Zabur 37:1-40

  • Yahovaga tayangan ravnaq topadi

    • «Yovuz odamlar dastidan diling og‘rimasin» (1)

    • «Yahova quvonching manbai bo‘lsin» (4)

    • «Yo‘lingni Yahovaga ishonib topshir» (5)

    • «Kamtar kishilar yer yuziga egalik qiladi» (11)

    • Odil kishi non so‘rab yurmaydi (25)

    • Odil kishilar yer yuzida umrbod yashaydi (29)

Dovud sanosi. א [Alef] 37  Yovuz odamlar dastidan diling og‘rimasin*.Yomonlik qiluvchilarga hasad qilma+.   Ular xuddi o‘tday tezda qurib qoladi+,Ko‘k maysaday bir zumda so‘lib qoladi. ב [Bet]   Yahovaga umid bog‘lab, yaxshilik qil+,Yer yuzida yashab, tutgan yo‘lingda sadoqatli bo‘l+.   Tangri Yahova quvonching manbai bo‘lsin,Shunda U dilingdagi orzularingga yetkazadi. ג [Gimel]   Yo‘lingni Yahovaga ishonib topshir+,Unga tayan va U sening foydangni ko‘zlab ish tutadi+.   U odilligingni tong shu’lasiday,Adolatingni esa kunduzgi quyoshday porlatadi. ד [Dalet]   Yahovaning huzurida sukut saqla+,Intizorlik bilan Uni kut. O‘z rejalarini amalga oshirib,Muvaffaqiyatga erishayotgan odamlarni ko‘rganda, ranjima+. ה [Xe]   Qahr-u g‘azabni o‘zingdan soqit qil+,Jahlga berilib, yomon ishlarga yuz burma*.   Chunki yovuzlar yo‘q qilinadi+,Yahovaga umid bog‘laganlar esa yer yuziga egalik qiladi+. ו [Vav] 10  Yana bir ozdan so‘ng yovuzlar yo‘q bo‘ladi+,Ularning joyiga qaraysan-u,Ammo ularni topa olmaysan+. 11  Kamtar* kishilar esa yer yuziga egalik qiladi+,Ular tinchlik-xotirjamlikda umr kechirib, behad shod bo‘ladi+. ז [Zayin] 12  Yovuz kishi odilga qarshi fitna uyushtirib+,Unga qarshi tishlarini g‘ijirlatadi. 13  Lekin Yahova uning ustidan kuladi,Zero, uning kuni bitishini U biladi+. ח [Xet] 14  Yovuzlar qilichini yalang‘ochlab, kamonini tortadi.Mazlum-u bechorani yo‘q qilishni,To‘g‘ri yo‘ldan yurganlarni qirg‘in qilishni ko‘zlaydi. 15  Ammo ularning qilichi o‘z yuragiga sanchiladi+,Kamonlari sindirib tashlanadi. ט [Tet] 16  Odil kishining ozgina mol-mulki,Yovuzlarning mol-dunyosidan ortiqroqdir+. 17  Boisi yovuzlarning qo‘llari sindiriladi,Odillarni esa Yahova qo‘llab-quvvatlaydi. י [Yod] 18  Yahova benuqson kishilarning hayot yo‘lini biladi,Ularning merosi toabad saqlanadi+. 19  Musibat kunida ular isnodga qolmaydi,Ocharchilik paytida dasturxoni to‘kin-sochin bo‘ladi. כ [Kaf] 20  Yovuzlar nobud bo‘ladi+,Yahovaning dushmanlari maysazorning chiroyi kabi yo‘qga chiqadi,Ular xuddi tutunday yo‘q bo‘lib ketadi. ל [Lamed] 21  Yovuz kishi qarz oladi-yu, lekin qaytarib bermaydi,Odil kishi esa saxiylik ila beradi+. 22  Allohning barakasini olganlar, yer yuziga egalik qiladi,Uning la’natiga uchraganlar esa yo‘q qilinadi+. מ [Mem] 23  Yahova insonning yo‘llaridan mamnun bo‘lsa+,Uning qadamlarini yo‘naltiradi*+. 24  U qoqinib ketsa ham, yuztuban yiqilmaydi+,Chunki Yahova uning qo‘lidan ushlab turadi+. נ [Nun] 25  Men yosh edim, endi qarib qoldim,Ammo birorta odil kishining tashlab ketilganini+,Uning bolalari non so‘rab yurganini ko‘rmadim+. 26  Odil kishi ochiq qo‘l bilan doimo qarz beradi+,Uning farzandlari qut-barakadan bahramand bo‘ladi. ס [Samex] 27  Yomonlikdan yuz o‘girib, yaxshilik qil+,Shunda abadiy yashaysan. 28  Sababi Yahova adolatni sevadi,Unga sodiq bo‘lganlarni tark etmaydi+. ע [Ayin] Ularni hamisha qo‘riqlaydi+,Yovuzlarning avlodi esa yo‘q bo‘lib ketadi+. 29  Odil kishilar yer yuziga egalik qiladi+,Ular yerda abadiy yashaydi+. פ [Pe] 30  Odil kishining og‘zidan donolik chiqadi*,Uning tili adolatni so‘zlaydi+. 31  Tangrisining qonunini u qalbida saqlaydi+,Yurganda oyoqlari qoqinib ketmaydi+. צ [Sade] 32  Yovuz odil kishini kuzatib,Uni o‘ldirish uchun fursat poylaydi. 33  Lekin Yahova odilni uning qo‘liga berib qo‘ymaydi+,Mahkamada uni aybdor deb topmaydi+. ק [Qof] 34  Yahovaga umid bog‘lab, Uning yo‘lidan yur,Shunda U seni yuksaltirib, yer yuzini mulk qilib beradi. Yovuz yo‘q bo‘lib ketishini+ o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rasan+. ר [Resh] 35  Men shafqatsiz, yovuz kishini ko‘rdim,U xuddi sershox daraxtday gurkirab o‘sayotgan edi+. 36  Biroq kutilmaganda u qurib, yo‘q bo‘lib ketdi+,Uni qancha izlasam ham topa olmadim+. ש [Shin] 37  Benuqson kishiga e’tibor ber,To‘g‘ri kishiga+ razm solib qara,Bunday kishini tinchlik-osoyishtalik kutadi+. 38  Ammo jinoyatchilarning bari yo‘q qilinadi,Yomon odamlarning kelajagi barbod bo‘ladi+. ת [Tav] 39  Yahova odil kishilarga najot beradi+,Qayg‘uli kunlarda ularning qo‘rg‘oni bo‘ladi+. 40  Yahova ularga yordam berib, ularni qutqaradi+. Yovuzning qo‘lidan ozod qilib, omon saqlaydi,Chunki ular Undan panoh topgan+.

Izohlar

Yoki «qizishib ketmagin».
Boshqa variant «Achchiqlanma, chunki bu faqatgina ziyon keltiradi».
Yoki «Muloyim, beozor».
Yoki «barqaror qiladi».
Yoki «past ovozda gapiradi, mulohaza yuritadi».