Hikmatlar 22:1-29

  • Yaxshi nom katta boylikdan afzalroq (1)

  • Bolani yoshligidan tarbiyalashning foydasi (6)

  • Yalqov tashqaridagi sherdan qo‘rqadi (13)

  • Tarbiya ahmoqlikni soqit qiladi (15)

  • Mahoratli kishi shohlarga xizmat qiladi (29)

22  Yaxshi nom katta boylikdan afzalroq+,Hurmat qozonish kumush-u oltindan a’loroqdir.   Boy-u kambag‘alning bitta o‘xshashligi bor: Ikkovini ham Yahova yaratgan+.   Zakovatli inson xavfni ko‘rib yashirinadi,Tajribasiz esa olg‘a qadam bosib jazosini tortadi.   Kamtarinlik va Yahovadan qo‘rqishBoylik, shon-sharaf va hayot demakdir+.   Egri odamning so‘qmog‘i tikan-u tuzoqlarga to‘la,Hayotini* qadrlaydigan esa ulardan uzoqroq yuradi+.   Bolani tarbiyalab, to‘g‘ri yo‘lga sol+,Hatto ulg‘ayganda ham undan og‘maydi+.   Boy odam kambag‘al ustidan hukm suradi,Qarzdor qarz beruvchiga qul bo‘ladi+.   Adolatsizlik ekkan, falokat o‘rib oladi+,Uning g‘azab tayog‘i sindiriladi+.   Saxiy inson baraka topadi,Chunki taomini kambag‘al bilan bo‘lishadi+. 10  Mazaxchini haydab yubor,Shunda janjal ham tugaydi,Bahs-munozara-yu haqoratga chek qo‘yiladi. 11  Sofdillikni sevganni, shirinso‘z odamniShoh ham o‘ziga do‘st deb biladi+. 12  Yahovaning ko‘zlari bilimni asraydi,Xoinlarning so‘zlarini esa yo‘qga chiqaradi+. 13  Yalqov: «Tashqarida sher yuribdi! U yerga chiqsam, meni tilka-pora qiladi!»+ — deydi. 14  Buzuq ayolning og‘zi chuqur choh kabidir+. Yahova hukm etgan odam unga qulaydi. 15  Ahmoqlik bolaning qalbiga o‘rnashgan+,Biroq tarbiya tayog‘i uni soqit qiladi+. 16  Boyish uchun kambag‘alni aldaydigan+,Badavlatga hadyalar beradiganOxiri nochorlikka uchraydi. 17  Quloq tutib, dononing so‘zlarini tingla+,Shunda bilimimni qalbingga jo qilasan+. 18  Ularni doim qalbingda saqlab+,Tilingdan aslo tushirmasang, naqadar yaxshi!+ 19  Yahovaga tayanishing uchun,Bugun senga bilim beryapman. 20  Bundan oldin ham senga yozib,Maslahat-u yo‘l-yo‘riq bermaganmidim?! 21  Seni yuborganga aniq xabar yetkazishing uchun,Haq va ishonchli so‘zlarni o‘rgatmaganmidim?! 22  Kambag‘alni kambag‘al deb talama+,Shahar darvozasi oldida bechoraga zulm o‘tkazma+. 23  Chunki ularning masalasini Yahovaning O‘zi ko‘rib chiqadi+,Ularni aldaganlarni U hayotdan mahrum etadi. 24  Achchig‘i tez odamga sherik bo‘lma,Jizzaki kishiga qo‘shilib qolma. 25  Yo‘qsa, uning so‘qmoqlarini o‘rganib,Joningni tuzoqga tushirasan+. 26  Qo‘l siqishib garov o‘ynaydiganlar,O‘zganing qarzi uchun kafil bo‘ladiganlar orasida yurma+. 27  Agar to‘lashga hech vaqoing bo‘lmasa,Yotgan to‘shaging tortib olinadi. 28  Qadimda ota-bobolaring o‘rnatganChegara belgisini siljitma+. 29  O‘z ishiga mahoratli odamni ko‘rganmisan?U oddiy insonlar emas, Shohlar huzurida turadi+.

Izohlar

Yoki «jonini».