2 Korinfliklarga 9:1-15

  • Ehson yaxshi niyat bilan berilishi lozim (1-15)

    • «Alloh quvonch bilan berganni sevadi» (7)

9  Muqaddas kishilarga xizmat qilishga kelsak+, bu haqda yozishimga aslida hojat yo‘q.  Boisi, yordam berishga tayyor ekaningizni bilganim uchun, makedoniyaliklarga Axayadagilar bir yildan buyon tayyor turishibdi deb, sizlar bilan maqtanib yuribman. Sizlarning g‘ayratingiz ularning aksariyatini harakatga soldi.  Biroq sizlar bilan maqtanganimiz quruq so‘z bo‘lib chiqmasligi uchun va xuddi aytganimday, tayyor turinglar deb, oldingizga birodarlarni jo‘natyapman.  Aks holda makedoniyalik birodarlar men bilan birga borib, tayyor emasligingizni ko‘rishsa, tag‘in sizlar ham, sizlarga shunchalik ishongan biz ham uyatga qolmaylik.  Shu sababli birodarlarni bizdan avval borishga undadim. Ular o‘zlaringiz saxiylik bilan berishni va’da qilgan ehsoningizni zo‘rlab olingan narsa kabi emas, saxiylik bilan berilgan narsa singari oldindan tayyorlab qo‘yishadi.  Bunga nisbatan shuni aytmoqchiman: qizg‘anib ekkan, oz o‘rib oladi, saxiylik bilan ekkan esa mo‘l o‘rib oladi+.  Har bir inson norozi bo‘lib yoki majburiyat yuzasidan emas, balki ko‘nglida niyat qilganini bersin+. Chunki Alloh quvonch bilan berganni sevadi+.  Bundan tashqari, Xudo O‘zining mo‘l-ko‘l inoyatini ustingizga yog‘dirishga qodir. Shu yo‘sin sizlar doim barcha zaruriy narsalarga ega va xayrli ishlarga boy bo‘lasizlar+.  (Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «U saxiylik bilan tarqatadi, nochorlar bilan bo‘lishadi. Uning odilligi toabad bor bo‘ladi»+. 10  Dehqonga urug‘ni, yeydiganga nonni bergan Alloh, sizlarga ekish uchun urug‘ni mo‘l-ko‘l qilib beradi hamda odilligingizning samarasini orttiradi.) 11  Har jihatdan saxiylikni namoyon etishingiz uchun, Tangri sizlarga har tomondan baraka ato etyapti. Bizning sa’y-harakatimiz orqali bunday saxiylik insonlarni Xudoga shukronalar aytishga undamoqda. 12  Negaki bu xizmatingiz nafaqat muqaddas kishilarning ehtiyojlarini oshig‘i bilan qondirishi+, balki Allohga ko‘pdan-ko‘p minnatdorchiliklar keltirishi lozim. 13  Ular ushbu xizmatning samarasini ko‘rib, sizlar ochiqdan-ochiq e’lon qilayotgan Masih haqidagi xushxabarga itoatkorligingiz uchun hamda ularga va boshqalarga saxiylik bilan bergan xayr-ehsoningiz uchun Xudoni ulug‘lashmoqda+. 14  Tangrining sizlarga ko‘rsatgan cheksiz inoyatidan xabardor bo‘lgan holda, ular sizlarni sevishini bildirib, sizlar uchun Xudoga iltijo qilishyapti. 15  So‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan hadyasi uchun Allohga shukrlar bo‘lsin!

Izohlar