Hikmatlar 24:1-34

  • Yovuzlarga havasing kelmasin (1)

  • Uy donolik ila quriladi (3)

  • Odil kishi yiqilsa ham, yana turadi (16)

  • Qilmishiga yarasha qaytarma (29)

  • Uyquchilik qashshoqlik keltiradi (33, 34)

24  Yovuzlarga havasing kelmasin,Ularga sherik bo‘lishni orzu qilma+.   Chunki ko‘ngillaridan zo‘ravonlik kechadi,Tillaridan yomonlik arimaydi.   Uy donolik ila quriladi+,Aql-idrok bilan mahkam turadi.   Xonalari bilim tufayliQimmatbaho va noyob xazinalarga to‘ladi+.   Kuch donolikdadir+,Odamning bilimi kuchini orttiradi.   Jang qilayotib oqilona yo‘l-yo‘riqga tayan+,G‘alaba maslahatchining ko‘pligidadir+.   Ahmoq donolikka erisha olmaydi+,U shahar darvozasi oldida biron so‘z aytolmaydi.   Yovuzlikni niyat qilgan har kimO‘taketgan fitnachidir+.   Ahmoqona rejalar gunohdir,Mazaxchidan odamlar jirkanadi+. 10  Og‘ir kunda ruhing tushsa,Kuching ham zaiflashadi. 11  O‘limga mahkum etilganlarni qutqar,Qirg‘inga olib ketilayotganlarni qaytar+. 12  Mabodo: «Bundan bexabar qolibmiz!» — desang, Qalblarni tekshiruvchi Zot buni payqamaydi deb o‘ylama!+Zero, seni kuzatib turgan Zot baridan xabardor, U har bir kishining ishiga yarasha qaytaradi!+ 13  O‘g‘lim, asal yegin, chunki u shifobaxsh,Ha, toza asal og‘iz uchun mazalidir. 14  Shuni bilginki, donolik ham sen uchun foydali+. Uni topsang kelajaging porloq bo‘ladi,Umiding ham puchga chiqmaydi+. 15  Odilning uyi oldida yovuz kishiday pistirma qo‘yma,Uning turar joyini vayron qilma. 16  Odil kishi yetti marta yiqilsa ham, yana turadi+,Yovuz odam bo‘lsa falokat paytida yengiladi+. 17  Dushmaning yiqilsa quvonma,Qoqilsa ich-ichingdan sevinma+. 18  Chunki Yahova buni ko‘rib ranjiydi,Unga g‘azabini sochish niyatidan qaytadi+. 19  Qabihlar dastidan xafa bo‘lma,Yovuzlarga havas qilma. 20  Zero, yomonlarning kelajagi yo‘q+,Yovuzlarning chirog‘i so‘nib qoladi+. 21  O‘g‘lim, Yahovadan hamda shohdan qo‘rq+, Qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilma+. 22  Chunki ularning boshiga to‘satdan kulfat yog‘iladi+. Ikkovi* ularni qay ko‘yga solishini kim biladi?+ 23  Bular donolarning so‘zlaridir: Mahkamada tarafkashlik qilish yaxshi emas+. 24  Kimki yovuzga: «Siz adolatlisiz»+,— desa, Uni odamlar la’natlaydi, xalqlar ayblaydi. 25  Unga tanbeh berganlar ravnaq topadi+,Ularga qut-baraka yog‘iladi+. 26  Ro‘yirost javob berganning yuzidan o‘pishadi*+. 27  Tashqaridagi ishingni bajar,Daladagi yumushingni ham bitir, so‘ng uyingni qur. 28  Yaqiningga qarshi asossiz guvohlik berma+, Tiling bilan o‘zgalarni aldama+. 29  «Menga qilganlarini o‘ziga qilaman,Qilmishiga yarasha qaytaraman»+,— dema. 30  Yalqovning+ dalasi yonidan,Farosatsizning uzumzori oldidan o‘tdim. 31  Qarasam, har yerda begona o‘t o‘sibdi,Hamma yerni qichitqi o‘t qoplabdi, Tosh devori ham qulab tushibdi+. 32  Bularni ko‘rib o‘yga cho‘mdim,O‘zimga shunday saboq oldim: 33  Oz-moz uxlab, bir oz mizg‘ib olsang,Yonboshlab birpas dam olsang, 34  Qashshoqlik qaroqchi kabi,Yo‘qchilik qurollangan kishiday bostirib keladi+.

Izohlar

Ya’ni Yahova bilan shoh.
Boshqa variant «Aniq javob o‘pich kabidir».