Zabur 115:1-18

  • Yolg‘iz Xudo sharafga loyiqdir

    • Jonsiz butlar (4-8)

    • Yerni u insonlarga bergan (16)

    • «O‘liklar Yahga hamd-u sano aytmaydi» (17)

115  Bizning emas, ey Yahova, bizning emas*,O‘z ismingni ulug‘la+.Zero, Sen mehr-sadoqatli hamda vafodorsan+.   Nega endi xalqlar: «Ularning Xudosi qani?»+ — deb aytishi kerak?   Bizning Allohimiz samolarda,U istaganini qiladi.   Ularning butlari kumush va oltindan yasalgan,Odam qo‘llarining mahsulidir+.   Butlarining og‘izlari bor-u, ammo gapira olmaydi+,Ko‘zlari bor-u, ammo ko‘ra olmaydi.   Quloqlari bor-u, lekin eshita olmaydi,Burunlari bor-u, lekin hidlay olmaydi.   Qo‘llari bor-u, biroq ushlay olmaydi,Oyoqlari bor-u, biroq yura olmaydi+,Bo‘g‘izlaridan hech qanday tovush chiqmaydi+.   Butlarni yasaganlar+,Ularga umid bog‘laganlar+ ularga o‘xshab qoladi.   Ey Isroil, Yahovaga tayan+,U ko‘makching va qalqoningdir!+ 10  Ey, Horun xonadoni+, Yahovaga umid bog‘la,U ko‘makching va qalqoningdir! 11  Ey, Yahovadan qo‘rqadiganlar, Yahovaga ishoning+,U ko‘makchingiz va qalqoningizdir!+ 12  Biz Yahovaning yodidamiz, U bizga baraka beradi,U Isroil xonadoniga baraka yog‘diradi+,U Horun xonadoniga baraka beradi. 13  Yahova O‘zidan qo‘rqqanlarga,Kichikdan tortib kattagacha baraka beradi. 14  Yahova sizlarni ko‘paytiradi,Ha, sizlarni va bolalaringizni ko‘paytiradi+. 15  Iloyo, osmon bilan yerning Yaratuvchisi+Yahova sizlarga baraka bersin!+ 16  Samolar Yahovaga tegishli+,Yerni esa U inson o‘g‘illariga bergan+. 17  O‘liklar Yahga hamd-u sano aytmaydi+,Qabrda yotganlarning* hech biri bunday qila olmaydi+. 18  Ammo biz hozirdan boshlab toabadYahga madhlar aytamiz, Yahga madhlar ayting!*

Izohlar

Yoki «biz hech narsaga munosib emasmiz, ey Yahova, hech narsaga munosib emasmiz».
So‘zma-so‘z «o‘lim sukunatiga botganlar».
Yoki «Halleluya!» «Yah» — bu Yahova degan ismning qisqacha shakli.