Vahiy 11:1-19

  • Ikki shohid (1–13)

    • Jul kiyimda 1 260 kun bashorat qilish (3)

    • Ikki shohid o‘ldiriladi; jasadlari qabrga qo‘yilmaydi (7–10)

    • Uch yarim kundan so‘ng hayotga qaytish (11, 12)

  • Ikkinchi kulfat o‘tib, uchinchisi kelmoqda (14)

  • Yettinchi karnay (15–19)

    • «Shohlik Rabbimiz va Uning Masihiga tegishli» (15)

    • Yerni xarob etuvchilar xarob qilinadi (18)

11  Menga hassadek uzun qamish tayoq*+ berilib, mana bu so‘zlar aytildi: «Tur, Xudoning ma’badini*, qurbongohni va u yerda topinayotganlarni o‘lcha.  Ma’badning tashqarisidagi hovlini esa o‘lchama, chunki u boshqa xalqlarga berilgan. Ular muqaddas shaharni+ 42 oy+ poymol etishadi.  Men ikkita shohidimni yuboraman va ular jul kiyimda 1 260 kun bashorat qilishadi».  Ular ikkita zaytun daraxti+ va ikkita chiroqpoya+ sifatida tasvirlangan bo‘lib, yer yuzining Rabbi oldida turishibdi+.  Kimki ularga zarar yetkazmoqchi bo‘lsa, og‘izlaridan olov chiqib, dushmanlarini yo‘q qiladi. Ularga ziyon keltirishni istagan har kim shu tariqa o‘ldiriladi.  Bu kishilar bashorat qilayotgan vaqtda yomg‘ir yog‘masin+, deya osmon yuzini yopish qudratiga ega+. Shuningdek, ular suvni qonga aylantirish+ va istagan paytlarida yerni har turli balolarga duchor qilishga qodir.  Ular shohidlik qilishni tugatishganda, tubsizlikdan chiqayotgan yirtqich hayvon ular bilan jang qiladi va g‘olib chiqib, ularni o‘ldiradi+.  Ularning jasadi majoziy ma’noda Sado‘m va Misr deb ataladigan buyuk shaharning asosiy ko‘chasida, ularning Hazrati ustunga mixlangan joyda yotadi.  Barcha xalqlar, qabilalar, tillar va millatlardan bo‘lgan insonlar uch yarim kun ularning jasadlariga boqishadi-yu+, jasadlarini qabrga qo‘yishga ijozat berishmaydi. 10  Yer yuzida yashovchilar ularning o‘limidan quvonib, bayram qilishadi va bir-birlariga sovg‘alar yuborishadi. Sababi, bu ikkita payg‘ambar yer yuzida yashovchilarni azoblagan edi. 11  Ammo uch yarim kundan so‘ng ularga Allohdan kelgan hayot ruhi kirib+, ular oyoqga turishdi. Shunda buni ko‘rganlarni kuchli qo‘rquv bosdi. 12  Ular samodan: «Bu yerga chiqinglar»,— degan baland ovozni eshitishdi. Ular bulut ichida osmonga ko‘tarilishdi, dushmanlari esa ularni ko‘rib turishdi. 13  Shu onda qattiq zilzila yuz berib, shaharning o‘ndan bir qismi vayron bo‘ldi. Zilziladan 7 000 odam o‘ldi, qolganlari esa dahshatga tushib, samodagi Xudoga hamd-u sano aytdilar. 14  Ikkinchi kulfat+ o‘tib ketdi. Lekin uchinchi kulfat tezlik bilan yaqinlashib kelmoqda. 15  Yettinchi farishta karnayini chaldi+. Osmonda baland ovozlar yangradi: «Endi dunyo ustidan shohlik qilish Rabbimiz+ va Uning Masihiga tegishlidir+. U abadulabad hukm suradi»+. 16  Shunda Xudoning huzurida o‘z taxtlarida o‘tirgan 24 oqsoqol+ yuztuban tiz cho‘kib Allohga sajda qildi. 17  Ular: «Hozir bor, o‘tmishda ham bor bo‘lgan, Qodir Tangri Yahova*+, Senga shukrlar aytamiz. Zero Sen buyuk hokimiyatni egallab shohlik qila boshlading+. 18  Ammo xalqlar g‘azabga mindi, Sen ham O‘z g‘azabingni ko‘rsatding. O‘lganlarni hukm qilib, qullaring bo‘lmish payg‘ambarlarga+, muqaddas kishilarga, Sening ismingdan qo‘rqqan katta-yu kichikka mukofot berding+. Nihoyat, yerni xarob etuvchilarni xarob qilish uchun belgilangan vaqt keldi»+. 19  Osmonda Xudoning ma’badi* ochilib, Uning ahd sandig‘i ko‘rindi+. Shu onda chaqmoqlar chaqib, ovozlar yangradi, momaqaldiroq gumburlab, zilzila yuz berdi va kuchli do‘l yog‘di.

Izohlar

Yoki «o‘lchov tayog‘i».
Ya’ni Muqaddas xona va Eng muqaddas xonani o‘z ichiga oluvchi ma’badning markaziy hashamatli binosi.
Ya’ni ma’badning Eng muqaddas xonasi.