Vahiy 1:1-20

  • Alloh Iso orqali bergan vahiy (1–3)

  • Yettita jamoatga salomlar (4–8)

    • «Men Alfa va Omega» (8)

  • Yuhanno muqaddas ruh ta’sirida Hazratimiz kunida bo‘lib qoldi (9–11)

  • Yuhanno Iso ulug‘lanishini ko‘radi (12–20)

1  Yaqinda yuz beradigan voqealarni O‘z qullariga oshkor etish maqsadida+, Alloh bu vahiyni Iso Masihga berdi+. U esa farishtasini yuborib, bu vahiyni ramzlar orqali quli Yuhannoga+ bildirdi.  Yuhanno bo‘lsa Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati, ya’ni hamma ko‘rganlari to‘g‘risida guvohlik berdi.  Ushbu bashoratdagi so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qiyotgan va tinglayotganlar hamda bu yozilganlarga rioya qilayotganlar ham baxtlidir+, zero belgilangan vaqt yaqin.  Yuhannodan Osiyo viloyatidagi* yettita jamoatga+: «Hozir bor, o‘tmishda bo‘lgan va kelajakda bor bo‘ladigandan»+ hamda arshi a’lo oldida turgan yetti ruhdan+ va  «sodiq Shohid»+, «o‘liklar ichidan birinchi bo‘lib tirilgan»+, «yer yuzi podshohlarining Hukmdori»+ Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo‘lsin. U bizni sevadi+ va o‘z qoni bilan gunohlarimizdan xalos qildi+.  U bizni o‘z Xudosi va Otasining shohlari-yu+ ruhoniylari qildi+. Ha, ulug‘vorlik va qudrat abadulabad unga xosdir. Omin.  Mana, u bulutlar bilan kelmoqda+ va hamma uni o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi, jumladan, badanini teshganlar ham. O‘shanda yer yuzidagi barcha qabilalar u tufayli fig‘on chekib, ko‘ksilariga urishadi+. Ha, shunday bo‘ladi! Omin.  «Men Alfa va Omega*+,— demoqda Tangri Yahova*.— Hozir bor, o‘tmishda bo‘lgan va kelajakda bor bo‘ladigan Qodir Allohman»+.  Men sizlar bilan birga g‘am-qayg‘ular-u saltanatga+ sherik bo‘lib+, sizlar kabi sabr-bardosh ko‘rsatayotgan+ Isoning izdoshi+ va birodaringiz Yuhannoman. Men Xudo haqida gapirib, Iso to‘g‘risida shohidlik berganim uchun Patmos orolida edim. 10  Muqaddas ruh ta’sirida men Hazratimiz kunida bo‘lib qoldim va orqamdan karnay ovoziga o‘xshash kuchli bir sado 11  shunday deyayotganini eshitdim: «Ko‘rganlaringni o‘rama bitikka yozib qo‘y va Efes+, Smirna+, Pergam+, Tiyatira+, Sardi+, Filadelfiya+ va Laodikiyadagi+ yetti jamoatga yubor». 12  Shunda men bilan gaplashayotgan ovoz tomon o‘girilib qaradim va yettita oltin chiroqpoyani ko‘rdim+. 13  Chiroqpoyalar o‘rtasida Inson O‘g‘liga o‘xshash bir kimsa turgan edi+. U uzun kiyim kiygan bo‘lib, ko‘kragiga oltin kamar taqqan edi. 14  Uning sochlari oq jundek yoki qorday oppoq bo‘lib, ko‘zlari otash alangasiday chaqnar edi+. 15  Oyoqlari ko‘rada qizdirilgan sof mis kabi+, ovozi esa shovullab oqayotgan suvlarning tovushiga o‘xshardi. 16  O‘ng qo‘lida yettita yulduz bor bo‘lib+, og‘zidan esa uzun, ikki tig‘li o‘tkir qilich+ chiqib turardi. Uning yuzi bamisli yarqirayotgan quyosh kabi edi+. 17  Uni ko‘rgach oyoqlariga o‘likday yiqildim. Shunda u o‘ng qo‘lini ustimga qo‘yib, dedi: «Qo‘rqma. Men Birinchi+ va Oxirgiman+. 18  Tirikman+. Men o‘lgan edim+, ammo endi tirikman va abadulabad yashayman+. O‘lim va mozorning* kalitlari mendadir+. 19  Xullas, ko‘rganlaringni, hozir yuz berayotgan va kelajakda sodir bo‘ladigan barcha voqealarni yozib qo‘y. 20  Sen o‘ng qo‘limda ko‘rgan yettita yulduz va yettita oltin chiroqpoyaning muqaddas siri quyidagichadir: yettita yulduz — yettita jamoatning farishtalari, yettita oltin chiroqpoya esa yettita jamoatdir+.

Izohlar

Rim imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyati.
Yun. hades, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.