Rimliklarga 14:1-23

  • Bir-biringizni hukm qilmang (1-12)

  • Boshqalarni qoqintirmang (13-18)

  • Tinchlik va mustahkamlash payida bo‘lish (19-23)

14  Imoni zaif bo‘lganlarga yaxshi muomala qilib+, shaxsiy qarorlari* uchun ularni hukm qilmanglar.  Birovning imoni har narsani yeyishga yo‘l qo‘yadi, imoni zaif kishi esa faqat sabzavot yeydi.  Shuning uchun, yeydigan kishi yemaydiganni kamsitmasin, shu singari, yemaydigan kishi ham yeydiganni hukm qilmasin+, chunki Alloh uni ham qabul qilgan.  Siz kim bo‘libsizki, o‘zganing xizmatkorini hukm qilasiz?+ U turadimi yoki yiqiladimi, buni xo‘jayini hal qiladi+. U kishi oyoqga turg‘iziladi, chunki Yahova* uni turg‘izishga qodir.  Kimdir bir kunni boshqasidan ustun qo‘yadi+, birov uchun esa hamma kunlar barobar+. Har kim o‘z fikrida amin bo‘lsin.  Kimdir muayyan kunga rioya qilsa, Yahovani* sharaflash niyatida rioya qiladi. Yeydigan ham Yahovaga* sharaf keltirish maqsadida yeydi, chunki Xudoga shukrona aytadi+. Yemaydigan ham Yahovani* sharaflash uchun yemaydi va baribir Allohga minnatdorchilik bildiradi+.  Hech birimiz o‘zimizni deb yashamaymiz+ va hech birimiz o‘zimizni deb o‘lmaymiz.  Yashasak ham Yahova* uchun yashaymiz+, o‘lsak ham Yahova* uchun o‘lamiz. Shu bois, yashasak ham, o‘lsak ham Yahovaga* tegishlimiz+.  Ana shu sababli Masih ham o‘lig-u tiriklarning Hazrati bo‘lish uchun o‘lib, tirildi+. 10  Unda nega birodaringizni hukm qilasiz?+ Yoki nima uchun uni kamsityapsiz? Axir barchamiz Tangrining hakamlik kursisi qarshisida turamiz-ku+. 11  Muqaddas Yozuvlarda shunday deyilgan: «Hayotim bilan qasam ichib aytamanki+, — demoqda Yahova* — har bir kishi oldimda tiz cho‘kib, barcha tillar Alloh ekanimni ochiq tan oladi»+. 12  Xullas, har birimiz o‘zimiz uchun Xudoga hisobot beramiz+. 13  Bundan buyon bir-birimizni hukm qilmaylik+. Yaxshisi, birodaringiz oldiga qoqintiradigan tosh qo‘ymaslikka va uni haqiqat yo‘lidan adashtirmaslikka qaror qilinglar+. 14  Hazrati Isoning izdoshi sifatida bilaman va aminmanki, hech narsa o‘z-o‘zidan harom emas+. Faqat biror narsani harom hisoblagan kishi uchun o‘sha narsa haromdir. 15  Agar yegulik dastidan birodaringizni xafa qilsangiz, unda mehr-muhabbatga muvofiq yo‘l tutmagan bo‘lasiz+. Masih bu odam uchun o‘lgan, uni yegulik bilan halokatga yo‘liqtirmang+. 16  Qilayotgan yaxshi ishlaringizni yomonlashlariga yo‘l qo‘ymanglar. 17  Zero Xudoning Shohligi yegulik va ichkilikni emas+, aksincha, muqaddas ruh bergan odillik, tinchlik va quvonchni anglatadi. 18  Kimki shu tarzda Masihga xizmat qilsa, Tangrining va odamlarning ko‘nglini topadi. 19  Shuning uchun kelinglar, tinchlik keltiradigan+ va bir-birimizni mustahkamlashga ko‘maklashadigan narsalar payida bo‘laylik+. 20  Yegulikni deb Xudoning ishini buzishni bas qiling+. Aslida hamma narsa haloldir, ammo inson yegan narsasi bilan birovni qoqintirsa, bu yomondir+. 21  Undan ko‘ra go‘sht yemagan, sharob ichmagan yoki birodaringizni qoqintiradigan biron ish qilmagan ma’qul+. 22  Imoningizni Xudo bilan sizning orangizdagi narsadek saqlang. Biror qarorga kelib, bu uchun o‘zini hukm qilmagan odam baxtiyordir. 23  Ammo shubhalanib yesa, u allaqachon hukm etilgan, chunki u imoniga muvofiq yo‘l tutmadi. Imonga muvofiq bo‘lmagan har bir narsa esa gunohdir.