Zabur 77:1-20

  • Qayg‘u chekkanda aytilgan ibodat

    • Xudoning ishlari borasida fikr yuritish (11, 12)

    • «Sendek ulug‘ xudo bormi, ey Allohim?» (13)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Yodutun*.Osif sanosi+. 77  Ovozim boricha Xudoga yolvoraman,Allohga faryod qilaman, U meni eshitadi+.   Qayg‘u chekkanimda Yahovani izladim+. Kechasi qo‘limni osmonga ko‘tarib ibodat qildim. Ammo jonim tasalli topmadi.   Xudoni yodga olganimda oh tortaman+,Tinchimni yo‘qotdim, darmonim qolmadi+. (Sela)   Sen menga mijja qoqtirmading,Hayajon bosib gapirolmay qoldim.   O‘tgan kunlar,O‘tmishdagi yillar haqida o‘ylayman+.   Kechasi qo‘shig‘imni esga olaman+.Chuqur o‘yga cho‘mib+,Savollarimga javob izlayman.   Yahova bizni butunlay tashlab ketdimi?+ Endi bizga O‘z marhamatini ko‘rsatmaydimi?+   Mehr-sadoqati tamoman ado bo‘ldimi? Uning va’dasi bajo bo‘lishini hech bir avlod ko‘rmaydimi?   Alloh marhamat ko‘rsatishni unutdimi?+Yoki g‘azabi rahm-shafqatini to‘sib qo‘ydimi? (Sela) 10  «Alloh Taolo bizni qo‘llamay qo‘ydi, Meni ezayotgan narsa shudir»+,— deyaveramanmi? 11  Yahning* ishlarini yodga olaman,Azalda yaratgan mo‘jizalaringni eslayman. 12  Barcha amallaring haqida o‘ylayman,Ishlaring borasida fikr yuritaman+. 13  Ey Tangrim, Sening yo‘llaring muqaddasdir. Sendek ulug‘ xudo bormi, ey Allohim?+ 14  Sen mo‘jizalar yaratuvchi haq Xudosan+. Kuchingni insonlarga namoyon etgansan+. 15  Qudrating ila xalqingni,Yoqub bilan Yusufning o‘g‘illarini qutqargansan+. (Sela) 16  Suvlar Seni ko‘rdi, ey Tangrim,Suvlar Seni ko‘rib, bezovtalanib ketdi+. Hatto tubsiz ummonni ham hayajon bosdi. 17  Bulutlardan yomg‘ir quyildi. Bulutli osmonda momaqaldiroq gumburlab,Chaqmoqlaring kamon o‘qlaridek har tomonga otildi+. 18  Momaqaldirog‘ing arava g‘ildiraklari shovqini kabidir+,Chaqmoqlaring yer yuzini yoritib yubordi+,Yer titrab, tebranib ketdi+. 19  Sening yo‘ling dengiz orqali+,Chuqur suvlar orqali o‘tdi,Ammo izlaring ko‘rinmay ketdi. 20  Muso va Horunning qo‘li bilan+Xalqingni suruv kabi boshlab yurding+.

Izohlar

Yahova degan ismning qisqacha shakli.