Zabur 146:1-10

  • Insonga emas, Allohga tayaning

    • O‘lgach, odamning o‘y-fikrlari puchga chiqadi (4)

    • Xudo qaddi bukilganni rostlaydi (8)

146  Yahni madh eting!*+ Butun borlig‘im Yahovani madh etsin!+   Umrim bo‘yi Yahovaga hamd-u sano aytaman. Toki hayot ekanman, Tangrimga madhlar kuylayman.   Umid bog‘lamang beklarga,Najot berolmaydigan inson o‘g‘liga+.   Nafasi uzilishi bilan*, u tuproqga qaytadi+,O‘sha kuniyoq o‘y-fikrlari puchga chiqadi+.   Yoqubning Xudosini yordamchim deb bilgan+,Tangrisi Yahovaga umid bog‘lagan kishi baxtlidir+.   U yer-u osmonning,Dengiz va undagi bor narsaning Yaratuvchisi+,Hamisha ishonchli bo‘lib qoladigan Zotdir+.   U aldanganlar uchun adolat o‘rnatadigan,Och insonga rizqini beradigan Zotdir+. Yahova mahbuslarni ozod etadi+.   Yahova ko‘rlarning ko‘zini ochadi+,Yahova qaddi bukilganlarni rostlaydi+,Yahova odil kishilarni sevadi.   Yahova musofirlarni himoya qiladi,U yetim va bevalarga tayanch bo‘ladi+,Yovuzlarning rejasini esa puchga chiqaradi+. 10  Yahova abadiy Shoh bo‘ladi+,Ey Sion, Xudoying avloddan avlodga Shoh bo‘ladi. Yahni madh eting!

Izohlar

Yoki «Halleluya!» «Yah» — bu Yahova degan ismning qisqacha shakli.
Yoki «Ruhi chiqishi bilan». Lug‘atga q.