Zabur 46:1-11

  • «Xudo bizning boshpanamiz»

    • Allohning ajoyib ishlari (8)

    • «Xudo yer yuzi bo‘ylab janglarga barham beradi» (9)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Ko‘rax o‘g‘illari sanosi+. Alamot* uslubida. 46  Xudo bizning boshpanamiz va kuch-qudratimizdir!+Boshimizga kulfat tushganda, U tezda yordamga keladi+.   Mana shu bois, yer qimirlasa ham,Tog‘lar dengiz qa’riga qulasa ham, biz qo‘rqmaymiz+.   Dengiz suvlari shovullab, ko‘piklansa-da+,Chayqalishidan tog‘lar tebranib ketsa-da, qo‘rquvga tushmaymiz. (Sela)   Daryo irmoqlari Allohning shahrida yashovchilarga+,Xudoyi Taoloning ulug‘vor muqaddas chodiriga quvonch baxsh etadi.   Xudoning O‘zi o‘sha shaharda ekan+, u yakson bo‘lmaydi. Saharlab Alloh unga yordam berish uchun keladi+.   Xalqlar shovqin-suron ko‘tardi, shohliklar qulatildi.U ovozini balandlatgan edi, yer erib ketdi+.   Qo‘shinlar Sarvari Yahova biz bilan+,Yoqubning Xudosi xavfsiz boshpanamizdir. (Sela)   Keling, Yahovaning ishlari-yu,Yer yuzida qilgan ajoyib narsalariga shohid bo‘ling.   U yer yuzi bo‘ylab janglarga barham beradi+. Kamonlarni sindirib, nayzalarni parchalab tashlaydi.Jang aravalarini* olovda yondirib yuboradi. 10  U: «Menga bo‘ysuninglar, Xudo ekanimni bilib olinglar. Men xalqlar ichra yuksalaman+,Yer yuzi bo‘ylab yuksalaman»+,— deydi. 11  Qo‘shinlar Sarvari Yahova biz bilan+,Yoqubning Xudosi biz uchun xavfsiz boshpanadir+. (Sela)

Izohlar

Boshqa variant «qalqonlarni».