Luqo 3:1-38

  • Yahyo xizmatini boshlaydi (1, 2)

  • Yahyo suvga cho‘mishga undaydi (3-20)

  • Iso suvga cho‘mdiriladi (21, 22)

  • Iso Masihning nasabnomasi (23-38)

3  Shoh* Tiberiy hukmronligining 15- yilida, Pontiy Pilat Yahudiyada, Hirod* esa Jalila viloyatida hokimlik qilayotganida+, uning akasi Filip Itureya va Traxonit viloyatlarini, Lisaniy bo‘lsa Avilina viloyatini boshqarayotgandi.  Kayafa oliy ruhoniy, Hanan esa bosh ruhoniy lavozimida edi+. O‘sha paytda sahroda+ Zakariyoning o‘g‘li Yahyoga Xudodan bir xabar keldi+.  Shundan so‘ng Yahyo Iordan daryosi atrofidagi barcha yurtlarni aylanib, odamlarga gunohlari kechirilishi uchun tavba qilib suvga cho‘mish kerakligini va’z eta boshladi+.  Aynan Ishayo payg‘ambarning kitobida yozilganidek: «Sahroda kimdir bunday deya jar solmoqda: “Yahovaga* yo‘l hozirlanglar! Uning yo‘llarini tekislanglar+.  Barcha pastliklar to‘ldirilsin, tog‘lar-u tepaliklar pasaytirilsin, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llar to‘g‘rilansin, egri-bugri yo‘llar esa tekis bo‘lsin.  Shunda butun odamzod Alloh beradigan najotni ko‘radi”»+.  Uning oldiga suvga cho‘mish uchun kelayotganlarga Yahyo shunday derdi: «Voy ilonlar zoti-yey, kelayotgan Allohning g‘azabidan qochib qutulishingizni sizlarga kim uqtirdi?+  Shunday ekan, tavbaga yarasha hosil beringlar. O‘zingizcha: “Biz Ibrohimning farzandlarimiz”,— deb o‘ylamanglar. Sizlarga shuni aytib qo‘yay, Tangri mana shu toshlardan Ibrohimga zurriyot yaratishga qodir.  Ana, daraxtlarning tomirini chopish uchun bolta ham tayyor turibdi. Yaxshi hosil bermaydigan har qanday daraxt chopilib, olovga tashlanadi»+. 10  Shunda xaloyiq Yahyodan: «Unday bo‘lsa, nima qilishimiz kerak?» — deya so‘radi. 11  Ularga javoban Yahyo shunday dedi: «Kimda bir juft kiyimi bo‘lsa, bittasini kiyimi yo‘qga bersin. Yeydigan narsasi bor bo‘lgan odam ham shunday qilsin»+. 12  Hatto soliqchilar ham uning yoniga suvga cho‘mish uchun kelib+: «Ustoz, biz nima qilaylik?» — deb savol berishdi. 13  Yahyo esa ularga dedi: «Belgilangan soliqdan ortig‘ini talab qilmanglar»+. 14  Askarlar ham: «Biz-chi, nima qilishimiz kerak?» — deya so‘rashdi. Yahyo bo‘lsa ularga shunday javob berdi: «Hech kimga zulm o‘tkazmanglar va birovni nohaq ayblamanglar+. Xizmat haqingizga qanoat qilinglar». 15  Xalq Masihning kelishini kutayotgani uchun, Yahyo haqida: «Masih shu emasmikin?»+ — deb fikr yuritardi. 16  Ana shu sababdan, Yahyo ularga dedi: «Men sizlarni suvga cho‘mdiryapman. Ammo ortimdan kelayotgan mendan kuchliroqdir, men sandallarining bog‘ichini yechishga ham arzimayman+. U sizlarni muqaddas ruh va olovga cho‘mdiradi+. 17  Uning qo‘lida sovuradigan kuragi bor. U xirmonini butunlay tozalab, bug‘doyini omborga yig‘adi, somonini esa so‘nmas o‘tda yondiradi». 18  Yahyo yana ko‘p nasihat berar va xalqga xushxabarni va’z etardi. 19  Ammo viloyat hokimi Hirod, akasining xotini Hirodiya tufayli va barcha qilgan yomon ishlari uchun Yahyodan tanbeh olgani sababli, 20  gunohiga gunoh orttirib, Yahyoni qamoqga tashladi+. 21  Butun xalq suvga cho‘mdirilayotgan paytda, Iso ham suvga cho‘mdirildi+ va ibodat qilib turganida, osmon ochilib ketdi+. 22  Shunda muqaddas ruh kaptar jismini olib, uning ustiga tushdi va osmondan: «Sen Mening sevikli O‘g‘limsan, sendan mamnunman»,— degan sado keldi+. 23  Iso+ xizmatini boshlaganida, taxminan 30 yoshda+ edi.Uni Yusufning o‘g‘li+ deb hisoblashardi.Yusuf Elining o‘g‘li edi, 24  Eli Mattotning,Mattot Levining,Levi Malkiyning,Malkiy Yanayning,Yanay Yusufning o‘g‘li edi. 25  Yusuf Mattatiyoning,Mattatiyo Amosning,Amos Nahumning,Nahum Heslining,Hesli Nagayning o‘g‘li edi. 26  Nagay Mahatning,Mahat Mattatiyoning,Mattatiyo Shimeyning,Shimey Yo‘sehning,Yo‘seh Yo‘doning o‘g‘li edi. 27  Yo‘do Yohananning,Yohanan Rezoning,Rezo Zarubabelning+,Zarubabel Shaltiyolning+,Shaltiyol Neriyning o‘g‘li edi. 28  Neriy Malkiyning,Malkiy Addiyning,Addiy Qosamning,Qosam Elmodamning,Elmodam G‘urning o‘g‘li edi. 29  G‘ur Yoshuaning,Yoshua Eliazarning,Eliazar Yorimning,Yorim Mattotning,Mattot Levining o‘g‘li edi. 30  Levi Shimo‘nning,Simo‘n Yahudoning,Yahudo Yusufning,Yusuf Yunamning,Yunam Eliyaqimning o‘g‘li edi. 31  Eliyaqim Maliyoning,Maliyo Mannoning,Manno Mattatoning,Mattato Natanning+,Natan Dovudning+ o‘g‘li edi. 32  Dovud Essayning+,Essay Obidning+,Obid Bozning+,Boz Salmo‘nning+,Salmo‘n Naxsho‘nning+ o‘g‘li edi. 33  Naxsho‘n Ominadovning,Ominadov Romning,Rom Xazronning,Xazron Parazning+,Paraz Yahudoning+ o‘g‘li edi. 34  Yahudo Yoqubning+Yoqub Is’hoqning+,Is’hoq Ibrohimning+,Ibrohim Terahning+,Terah Naxo‘rning+ o‘g‘li edi. 35  Naxo‘r Sarug‘ning+,Sarug‘ Ravuning+,Ravu Palaxning+,Palax Ibirning+,Ibir Sheloning+ o‘g‘li edi. 36  Shelo Xenanning,Xenan Arpaxshodning+,Arpaxshod Somning+,Som Nuhning+,Nuh Lamexning+ o‘g‘li edi. 37  Lamex Matushalohning+,Matushaloh Xano‘xning,Xano‘x Yoredning+,Yored Maxaliyolning+,Maxaliyol Xenanning+ o‘g‘li edi. 38  Xenan Eno‘shning+,Eno‘sh Shisning+,Shis Odamatoning+, Odamato Xudoning o‘g‘li edi.

Izohlar

Ya’ni Hirod Antipa. Lug‘atga q.
Yoki «qaysar». Yun. sezar.