Rimliklarga 5:1-21

  • Masih orqali Xudo bilan yarashish (1-11)

  • Odamato orqali o‘lim, Masih orqali hayot (12-21)

    • Gunoh va o‘lim hammaga o‘tdi (12)

    • Oqlanishga olib keladigan bitta xatti-harakat (18)

5  Imonimiz tufayli odil deb e’lon qilingan ekanmiz+, Hazratimiz Iso Masih orqali Alloh bilan tinch munosabatlarni saqlaylik*+.  Masih orqali imonimiz yordamida hozir biz ega bo‘lgan inoyatga yo‘l ochildi+. Shunday ekan, Xudoning ulug‘vorligiga erishish umididan quvonaylik*.  Nafaqat bundan, balki qayg‘u-alamlarda ham shod bo‘laylik*+. Boisi, qayg‘u-alamlar sabr-bardoshni+,  sabr-bardosh Allohning roziligini+, Uning roziligi umidvorlikni hosil qilishini bilamiz+.  Umid bo‘lsa ko‘ngil qolishiga olib kelmaydi+, chunki bizga ato etilgan muqaddas ruh orqali Xudoning sevgisi qalbimizni to‘ldirdi+.  Biz hali gunohkor* bo‘lganimizda+, Masih belgilangan vaqtda gunohkor insonlar uchun o‘ldi.  Odil kishi uchun biror kimsaning o‘lishi amrimahol, yaxshi odam uchun esa balki o‘lishga kimningdir yuragi dov berar.  Lekin Alloh bizga O‘z sevgisini biz hali gunohkor bo‘lganimizda, Masih biz uchun vafot etgani bilan ko‘rsatdi+.  Demak, Masihning qoni orqali odil deb e’lon etilgan ekanmiz+, u orqali Xudoning g‘azabidan qutulishimiz ham shubhasizdir+. 10  Agar dushman bo‘la turib, O‘g‘lining o‘limi orqali Tangri bilan yarashgan bo‘lsak+, unda hozir, ya’ni yarashgandan so‘ng O‘g‘lining hayoti vositasida najot topishimiz aniq. 11  Ammo bu hali hammasi emas, chunki bizni Alloh bilan yarashtirgan Hazratimiz Iso Masih orqali Xudo bilan bo‘lgan munosabatlarimiz uchun ham quvonyapmiz+. 12  Negaki, bitta odam dastidan dunyoda gunoh paydo bo‘ldi, gunoh orqali esa o‘lim+. Shu tariqa o‘lim barcha insonlarga o‘tdi, demak ularning barchasi gunoh qilgan+. 13  Axir gunoh dunyoda Tavrotdan avval bor edi, lekin qonun bo‘lmasa, gunoh hisobga o‘tmaydi+. 14  Bunga qaramay, o‘lim Odamatodan Musogacha, hatto Odamato singari gunoh qilmaganlar ustidan ham hukmronlik qilib kelgan. Aslida Odamato kelajakda keladigan zotga o‘xshash edi+. 15  Biroq in’omning natijasi aybning natijasi kabi emas. Agar bir kishining aybi dastidan ko‘plar o‘lgan bo‘lsa, bitta inson — Iso Masih orqali ko‘pchilik Tangrining inoyatidan bahramand bo‘ldi+. Bu inoyatga qo‘shib berilgan Uning in’omi esa, ko‘plab odamlarga tengi yo‘q foyda keltirdi+. 16  Ustiga-ustak, in’omning va bir kishi qilgan gunohning+ natijalari turlicha. Chunki bitta aybning oqibati hukm etilish bilan tugasa+, in’omning natijasi esa ko‘p ayblarga qaramay odil deb e’lon etilishga olib keladi+. 17  Agar bitta odamning aybi tufayli o‘lim boshqarib kelgan bo‘lsa+, unda Xudoning inoyatini va odillik in’omini+ mo‘l-ko‘l olayotganlar bir inson, ya’ni Iso Masih orqali hayotga ega bo‘lib+, shohlik qilishadi+. 18  Xullas, bitta ayb dastidan har turli insonlar hukm etilgan bo‘lishsa+, xuddi shunday oqlanishga olib kelgan bitta xatti-harakat tufayli har turli insonlar+ hayot uchun odil deb e’lon qilinadilar+. 19  Bitta odamning itoatsizligi ko‘pchilikni gunohkor qilib qo‘ygani singari+, bitta insonning itoatkorligi ko‘plarni odil qiladi+. 20  Tavrot bo‘lsa ayblarning ko‘pligi ravshan bo‘lishi uchun keyinchalik paydo bo‘ldi+. Lekin gunoh ko‘p bo‘lgan joyda, inoyat undan ham ko‘proq bo‘lgan. 21  Nima maqsadda? Gunoh bilan o‘lim hukmronlik qilganidek+, Hazratimiz Iso Masih yordamida abadiy hayotga yetaklaydigan odillik orqali inoyat ham hukm sursin+.

Izohlar

Boshqa variant «Alloh bilan tinchlikda yashayapmiz».
Boshqa variant «quvonyapmiz».
Boshqa variant «shodmiz».
Yoki «zaif».