2 Korinfliklarga 6:1-18

  • Xudoning inoyatidan to‘g‘ri foydalanish (1, 2)

  • Pavlus xizmati haqida gapiradi (3-13)

  • Imondosh bo‘lmaganlar bilan bir bo‘yinturuqga qo‘shilmaslik (14-18)

6  Xudo bilan birga mehnat qilar ekanmiz+, Uning inoyatini qabul qilib, bu inoyat nima maqsadda ko‘rsatilganini nazardan chetda qoldirmaslikni sizlardan iltimos qilamiz+.  Zero Alloh shunday demoqda: «Maqbul vaqtda senga javob berdim, najot kuni senga ko‘maklashdim»+. Mana, ayni maqbul vaqt keldi! Mana, najot kuni keldi!  Xizmatimiz nuqsonsiz bo‘lishi uchun, biror narsada boshqalarning qoqinishiga sababchi bo‘lmayapmiz+.  Aksincha, har taraflama o‘zimizni Allohning xizmatchilari sifatida tavsiya etyapmiz+. Buni ko‘p sinovlarga chidashda, g‘am-qayg‘ularda, muhtojlikda, qiyinchiliklarda+,  kaltaklanganda, qamoqxonalarda+, tartibsizliklarda, zahmatlarda, uyqusiz tunlarda, ovqatsiz qolgan vaqtlarda+,  shuningdek, poklikda, bilimda, sabr-toqatda+, mehribonlikda+, muqaddas ruhda, ikkiyuzlamachilikdan xoli sevgida+,  rostgo‘ylikda, Xudoning qudratida+, o‘ng va chap qo‘limizda odillik qurollarini+ tutgan holda*,  sharaflanganda va sharmandalikda, yomonotliq bo‘lganda va yaxshi nom qozonganda, haqiqatgo‘y bo‘la turib yolg‘onchi hisoblanganimizda,  notanishday ko‘rinsak ham tanish bo‘lganimizda, o‘layotganday tuyulsak-da, tirik yurganimiz bilan+, go‘yo jazolanayotganday bo‘lsak-da, o‘limga topshirilmaganimiz bilan+, 10  qayg‘uli ko‘rinsak-da, doimo quvonib yurganimiz bilan, kambag‘al hisoblansak ham, ko‘plarni boyitayotganimiz bilan, hech narsamiz yo‘qdek tuyulsa-da, hamma narsaga ega ekanimiz bilan ko‘rsatyapmiz+. 11  Ey korinfliklar, biz sizlarga ochiqchasiga gapirdik, bag‘rimizni keng ochdik. 12  Biz mehringizdan voz kechmayapmiz+, balki sizlar o‘z mehringizni bizdan darig‘ tutyapsizlar. 13  Sizlarni bolalarimday ko‘rib gapiryapman: sizlar ham shunday yo‘l tutib, bag‘ringizni keng qilinglar+. 14  Imondosh bo‘lmaganlar bilan bitta bo‘yinturuqga* qo‘shilmanglar+. Axir odillik bilan qonunsizlik o‘rtasida qanday umumiylik bor?+ Yoki nur bilan qorong‘ilik o‘rtasida qanday aloqa bo‘lishi mumkin?+ 15  Bundan tashqari, Masih bilan Shayton* o‘rtasida qanday birlik bo‘la oladi?+ Yoki Hazratimizga ishongan kishi bilan unga ishonmaydigan odam orasida qanday sheriklik bo‘lishi mumkin?+ 16  Shuningdek, Allohning ma’badi bilan butlar o‘rtasida qanday kelishuv bo‘la oladi?+ Biz esa barhayot Xudoning ma’badimiz+. Uning O‘zi shunday degan: «Men ularning orasida yashab+, o‘rtalarida yuraman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo‘lishadi»+. 17  «“Shu bois, ularning orasidan chiqinglar, ulardan ayrilib ketinglar,— demoqda Yahova*,— va bundan buyon nopokka qo‘l tekkizmanglar”+; “shunda Men sizlarni qabul qilaman”+. 18  “Men sizlarga Ota bo‘laman+, sizlar esa Menga o‘g‘illar-u qizlar bo‘lasizlar”+,— demoqda Qodir Tangri Yahova*».

Izohlar

Ehtimol o‘ng qo‘ldagisi hujum uchun, chap qo‘ldagisi himoyalanish uchun bo‘lgan.
So‘zma-so‘z «teng bo‘lmagan bo‘yinturuqga».
So‘zma-so‘z «Beliar». Ibr. ma’nosi «yaramas» demakdir.