takrorlayvermang. Chunki ular, ko‘p so‘zlasam Tangrim meni eshitadi, deb o‘ylashadi.  Sizlar esa ularga o‘xshamanglar, axir samoviy Otangiz nimalarga muhtoj ekaningizni, Undan so‘rashingizdan avval biladi-ku+.  Sizlar esa shunday ibodat qilinglar+: “Osmondagi Otamiz, isming+ muqaddas bo‘lsin*+. 10  Shohliging+ kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, yerda ham+ Sening irodang+ bajo bo‘lsin. 11  Bugungi rizq-ro‘zimizni* ber+. 12  Bizga qarshi gunoh qilganlarni* biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechir+. 13  Vasvasaga berilib ketishimizga yo‘l qo‘yma*+, Shaytondan* xalos et”+. 14  Boshqalarning xatolarini kechirsangiz, samoviy Otangiz ham sizlarni kechiradi+. 15  Agar kechirmasangiz, unda Otangiz ham xatolaringizni kechirmaydi+. 16  Ro‘za tutayotganingizda+ ikkiyuzlamachilar kabi ma’yus bo‘lib yurmanglar. Chunki ular ro‘za tutishganini odamlarga bildirish uchun, o‘zlarini bechorahol qilib ko‘rsatishadi+. Ishonavering, ular o‘z mukofotini to‘lig‘icha olib bo‘lishdi. 17  Siz esa ro‘za tutayotganingizda boshingizga moy surtilgan, yuzingiz yuvilgan bo‘lsin. 18  Toki ro‘za tutganingiz odamlarga emas, aksincha, yashirin bo‘lgan samoviy Otangizga ayon bo‘lsin. Shunda yashirin bo‘lganlarni ko‘ruvchi samoviy Otangiz sizni mukofotlaydi. 19  O‘zingiz uchun yer yuzida xazina to‘plamanglar+. Chunki bu yerda ularni kuya va zang yeb bitiradi hamda o‘g‘rilar kirib talaydi. 20  Buning o‘rniga, xazinani osmonda to‘planglar+. U yerda ularni na kuya, na zang yeb bitiradi+ va na o‘g‘rilar kirib talaydi. 21  Zero xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi. 22  Ko‘z — tananing chirog‘i+. Agar ko‘zingiz faqat bir narsaga qaratilgan* bo‘lsa, butun tanangiz yorug‘ bo‘ladi. 23  Bordi-yu, ko‘zingiz narsalarga hasad bilan qaraydigan* bo‘lsa+, unda butun tanangiz zim-ziyo bo‘ladi. Agar sizdagi nur aslida qorong‘ilik bo‘lsa, unda tanangiz qorong‘ilikka to‘la bo‘ladi! 24  Hech kim ikki xo‘jayinga qullik qilolmaydi. U yo biridan nafratlanib, ikkinchisini sevadi+ yoki biriga sodiq qolib, ikkinchisini mensimaydi. Sizlar ham Xudoning, ham boylikning quli bo‘la olmaysizlar+. 25  Sizlarga aytadigan gapim shu: nima yeymiz va nima ichamiz, deb joningiz uchun yoki nima kiyamiz deb+ tanangiz uchun tashvishlanmanglar+. Jon yegulikdan, tana esa kiyimdan afzal emasmi?+ 26  Qushlarni diqqat bilan kuzatinglar+: ular na urug‘ ekadi, na hosil o‘radi va na omborga don yig‘adi. Shunday bo‘lsa-da, samoviy Otangiz ularning rizqini beradi. Sizlar esa ulardan ancha afzalroq emasmisiz? 27  Sizlardan kim tashvishlanib, o‘z umrini bir lahzaga* bo‘lsa-da, uzaytira oladi?+ 28  Shuningdek, kiyim haqida nega tashvishlanyapsizlar? Dashtdagi lolalarning qanday o‘sishiga qarab, ibrat olinglar: ular na mehnat qiladi, na charx yigiradi. 29  Lekin sizlarga shuni aytib qo‘yay: hatto shoh Sulaymon+ ham o‘zining shuhrat cho‘qqisida ularning hech biriday kiyinmagan. 30  Agar Alloh bugun bor bo‘lib, ertaga olovga tashlanadigan dasht o‘tini shunday kiyintirib qo‘ygan bo‘lsa, unda sizlarni ham kiyintirib qo‘ymasmikin, eh imoni sustlar?! 31  Xullas: “Nima yeymiz, nima ichamiz yoki nima kiyamiz?”+ — deb aslo tashvishlanmanglar+. 32  O‘zga xalqlar hadeb bu narsalar haqida qayg‘urishadi. Axir samoviy Otangiz bularning bariga muhtoj ekaningizni biladi-ku. 33  Shunday ekan, Xudoning Shohligi va Uning adolati hayotingizda hamisha birinchi o‘rinda bo‘lsin, o‘shandagina bularning bari sizlarga qo‘shimcha qilib beriladi+. 34  Zinhor ertangi kun uchun tashvishlanmanglar+, chunki ertangi kunning o‘z tashvishlari bo‘ladi. Har bir kunning o‘ziga yarasha muammolari bor.

Izohlar

So‘zma-so‘z «karnay chalmang».
Yoki «muqaddas tutilsin».
So‘zma-so‘z «nonimizni».
So‘zma-so‘z «bizga qarzdor bo‘lganlarni».
So‘zma-so‘z «Bizni vasvasaga duchor qilma».
So‘zma-so‘z «yovuzdan».
Yoki «tiniq». So‘zma-so‘z «ko‘zingiz oddiy».
So‘zma-so‘z «yovuz».
So‘zma-so‘z «bir tirsakka». Ilovaning B14 mavzusiga q.