Hikmatlar 15:1-33

  • Muloyim javob g‘azabni qaytaradi (1)

  • Yahovaning ko‘zlari har yerga boqadi (3)

  • To‘g‘rining duosi Xudoga yoqimlidir (8)

  • Maslahatsiz reja barbod bo‘ladi (22)

  • O‘ylab javob ber (28)

15  Muloyim javob g‘azabni qaytaradi+,Qattiq so‘z esa jahlni chiqaradi+.   Dononing tili bilimni yaxshilikka qo‘llaydi+,Nodonning og‘zidan esa ahmoqlik chiqadi.   Yahovaning ko‘zlari har yerga boqadi,U yomonni ham, yaxshini ham kuzatib turadi+.   Shifo beruvchi til — hayot daraxti+,Yolg‘onchi til esa qayg‘u keltiradi.   Nodon otasining ta’lim-tarbiyasini nazariga ilmaydi+,Zakovatli esa tanbehni qabul qiladi+.   Odilning uyi xazinaga to‘ladir,Yovuzning topgani esa boshiga balo keltiradi+.   Dononing tili bilim tarqatadi+,Nodonning yuragi esa ilmni yoqtirmaydi+.   Yovuzning qurbonligi Yahovaga jirkanch+,To‘g‘rining duosi esa Unga yoqimlidir+.   Yahova yovuzning yo‘lidan nafratlanadi+,Odillik payida bo‘lganni esa yaxshi ko‘radi+. 10  Yo‘ldan ozganga ta’lim-tarbiya yomon ko‘rinadi+,Tanbehdan nafratlangan halok bo‘ladi+. 11  Mozor* va qaro yer* Yahovaning ko‘zi oldida ochiqdir+.Nahot inson qalbi Undan yashirin bo‘lsa?!+ 12  Mazaxchi unga tanbeh bergan kishini yoqtirmaydi+.U donodan maslahat ham so‘ramaydi+. 13  Shod yurak chehrani ochiq qiladi.Qayg‘uga botgan yurak esa ruhni tushiradi+. 14  Dono qalb egasi bilim qidiradi+,Nodonning og‘zi esa ahmoqlikni izlaydi+. 15  Ezilgan odamning kunlari qayg‘uli+,Qalbi shodning esa har kuni bayram+. 16  Boy-badavlat bo‘lib xavotirda yashagandan ko‘ra,Boriga qanoat qilib, Yahovadan qo‘rqib umr kechirgan yaxshiroqdir+. 17  Go‘sht yeb nafrat bilan yashagandan ko‘ra,Sabzavot yeb sevgi bilan kun kechirgan afzalroqdir+. 18  Achchig‘i tez janjal qo‘zg‘aydi+,Jahlini tiygan esa urishni to‘xtatadi+. 19  Yalqovning yo‘li tikanakli to‘siqga o‘xshaydi+,To‘g‘rining so‘qmog‘i esa ravondir+. 20  Dono o‘g‘il otasini xursand qiladi+,Nodon esa onasidan nafratlanadi+. 21  Farosatsiz ahmoqlikdan zavq oladi+,Aql-idrokli esa to‘g‘ri yo‘ldan yuradi+. 22  Maslahat bo‘lmagan joyda rejalar barbod bo‘ladi,Maslahatchi ko‘p bo‘lsa, ular amalga oshadi+. 23  Inson to‘g‘ri javobi tufayli quvonadi+.O‘z vaqtida aytilgan so‘z qanchalik yaxshi!+ 24  Fahm-farosatli odam hayotga eltadigan so‘qmoqdan ko‘tariladi+,U go‘rga* tushiradigan yo‘ldan uzoqlashadi+. 25  Yahova takabburlar uyini vayron qiladi+,Bevaga tegishli yerning chegarasini esa qo‘riqlaydi+. 26  Yovuzning fitnasi Yahovaga jirkanch+,Yoqimli so‘zlar esa Uning nazarida pokdir+. 27  Harom yo‘l bilan foyda topgan xonadoniga tashvish keltiradi+,Pora olishdan hazar qilgan esa yashaydi+. 28  Odil o‘ylab javob beradi+,Yovuzning og‘zidan esa yomon gaplar chiqadi. 29  Yahova yovuzlardan yiroqda turadi,Odillarning ibodatiga esa quloq tutadi+. 30  Porloq ko‘zlar qalbni quvontiradi,Yaxshi xabar suyaklarni ilikka to‘ldiradi+. 31  Hayotbaxsh tanbehga quloq solganDonolar bilan bir uyda yashaydi+. 32  Ta’lim-tarbiyani rad etgan o‘z jonidan* nafratlanadi+,Tanbehga quloq solgan esa fahm-farosatga erishadi+. 33  Yahovadan qo‘rqish dono bo‘lishga o‘rgatadi+,Kamtarinlik sharaf keltiradi+.

Izohlar

Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
So‘zma-so‘z «halokat joyi». Ibr. Abaddo‘n. Lug‘atga q.
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
Yoki «hayotidan».