2 Korinfliklarga 8:1-24

  • Yahudiyadagi masihiylar uchun ehson (1-15)

  • Titus Korinfga jo‘natiladi (16-24)

8  Birodarlar, endi sizlarni Tangrining Makedoniyadagi jamoatlarga ko‘rsatgan inoyati to‘g‘risida xabardor qilmoqchimiz+.  Ular qayg‘u chekib, og‘ir sinovlarni boshdan kechirishgan bir paytda, o‘zlari g‘oyat kambag‘al bo‘lishlariga qaramay, katta quvonch bilan saxiylik ko‘rsatishdi.  Ular qo‘llaridan kelganini+ va hatto bundan ham ortig‘ini qilishganiga+ shaxsan o‘zim shohidman.  Shuningdek, ehson qilish va muqaddas kishilarga yordam berish ishida ishtirok etish+ sharafiga ularni ham munosib ko‘rishimizni ko‘p iltimos qilishdi.  Ular kutganimizdan ham ortig‘ini qilishdi, chunki avvalo o‘zlarini Hazratimizga, so‘ng esa Allohning irodasi bilan bizlarga bag‘ishlashdi.  Bu ishni oralaringizda birinchi bo‘lib Titus+ boshlagan edi, shuni endi oxirigacha yetkazib qo‘ysin deb, uni rag‘batlantirdik.  Sizlar hamma narsaga, ya’ni imonga, gapirish qobiliyatiga, bilimga, butun tirishqoqlik va o‘zaro mehr-muhabbatga boy ekansizlar, ehson qilishda ham saxiy bo‘linglar+.  Men buni buyruq tariqasida emas, balki boshqalarning g‘ayratli ishlarini nazarda tutib, sizlarning mehr-muhabbatingizni sinab ko‘rish uchun aytyapman.  Sizlar Hazratimiz Iso Masih namoyon etgan inoyatdan xabardorsizlar. U boy bo‘la turib, sizlar uchun kambag‘al bo‘ldi+, toki uning kambag‘alligi orqali sizlar boy bo‘linglar. 10  Bu masalada o‘z fikrimni aytmoqchiman+: bu ish sizlarning foydangiz uchundir, axir bundan bir yil avval buni bajarishni istabgina qolmay, hatto boshlab ham qo‘ygan edingizlar. 11  Shunday ekan, katta istak va tayyorlik bilan boshlab qo‘ygan bu ishingizni, qurbingiz yetganicha bitirishga harakat qilinglar. 12  Chin qalbdan berilgan ehson Allohga ma’quldir, zero Alloh insondan unda yo‘q narsani emas, bor narsani kutadi+. 13  Men boshqalarga yengil, sizlarga esa qiyin bo‘lishini xohlamayman. 14  Aksincha, muvozanat saqlanishi uchun sizlarda mo‘l-ko‘l bo‘lgan narsa ularning yetishmovchiligini, ularda mo‘l-ko‘l bo‘lgan narsa esa sizlarning yetishmovchiligingizni to‘ldirishini istardim. 15  Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Ko‘p yiqqanniki ortib qolmadi, oz yiqqanniki esa yetmay qolmadi»+. 16  Sizlarga shunday g‘amxo‘rlik qilish istagini Titusning+ diliga solgan Xudoga shukurlar bo‘lsin. 17  Iltimosimiz unga ma’qul tushgani rost, ammo uning o‘zi ham buni bajarishga xohish bildirib, o‘z ixtiyori bilan yoningizga bormoqchi. 18  U bilan birgalikda, xushxabar uchun qilgan ishlari tufayli barcha jamoatlar orasida maqtovga sazovor bo‘lgan birodarni yuboryapmiz. 19  Bu birodar ehsonni taqsimlash ishida bizga hamrohlik qilishi uchun jamoatlar tomonidan tayinlangan. Biz buni Hazratimizni* ulug‘lash va boshqalarga yordam berish istagimiz borligini isbotlash uchun qilyapmiz. 20  Shu yo‘sinda, saxiylik bilan qilingan moddiy yordamni taqsimlash ishimizdan+ biror kim ayb topmasin deb, ehtiyot bo‘lamiz. 21  Axir biz «bu ishni faqatgina Yahovaning* nazarida emas, balki odamlarning oldida ham halollik bilan bajarishga intilyapmiz»+. 22  Bundan tashqari, ular bilan yana bitta birodarimizni yuboryapmiz. Biz uni ko‘p marta sinab, ancha ishlarda tirishqoq ekaniga amin bo‘ldik, endi esa sizlarga qattiq ishongani uchun u yanada ko‘proq tirishqoqlik ko‘rsatyapti. 23  Agar Titus borasida biror shubhangiz bo‘lsa, bilib qo‘yinglarki, u sizlarning manfaatingiz uchun xizmat qilayotgan mening sherigim va hamkorimdir. Boshqa birodarlarimizdan shubhangiz bo‘lsa, ular jamoatlarning elchilari hamda Masihga sharaf keltiruvchilardir. 24  Shunday ekan, ularni chindan ham sevishiningizni isbotlab+, biz sizlar bilan bekorga maqtanmaganimizni jamoatlarga ko‘rsatinglar.

Izohlar

Yoki «Rabbimizni», yun. Kirios.