Ishayo 63:1-19

  • Yahova xalqlardan o‘ch oladi (1-6)

  • Yahova o‘tmishda ko‘rsatgan mehr-sadoqati (7-14)

  • Tavba qilganning ibodati (15-19)

63  Edomdan+, Bozraxdan+ chiqib,Ochiq tusli* kiyimlarda,Serhasham libosda,Buyuk kuch ila kelayotgan kim? «Bu Menman! Odillik bilan so‘zlaydigan,Buyuk qudratim bilan najot beradigan Xudoman».   Nega kiyiming qizil?Nega uzum tepkilayotgan kishinikiday kiyimlaring qip-qizil?+   «Men uzumni yolg‘iz O‘zim tepkiladim. Yonimda hech kimsa yo‘q edi. Uni qahr bilan tepkiladim,G‘azabga minib ezdim+. Qoni kiyimlarimga sachrab,Butun libosimni bulg‘adi.   Men qasos oladigan kunni belgiladim+,To‘lov evaziga qutqargan kishilarim yili keldi.   Atrofga qaradim, lekin yordam beradigan kimsa yo‘q edi,Larzaga keldim, ammo qo‘llaydigan hech kim yo‘q edi. Shu bois, O‘z qo‘lim Menga g‘alaba keltirdi+,O‘z qahrim Meni qo‘llab-quvvatladi.   Xalqlarni g‘azab bilan tepkiladim,Ularga qahrimni ichirdim+,Qonlarini yerga to‘kdim».   Yahovaning mehr-sadoqatga to‘la ishlari haqida gapiraman.O‘zining rahm-shafqati va mehr-sadoqati ilaIsroil xonadoniga qilgan barcha ezguliklari,Yahova bizni deb amalga oshirgan barcha ishlari uchun+ Yahovaga hamd-u sano aytaman.   Zero, U: «Haqiqatan ular Mening xalqim, xoinlik qilmaydigan o‘g‘illarimdir»+,— degan edi. Shu sababli, U xalqining Qutqaruvchisi+ bo‘ldi.   Ular azob chekkanda, U ham azob chekdi+. O‘z xabarchisini yuborib, ularni xalos etdi+. Sevgi va mehr-shafqati ila to‘lov evaziga qutqardi+.Qadim zamonlardan ularni ko‘tarib yurdi+. 10  Biroq ular isyon qilib+, Uning muqaddas ruhini ranjitdi+. Shunda Alloh ularning dushmaniga aylanib+,Ularga qarshi jang qildi+. 11  Ular o‘tmish zamonlarni,Uning xizmatkori Musoning davrini eslab, shunday dedi: «Suruvining cho‘ponlari orqali+ xalqini dengizdan o‘tkazgan Xudo+ qani? Ularga O‘z muqaddas ruhini yog‘dirgan Xudo+ qani? 12  O‘zining ulug‘vor qo‘li bilan Musoning o‘ng qo‘lidan yetaklagan+,Toabad O‘z ismining dong‘ini taratish uchun+,Xalqi oldida suvlarni ikkiga bo‘lgan Tangri+ qani? 13  Ular keng dalada chopayotgan tulporday,Qoqinmay o‘tib ketishi uchun,Jo‘shqin suvlar ichra yo‘l ochgan Xudo qani? 14  Chorva vodiyga borib, tinim topgani kabi,Yahovaning ruhi ularga osoyishtalik baxsh etdi»+. O‘zingga buyuk nom qozonish uchun+,Xalqingni shu tariqa boshlab yurding. 15  Osmondan nazar solib qara,Yuksak, muqaddas va sharafli maskaningdan qara. Sening g‘ayrating-u qudrating,Rahm-shafqating-u marhamating qani?+ Nega ularni mendan darig‘ tutyapsan? 16  Axir Sen bizning Otamizsan!+Garchi Ibrohim bizni tanimasa-da,Isroil tan olmasa-da,Sen, ey Yahova, bizning Otamizsan. Azaldan bizning Xaloskorimizsan+. 17  Ey Yahova, nima uchun bizni yo‘llaringdan adashtirding? Nega bag‘rimizni tosh qilib, Sendan qo‘rqmay qo‘yishimizga yo‘l qo‘yding?+ Xizmatchilaring haqqi,Merosing bo‘lmish xalqing haqqi bizga yana iltifot ko‘rsat+. 18  Muqaddas xalqing yurtga oz vaqt egalik qildi. Dushmanlarimiz muqaddas maskaningni toptadi+. 19  Biz, ancha vaqtdan buyon Sen hokimlik qilmagan xalqlarga,Ismingni aytib chaqirmaydigan odamlarga o‘xshab qoldik.

Izohlar

Boshqa variant «Qirmizi».