Vahiy 14:1-20

  • Qo‘zi va 144 000 kishi (1–5)

  • Uchta farishtaning xabari (6–12)

    • Samo o‘rtasida uchib ketayotgan farishtaning xushxabari (6, 7)

  • Masih bilan birlikda bo‘lib, hayotdan ko‘z yumadiganlar baxtli (13)

  • Yerdagi ikkita hosil o‘rimi (14–20)

14  Men qaradim-u, Sion tog‘ida+ Qo‘zi+ turganini ko‘rdim. U bilan birga peshonalarida Qo‘zining hamda Otasining ismi yozilgan+ 144 000 kishi+ bor edi.  Osmondan shovullab oqayotgan suvlarning va kuchli momaqaldiroqning gumburlagan tovushini eshitdim. U arfa chalib qo‘shiq aytayotganlarning sadosiga o‘xshardi.  Ular taxt, to‘rtta jonzot+ va oqsoqollar+ oldida go‘yo yangi qo‘shiq kuylashardi+. Yer yuzidan sotib olingan 144 000 kishidan+ boshqa hech kim bu qo‘shiqni o‘rgana olmas edi.  Bular o‘zlarini ayollar bilan bulg‘amagan ma’sum kishilardir+. Ular Qo‘zi qayerga borsa, orqasidan ergashishadi+. Bu kishilar Xudo va Qo‘zi uchun insonlar orasidan birinchi hosil+ sifatida sotib olingan+.  Tillarida esa yolg‘on topilmagan. Ular benuqsondir+.  Samo o‘rtasida uchib ketayotgan boshqa bir farishtani ko‘rdim. Unda abadiy xushxabar bor bo‘lib, uni yer yuzida yashovchilarga, ya’ni har bir millat, qabila, til va xalqga e’lon etishi kerak edi+.  U baland ovozda shunday derdi: «Allohdan qo‘rqing va Unga shon-sharaf keltiring, chunki Uning hukm qilish vaqt-soati keldi+. Shuning uchun osmon-u yerni, dengiz-u+ buloqlarni Yaratganga topininglar».  Uning orqasidan ikkinchi farishta kelib, quyidagicha aytardi: «Vayron bo‘ldi! O‘zining shahvoniy* zino* sharobini barcha xalqlarga ichirgan+ Buyuk Bobil+ vayron bo‘ldi!»+  Ularning orqasidan uchinchi farishta kelib, baland ovozda shularni gapirardi: «Kimki yirtqich hayvonga+ va uning tasviriga sajda qilib, tamg‘ani peshonasiga yoki qo‘liga qabul qilayotgan bo‘lsa+, 10  Xudoning g‘azab kosasiga+ quyilayotgan ushbu sof qahr sharobini ichadi. Shuningdek, u muqaddas farishtalarning hamda Qo‘zining oldida olov va oltingugurt ichida azob chekadi+. 11  Ular chekayotgan azobning tutuni abadulabad burqirab turadi+. Yirtqich hayvonga va uning tasviriga sajda etib, ismining tamg‘asini qabul qilayotganlar kecha-yu kunduz tinchlik ko‘rmaydilar+. 12  Buning uchun, Allohning amrlarini bajarib, Isoning imoniga ergashayotgan+ muqaddas kishilarga sabr-bardosh kerak»+. 13  So‘ng samodan mana shunday sado keldi: «Quyidagilarni yozib qo‘y: bundan buyon Hazrat bilan birlikda bo‘lib, hayotdan ko‘z yumadiganlar baxtlidir+. Muqaddas ruh ham shunday demoqda: “Ular o‘z mehnatlaridan dam olsin, ha, chunki ularning qilgan ishlari o‘zlariga hamrohdir”». 14  Shundan keyin qarasam, bir oq bulut, bulutda esa inson o‘g‘liga o‘xshash kimsa o‘tiribdi+. Uning boshida oltin toj, qo‘lida esa o‘tkir o‘roq bor. 15  Boshqa bir farishta ma’baddan* chiqdi-da, bulutda o‘tirgan kimsaga baland ovozda: «O‘rog‘ingni ishga solib o‘r, chunki o‘rim-yig‘im vaqti keldi. Yerning hosili allaqachon yetildi»+,— dedi. 16  Shunda bulutning ustida o‘tirgan kimsa yer yuziga o‘roq soldi va yerdagi hosil o‘rildi. 17  Keyin osmondagi ma’baddan yana bir farishta chiqdi. Unda ham o‘tkir o‘roq bor edi. 18  Qurbongohdan boshqa bir farishta chiqdi. U olov ustidan hukmron edi. U oltin o‘rog‘i bor farishtaga baland ovozda xitob qilib: «O‘tkir o‘rog‘ingni ishga solib, yerdagi uzum boshlarini yig‘ib ol, chunki uzum pishdi»+,— dedi. 19  Shunda farishta yerga o‘roq solib, yerdagi uzum boshlarini qirqdi-da, Xudo g‘azabini ifodalaydigan ulkan uzumsiqqichga tashladi+. 20  Uzum shahar tashqarisidagi uzumsiqqichga tashlandi va uzumsiqqichdan chiqqan qon taxminan 300 kilometrgacha* toshib, otlarning yuganiga qadar ko‘tarildi.

Izohlar

Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
Yoki «g‘azabli».
Ya’ni ma’badning Eng muqaddas xonasidan.
So‘zma-so‘z «1 600 stadiya». Bir stadiya=185 m. Ilovaning B14 mavzusiga q.