Havoriylar 11:1-30

  • Butrus bo‘lganlarni havoriylarga aytib beradi (1-18)

  • Barnabo va Shoul Suriyadagi Antioxiyada (19-26)

    • Shogirdlar «masihiy» degan nom olishadi (26)

  • Agav ocharchilik haqida bashorat qiladi (27-30)

11  O‘zga xalq vakillari Xudoning kalomini qabul qilishdi, degan xabar Yahudiyadagi havoriylar va birodarlarning qulog‘iga yetib bordi.  Butrus Quddusga kelganida, sunnat qilish tarafdorlari+ uni tanqid qilib:  «Siz sunnatsizlar bilan bir uyda yeb-ichib o‘tirgansiz»,— deyishdi.  Butrus ularga hammasini batafsil tushuntirib, quyidagilarni aytdi:  «Men Yaffa shahrida edim. Ibodat qilayotganimda vahiy oldim. Katta dasturxonga o‘xshash bir narsa to‘rt uchidan osilib, osmondan tushayotganini va menga yaqinlashayotganini ko‘rdim+.  Yaxshilab qarasam, ichida yerda yashaydigan har xil chorva, sudralib yuruvchi jonivorlar-u samoviy qushlar bor edi.  Farishta menga: “Butrus, qani tur, bularni so‘yib yeyaver!” — dedi.  Men esa: “Aslo Hazratim, men nopok va harom narsani umuman og‘zimga olmaganman”,— deb javob berdim.  Farishta menga ikkinchi marta gapirib: “Bas endi! Alloh halol qilgan narsani harom dema”,— deb aytdi. 10  Farishta menga uchinchi marta gapirganidan so‘ng, dasturxonga o‘xshash o‘sha narsa osmonga ko‘tarilib ketdi. 11  Shu payt, biz to‘xtagan uyga Kesariyadan meni chaqirish uchun yuborilgan uch kishi keldi+. 12  Shunda muqaddas ruh menga hech ikkilanmay ular bilan birga borishimni aytdi. Oltita birodar ham men bilan yo‘lga chiqishdi va biz o‘sha kishining uyiga kirib bordik. 13  U esa uyida paydo bo‘lgan farishtani ko‘rganini bizlarga aytib berdi. Farishta unga: “Endi Yaffaga odam yubor-da, Butrus deb atalmish Simunni chaqirtir+. 14  U senga shunday so‘zlarni aytadiki, bundan sen va xonadoning najot topasizlar”,— debdi. 15  Men gapirishni boshlaganimda, dastlab bizning ustimizga tushgan muqaddas ruh ularga ham tushdi+. 16  Shunda men Hazratimizning mana bu so‘zlarini esladim: “Yahyo odamlarni suvga cho‘mdirgan+, sizlar esa muqaddas ruhga cho‘mdirilasiz”+. 17  Agar Alloh Hazratimiz Iso Masihga ishongan bizlar qatori ularga ham bu in’omni ato etgan bo‘lsa, unda men kim bo‘libmanki, Xudoga to‘sqinlik qilsam»+. 18  Butrusning so‘zlarini eshitgach, ular tinchlanib: «Demak, o‘zga millat vakillari ham hayotga ega bo‘lsin, deb Tangri ularning tavba qilishiga imkon beribdi-da»+,— deb Allohni ulug‘lashdi. 19  Stefanning o‘ldirilishidan boshlangan quvg‘unlar dastidan tarqab ketganlar+ Finikiya, Kipr va Antioxiyagacha borib, Tangrining kalomini faqat yahudiylarga gapirishardi+. 20  Ularning orasida Kipr va Kirineyadan bo‘lgan odamlar bor edi. Ular Antioxiyaga yetib kelib, u yerdagi yunonzabon kishilarga Hazratimiz Iso to‘g‘risidagi xushxabarni va’z qilishardi. 21  Yahova* ularni qo‘llab-quvvatlagani uchun nihoyatda ko‘p kishi imonga kirib, Hazratimizning izdoshi bo‘ldi+. 22  Bu xabar Quddusdagi jamoatning qulog‘iga yetib bordi va ular Barnaboni+ Antioxiyaga jo‘natishdi. 23  Barnabo u yerga yetib kelgach, Tangrining inoyatini ko‘rib quvonib ketdi. Hammani Hazratimiz yo‘lida barqaror yurishga undadi+. 24  Barnaboning o‘zi muqaddas ruhga to‘lgan, imoni kuchli, yaxshi inson edi. Shu sababdan ancha odam Hazratimizga ishondi+. 25  So‘ngra u Shoulni izlab topish uchun Tars shahriga yo‘l oldi+. 26  Uni topgach, Antioxiyaga qaytib keldi. Bir yil davomida ikkalasi o‘sha yerdagi jamoat bilan yig‘ilib, ko‘plarga ta’lim berishdi. O‘shanda shogirdlar birinchi marta Antioxiyada «masihiy»+ degan nom olishdi. Bu Xudoning boshqaruvi bilan bo‘ldi. 27  O‘sha kunlarda Quddusdan Antioxiyaga payg‘ambarlar+ kelishdi. 28  Ulardan Agav+ degani muqaddas ruhdan ta’sirlanib o‘rnidan turdi-da, butun yer yuzida ocharchilik+ bo‘lishini bashorat qildi. Bu ocharchilik Klavdiy davrida sodir bo‘ldi. 29  Shunda shogirdlarning har biri o‘z imkoniyatiga qarab+, Yahudiyada yashovchilarga yordam jo‘natishga+ qaror qildi. 30  Bu yordamni Barnabo va Shoul orqali oqsoqollarga berib yuborishdi+.