Asosiy materiallarga o‘tish

YOSHLARNING SAVOLLARI

Do‘stim meni ranjitganda, nima qilsam bo‘ladi?

Do‘stim meni ranjitganda, nima qilsam bo‘ladi?

 Nimani bilishingiz kerak?

  •   Odamlarning munosabatlari muammosiz kechmaydi. Do‘stingiz, hatto yaqin do‘stingiz nomukammal bo‘lib, sizni yo biron ishi, yo gapi bilan ranjitib qo‘yishi hech gap emas. Albatta, siz ham nomukammalsiz. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, o‘zingiz ham kimnidir xafa qilgandirsiz? (Yoqub 3:2)

  •   Internet orqali ham xafa bo‘lib qolish oson. Masalan, Deyvid ismli o‘smir shunday dedi: «Gohida Internet orqali do‘stlaringizning o‘tirishdagi rasmlarini ko‘rib qolib, nega meni chaqirishmadi, deb o‘ylaysiz. Shunda, o‘zingizni sizga xiyonat qilishganday his etasiz».

  •   Xafagarchilikni yengishingiz mumkin.

 Qanday yo‘l tutishingiz mumkin?

 O‘zingizni tekshiring. Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: «Arazchi bo‘lma, chunki gina-kudurat ahmoqlar ko‘nglida in quradi». (Voiz 7:9, izoh)

 «Ba’zida xafa bo‘lib qolasiz, keyin esa, muammo sariq chaqaga ham arzimasligini tushunasiz». (Alissa)

 O‘ylab ko‘ring: haddan tashqari hissiyotlarga berilmayapmanmi? Boshqalarning kamchiliklariga chidamliroq bo‘lishga o‘rgana olasizmi? (Voiz 7:21, 22)

 Kechirimli bo‘lish foydali ekani borasida fikr yuriting. Hikmatlar 19:11da: «Xatolarni kechirish insonni bezaydi»,— deyilgan.

 «Hatto xafa bo‘lish uchun sabab bor bo‘lsa-da, chin yurakdan kechirish yaxshidir. Bu degani, odam sizdan doim kechirim so‘rashi uchun u sizni xafa qilganini yuziga solmaysiz. Kechirdingizmi, boshqa tilga olmang!» (Mellori)

 O‘ylab ko‘ring: nahotki vaziyat shu qadar chigal bo‘lsa?! Kechirib, tinchlik saqlay olasizmi? (Kolosaliklarga 3:13)

Doim har bir masalaga oydinlik kiritish, eshikni ochib, issiq xonaga sovuq havoni kiritish bilan teng

 Boshqalar haqida o‘ylang. Muqaddas Kitobda quyidagicha o‘qiymiz: «Nafaqat o‘zingizning, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlanglar». (Filippiliklarga 2:4)

 «Do‘stona munosabatlar sevgi va hurmatda qurilsa, muammolarni darrov hal qilishga intilasiz. Axir bu munosabatlar uchun ancha mehnat qilgansiz. Endi ularni saqlab qolishga harakat qilib, do‘stingizni yo‘qotishni istamaysiz». (Nikol)

 O‘ylab ko‘ring: boshqa kishining nuqtai nazarida qandaydir foydali tomonlarni topa olasizmi? (Filippiliklarga 2:3)

 Xulosa. Xafagarchilikni yengish qobiliyati yoshingiz ulg‘ayganda juda asqatadi. Bu qobiliyatni hozirdanoq rivojlantira olasizmi?