Zabur 103:1-22

  • «Ey jonim, Yahovani madh et»

    • Xudo qilmishlarimizni uzoqlashtiradi (12)

    • Tangrining otalarcha marhamati (13)

    • «Tuproq ekanimizni yodida tutadi» (14)

    • Yahovaning taxti va shohligi (19)

    • Farishtalar Allohning so‘zini ado etadi (20)

Dovud sanosi. 103  Ey jonim, Yahovani madh et,Butun borlig‘im Uning muqaddas ismini madh etsin.   Ey jonim, Yahovani madh et,Qilgan barcha ishlarini aslo unutma+.   U hamma xatolaringni kechirib+,Barcha xastaliklaringga shifo beradi+.   U hayotingni o‘limdan* qutqarib+,Boshingga mehr-sadoqat va rahm-shafqat tojini kiydiradi+.   Butun umr U seni ne’matlar bilan qondiradi+.Shunda burgutday yosh va kuchli bo‘lasan+.   Barcha ezilganlar uchun+Yahova adolat+ va haqqoniyat ila yo‘l tutadi.   U O‘z yo‘llarini Musoga+,Ishlarini Isroil o‘g‘illariga namoyon etdi+.   Yahova shafqatli va rahmdil*+,Sabr-toqatli*, mehr-sadoqatga* boydir+.   U nuqson izlab yurmaydi+,Abadiy darg‘azab ham bo‘lmaydi+. 10  Gunohlarimizga qarab bizga muomala qilmaydi+,Xatolarimizga yarasha bizni jazolamaydi+. 11  Osmon yerdan qanchalik baland bo‘lsa,Mehr-sadoqati ham Undan qo‘rqadiganlarga shunchalik buyukdir+. 12  Sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa,Qilmishlarimizni bizdan shu qadar uzoqlashtiradi+. 13  Ota o‘g‘illariga rahm qilganiday,Yahova ham Undan qo‘rqadiganlarga marhamatlidir+. 14  Chunki qanday yasalganimizni U yaxshi biladi+,Tuproq ekanimizni yodida tutadi+. 15  O‘tkinchi insonning hayoti maysaning umri kabidir+,U dasht guliday gullaydi+. 16  Ammo shamol essa, u yo‘q bo‘lib ketadi,Hech qachon u yerda o‘smaganday bo‘ladi. 17  Yahova esa mehr-sadoqatiniUndan qo‘rqadiganlarga toabad namoyon etadi+.Adolatini ularning nevaralariga+, 18  Uning ahdiga rioya etadiganlarga+,Farmonlariga astoydil amal qilganlarga ko‘rsatadi. 19  Yahova osmonda taxtini mustahkam o‘rnatgan+,U shoh bo‘lib barcha narsa ustidan boshqarmoqda+. 20  Yahovani madh eting, ey, jamiki qudratli farishtalar!+Uning amrlariga quloq solib, aytgan so‘zini ado eting+. 21  Yahovani madh eting, ey, Uning barcha qo‘shinlari+,Irodasini bajo keltirayotgan xizmatkorlari!+ 22  U qayerda hukmronlik qilmasin,Yahovani madh eting, ey, Uning hamma yaratganlari! Butun borlig‘im Yahovani madh etsin!

Izohlar

Yoki «chuqurdan».
Yoki «marhamatli».
Yoki «G‘azablanishga shoshmaydigan».
Yoki «mehr-inoyatga».