Hikmatlar 19:1-29

  • Fahm-farosat jahlni tiyadi (11)

  • Janjalkash xotin tomdan o‘tayotgan chakkaday (13)

  • Aql-idrokli xotin Yahovadan (14)

  • Umid borida bolangga tarbiya ber (18)

  • Donolik maslahatga quloq solishdadir (20)

19  Kambag‘al bo‘lib, benuqsonlik yo‘lida yurish+,Nodon va yolg‘onchi bo‘lishdan afzalroq+.   Bilimga intilmaslik yaxshi emas+,Qadamini o‘ylamay bosgan gunoh qiladi.   O‘z ahmoqligi tufayli odam yo‘ldan ozadi-yu,Qalbida esa Yahovadan g‘azablanadi.   Boylik ko‘paysa, do‘stlar ham ko‘payadi,Kambag‘alni esa hatto yolg‘iz do‘sti ham tashlab ketadi+.   Soxta guvoh jazoga tortiladi+,Har nafasda yolg‘on so‘zlagan omon qolmaydi+.   Ko‘plar saxiyning iltifoti payida bo‘ladi,Sovg‘a beruvchi bilan har kim do‘stlashadi.   Qashshoqning aka-ukalari undan nafratlanadi+,Do‘stlari o‘zini undan olib qochadi+, Ularga yolvorsa ham, hech biri pisand qilmaydi.   Fahm-farosatga ega bo‘lgan o‘z jonini sevadi+, Aql-idrokli muvaffaqiyat qozonadi+.   Soxta guvoh jazosiz qolmaydi,Har nafasda yolg‘on so‘zlagan halok bo‘ladi+. 10  Ahmoqga hashamatda umr kechirish yarashmaganiday,Xizmatkorga ham beklar ustidan boshqarish aslo yarashmaydi+. 11  Fahm-farosatli jahlini tiya oladi+,Xatolarni kechirish insonni bezaydi+. 12  Shohning g‘azabi sherning o‘kirishidaydir+,Marhamati esa o‘t-o‘lan ustidagi shudring kabidir. 13  Nodon o‘g‘il otasiga kulfat keltiradi+,Janjalkash* xotin esa tomdan o‘tayotgan chakkadaydir+. 14  Uy va mol-davlat — otadan meros,Aql-idrokli xotin esa Tangri Yahovadan+. 15  Yalqov qattiq uyquga ketadi,Imillagan kishi och yuradi+. 16  Xudoning amriga rioya etgan jonini* asraydi+,Beparvoning yo‘llari esa uni o‘limga olib boradi+. 17  Bechoraga mehr ko‘rsatgan Tangri Yahovaga qarz beradi+,U esa qilgan yaxshiligini qaytaradi+. 18  Umid borida o‘g‘lingga tarbiya ber+,Tag‘in o‘limida aybdor bo‘lib qolma+. 19  Jahldor jazoga tortiladi.Uni qutqarishga urinsang, buni qayta-qayta qilasan+. 20  Kelajakda dono bo‘lishing uchun+,Maslahatga quloq solib, tarbiyani qabul qil+. 21  Odam o‘z qalbida ko‘p reja tuzadi,Ammo Yahovaning aytgani amalga oshadi+. 22  Insonning chiroyi mehr-sadoqatidir+.Yolg‘onchi bo‘lishdan ko‘ra, kambag‘al bo‘lgan a’loroq. 23  Yahovadan qo‘rqish hayotga yetaklaydi+.Undan qo‘rqqan xavf-xatardan xoli orom oladi+. 24  Yalqov qo‘lini kosaga cho‘zadi-yu,Ammo og‘ziga olib kelishga erinadi+. 25  Mazaxchining adabini ber+, shunda tajribasiz zakovatli bo‘ladi+.Farosatliga o‘git ber, u bilimini oshiradi+. 26  Otasiga qo‘pol muomala qilgan, onasini haydagan o‘g‘il,Sharmandalig-u isnodga qoladi+. 27  O‘g‘lim, ta’lim-tarbiyaga quloq solmay qo‘ysang,Bilim so‘qmog‘idan uzoqlashasan. 28  Yaramas guvoh adolat ustidan kuladi+,Yovuzning og‘zi yomonlikni yamlamay yutib yuboradi+. 29  Mazaxchilar uchun hukm+,Nodonlarning orqasiga tayoq hozirdir+.

Izohlar

Yoki «Noliydigan».
Yoki «hayotini».