Asosiy materiallarga o‘tish

YOSHLARNING SAVOLLARI

Muqaddas Kitobdan qanday foyda olaman? 2-qism. Qay yo‘sin Muqaddas Kitobni maroq bilan o‘qiy olaman?

Muqaddas Kitobdan qanday foyda olaman? 2-qism. Qay yo‘sin Muqaddas Kitobni maroq bilan o‘qiy olaman?

 «Muqaddas Kitobni qay yo‘sin o‘qish kerakligini bilmasangiz, u zerikarli bo‘lib tuyulishi mumkin»,— deb aytdi Uill ismli o‘smir.

 Qay yo‘sin Muqaddas Kitobni maroq bilan o‘qish mumkinligining sirini bilmoqchimisiz? Bu maqola bunda sizga qo‘l keladi.

 Tasavvur qilish qobiliyatini ishga soling

 O‘qiyotganingizda hissiyotlaringizni ishga soling. Quyidagilarga amal qilsangiz bo‘ladi:

  1.   Muqaddas Kitobdan bir parchani tanlab, uni tadqiq qiling. Bu parcha Ibroniycha yoki Yunoncha yozuvlardan bo‘lishi mumkin. Balki, jw.org saytimizdagi «Muqaddas Kitobning badiiy qiroati» turkumidan biron audioyozuvni tanlarsiz.

  2.   Bu parchani o‘qing. Uni o‘zingiz yoxud do‘stlaringiz yo oila a’zolaringiz bilan o‘qishingiz mumkin. Kimdir hikoyachi rolini, qolganlar esa boshqa rollarni o‘qisa bo‘ladi.

  3.   Mana bu maslahatlarning bittasiga yoki bir nechtasiga amal qilib ko‘ring:

    •   O‘qiganlaringizni tasavvur qilish uchun rasmlar chizing. Masalan, voqealar qanday yuz berganini ko‘z oldingizga keltirish uchun bir nechta oddiy rasm chizing. Har bir rasmda tasvirlangan voqeani yozib qo‘ying.

    •   Sxemalar chizing. Misol uchun, biron sadoqatli xizmatchi haqida o‘qiganingizda, sxema chizib, uning fazilatlari-yu ishlari va ega bo‘lgan barakalarini bog‘lang.

    •   Yangiliklarni aytadigan muxbirday bo‘ling. Bu parchadagi voqeani u yerdagi bir nechta qahramon nomidan gapirib bering va bosh rollardagi qahramonlardan hamda guvohlardan «intervyu» oling.

    •   Agar bu parchadagi biron qahramon noto‘g‘ri qaror chiqargan bo‘lsa, u boshqacha yo‘l tutganda nima yuz berishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring. Misol uchun, Butrus Isodan tongan voqea borasida o‘ylab ko‘ring. (Mark 14:66–72) Qay yo‘sin Butrus bosimga qarshi tura olardi?

    •   O‘zingiz ssenariy tuzing. Ayniqsa, ilhom kelgan paytda, Muqaddas Kitobdagi biron hodisa asosida o‘zingiz ssenariy tuzib ko‘ring. Bu parchadan qanday saboqlar olish mumkinligini ham aytib o‘ting. (Rimliklarga 15:4)

      Muqaddas Kitobdagi voqealarni jonlantira olasiz!

 Chuqurroq izlang!

 Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lsangiz, yashirin marvaridlarni topa olasiz. Gohida Muqaddas Kitobdagi bir parchada bitta yoki ikkita so‘z muhim rol o‘ynashi mumkin.

 Masalan, Matto 28:7 ni Mark 16:7 bilan solishtiring.

  •    Nega Mark Iso shogirdlari «va Butrusga» zohir bo‘lishi kerakligi haqida aytib o‘tgan?

  •  Yordam. Mark o‘sha voqealarning guvohi bo‘lmagan; bu haqida unga Butrus aytib bergan bo‘lsa kerak.

  •  Yashirin marvarid. Nima uchun Butrus Iso uni ko‘rmoqchi ekanini bilganda, dalda olgan bo‘lishi mumkin? (Mark 14:66–72) Iso Butrusning chin do‘sti ekanini qanday tasdiqlagan? Qanday qilib siz ham Iso kabi boshqalar uchun haqiqiy do‘st bo‘la olishingizni ko‘rsata olasiz?

 Tasavvur qilish qobiliyatini ishga solib, tafsilotlarni yaxshiroq izlasangiz, Muqaddas Kitobni yanada maroq bilan o‘qiy olasiz!