Ishayo 2:1-22

  • Yahovaning tog‘i yuksaladi (1-5)

    • Qilichlarini omochga aylantiradi (4)

  • Yahovaning kunida mag‘rurlar kamsitiladi (6-22)

2  Omiz o‘g‘li Ishayo Yahudo va Quddus haqida quyidagi vahiyni ko‘rdi+:   Oxirgi kunlardaYahovaning uyi turgan tog‘,Tog‘ cho‘qqilaridan ham balandroq o‘rnatiladi+.U tepaliklar uzra yuksaladi,Barcha xalqlar uning oldiga oqib keladi+.   Ko‘p xalqlar borib, shunday deydi: «Keling, Yahovaning tog‘iga,Yoqub Xudosining uyiga chiqaylik+. U bizga O‘z yo‘llarini o‘rgatadi,Biz Uning so‘qmoqlaridan yuramiz»+. Chunki qonun Siondan,Yahovaning so‘zi Quddusdan chiqadi+.   U xalqlar orasida hakam bo‘lib,Ko‘plab xalqlarga oid masalalarni hal qiladi. Ular qilichlarini omochga,Nayzalarini o‘roqga aylantiradi+. Xalq xalqga qarshi qilich ko‘tarmaydi,Ular jang qilishni boshqa o‘rganmaydi+.   Ey, Yoqub xonadoni,Keling, Yahovaning nurida yuraylik+.   Sen xalqingni, Yoqub xonadonini tark etding+.Chunki ular Sharqdan ko‘p narsani o‘rgandi,Ular filistimliklar kabi sehr-jodu+ bilan shug‘ullanmoqda,Oralarida musofirlarning bolalari ko‘payib ketdi.   Yurtlari oltinu kumushga boy,Xazinalarining hisobi yo‘q. Yurtlari otlarga to‘la,Aravalari esa behisob+.   Yurtlari foydasiz xudolarga to‘la+. Ular o‘z qo‘llarining ijodlariga,Barmoqlari bilan yasagan narsalarga sajda qilmoqda.   Inson kamsitilib, yerga urilmoqda.Sen ularni kechira olmaysan. 10  Yahovadan qo‘rqing,Uning mahobatli ulug‘vorligidan+Qoya ichiga kiring, yer ostiga yashirining. 11  Takabbur odam bo‘ysundiriladi,Mag‘rur odamlar kamsitiladi. O‘sha kuni tanho Yahova yuksaladi. 12  Chunki bu — Qo‘shinlar Sarvari Yahovaning kuni+. U takabbur va mag‘rur bo‘lgan barchaning,Ham asilzoda, ham oddiy odamning boshiga tushadi+. 13  Livanning* baland va yuksak kedr daraxtlari-yuBashanning barcha eman daraxtlari ham qutula olmaydi. 14  Jamiki baland tog‘lar-uYuksak tepaliklar ham, 15  Hech bir yuqori minora-yu mustahkam devor ham, 16  Barcha Tarshish kemalari-yu+Qimmatbaho qayiqlar ham qutula olmaydi. 17  Takabburlar bo‘ysundiriladi,Mag‘rur odamlar kamsitiladi. O‘sha kuni tanho Yahova yuksaladi. 18  Foydasiz xudolar butunlayin yo‘q qilinadi+. 19  Yahova yer yuzini larzaga keltirish uchun qo‘zg‘alganda,Odamlar Undan qo‘rqganidan,Uning mahobatli ulug‘vorligidan+Qoyalardagi g‘orlarga kiradi,Chuqurliklarga yashirinadi+. 20  O‘sha kuni odamlar sajda qilish uchun,Kumush-u oltindan yasalgan foydasiz xudolarni olib,Yerqazarlar-u* ko‘rshapalaklarga uloqtiradi+. 21  Yahova yer yuzini larzaga keltirish uchun qo‘zg‘alganda,Odamlar Undan qo‘rqganidan,Uning mahobatli ulug‘vorligidanQoyalardagi g‘orlarga,Cho‘qqilar yoriqlariga yashirinadi. 22  O‘z foydangiz uchun odamga tayanmang,Axir u dimog‘dagi nafas kabidir. Undan qanday naf bor?

Izohlar

Yoki «Lubnonning».
Yebto‘ymas mayda sutemizuvchilar.