Luqo 22:1-71

  • Isoni o‘ldirish rejasi (1-6)

  • Fisih bayramiga tayyorgarlik (7-13)

  • Qutlug‘ Kechlik joriy etiladi (14-20)

  • «Men bilan birga xontaxta atrofida xoin ham bor» (21-23)

  • Kim buyuk deb hisoblanishi to‘g‘risida bahs (24-27)

  • Isoning Shohlik ahdi (28-30)

  • Butrusning Isodan tonishi haqida bashorat (31-34)

  • Tayyorgarlik ko‘rish; ikkita qilich (35-38)

  • Isoning Zaytun tog‘idagi ibodati (39-46)

  • Iso hibsga olinadi (47-53)

  • Butrus Isodan tonadi (54-62)

  • Isoni masxara qilishadi (63-65)

  • Oliy Kengash qarshisida (66-71)

22  Fisih deb atalmish Xamirturushsiz non bayrami*+ yaqinlashayotgan edi+.  Bosh ruhoniylar va ulamolar Isodan qanday qutulsak ekan, deb o‘ylashardi+. Ammo ular xalqdan qo‘rqishardi+.  Shunda 12 shogirddan biri bo‘lgan Yahudo Ishqariyotning ichiga Shayton kirib oldi+.  U bosh ruhoniylar va ma’bad nazoratchilarining oldiga borib, Isoni tutib berish yo‘lini ular bilan kelishib oldi+.  Ular xursand bo‘lib Yahudoga kumush tangalar berishni va’da qilishdi+.  U rozi bo‘lib, xalq Isoning yonida bo‘lmagan paytda uni tutib berish uchun qulay fursatni poylab yurdi.  Fisih qurbonligi keltiriladigan Xamirturushsiz non bayramining birinchi kuni ham keldi+.  Iso Butrus bilan Yuhannoni jo‘natib, ularga: «Boringlar, Fisih taomini yeyishimiz uchun tayyorgarlik ko‘ringlar»+,— dedi.  Ular esa undan so‘rashdi: «Uni qayerda tayyorlashimizni istaysiz?» 10  Iso ularga dedi: «Shaharga kirganingizda, sopol idishda suv olib ketayotgan kishini uchratasizlar. U qaysi uyga kirsa, uning orqasidan borib+, 11  o‘sha uy egasiga aytinglar: “Ustozimiz sizdan: “Shogirdlarim bilan Fisih taomini yeyishimiz uchun mehmonlarga atalgan xona qaysi?” — deb so‘rayapti”. 12  O‘shanda u sizlarga katta boloxonani ko‘rsatadi, u yerda kerakli narsalar bo‘ladi. O‘sha joyda hozirlik ko‘ringlar». 13  Shogirdlari borishdi va barcha narsa Iso ularga aytganidek yuz berdi. Ular Fisih taomini tayyorlashdi. 14  Nihoyat o‘sha vaqt keldi va Iso havoriylari bilan birga xontaxta atrofida yonboshladi+. 15  Shunda Iso ularga quyidagilarni aytdi: «Boshimga tushadigan azoblardan oldin sizlar bilan mana shu Fisih taomini yeyishni juda orzu qilgandim. 16  Sizlarga aytib qo‘yay, shu taomga taalluqli bo‘lgan barcha narsalar Xudoning Shohligida amalga oshmaguncha men uni boshqa yemayman». 17  Keyin kosani oldi-da, Allohga shukrona aytib, shunday dedi: «Uni olinglar-da, bir-biringizga uzatinglar. 18  Shuni bilib qo‘yinglarki, Xudoning Shohligi kelmaguncha, men sharob ichmayman». 19  Bundan so‘ng u nonni+ oldi-da, Tangriga shukrona aytdi. Nonni sindirgach, shogirdlariga berib, shunday dedi: «Bu sizlar uchun fido qilinadigan+ tanamni bildiradi+. Buni meni eslab turish uchun qilinglar»+. 20  Xuddi shunday kechki ovqatdan keyin kosani olib, shularni aytdi: «Bu kosa, sizlar uchun to‘kiladigan+ qonim asosida kuchga kiradigan+ yangi ahdni+ anglatadi. 21  Lekin men bilan birga xontaxta atrofida xoin ham bor+. 22  Ha, Inson O‘g‘li belgilangan yo‘ldan ketyapti+. Ammo unga xiyonat qiladiganning holiga voy!»+ 23  Shu payt shogirdlar, bunday qilishga kimning haddi sig‘ar ekan, deya o‘zaro muhokama qilishga tushishdi+. 24  Shundan keyin, oralarida kim buyuk deb hisoblanishi kerakligi to‘g‘risida qattiq bahs-munozara ko‘tarildi+. 25  Biroq Iso ularga quyidagicha dedi: «Shohlar xalqlar ustidan hukmronlik qilishadi. Xalqlarni boshqarishga huquqi borlarni valine’mat deb atashadi+. 26  Sizlar bo‘lsa ularga o‘xshamanglar+. Orangizda kim buyuk bo‘lishni istasa, o‘zini past olsin+ va boshqaruvchi bo‘lishni xohlasa, xizmatkor bo‘lsin. 27  Kim buyuk: xontaxta atrofida yonboshlaganmi yoki xizmat qilayotganmi? Yonboshlagan emasmi? Men esa oralaringizda xizmat qiluvchidayman+. 28  Biroq sinovlarga duch kelganimda+ sizlar men bilan bo‘lgansizlar+. 29  Shunday ekan, Otam Shohlik qilishim uchun men bilan ahd qilganidek, men ham sizlar bilan ahd qilyapman+. 30  Shunda sizlar Shohligimda dasturxonimdan yeb-ichasizlar+ va taxtlarga o‘tirib+, Isroilning 12 qabilasini hukm qilasizlar+. 31  Simun, Simun! Shayton hammangizni bug‘doy kabi g‘alvirdan o‘tkazishni talab qildi+. 32  Lekin men siz uchun yolvorib, imoningiz susaymasligini Xudodan tiladim+. Siz esa tavba qilganingizdan keyin, birodarlaringizni qo‘llab-quvvatlang»+. 33  Butrus bo‘lsa Isoga: «Hazratim, siz bilan qamoqda o‘tirishga ham, o‘lishga ham tayyorman»+,— deb aytdi. 34  Ammo Iso unga shunday dedi: «Sizga aytib qo‘yay, Butrus, bugun xo‘roz qichqirmasdanoq siz mendan uch marta tonasiz»+. 35  Shuningdek, Iso ulardan so‘radi: «Sizlarni hamyonsiz, yegulik solingan to‘rvasiz, sandalsiz jo‘natganimda+, biron-bir narsaga muhtoj bo‘lganmidingiz?» Ular: «Yo‘q!» — deyishdi. 36  Keyin Iso ularga quyidagilarni aytdi: «Bundan buyon kimning hamyoni va yegulik solingan to‘rvasi bo‘lsa, o‘zi bilan olsin. Shuningdek, qilichi bo‘lmagan kishi ustki kiyimini sotib, qilich olsin. 37  Sizlarga aytib qo‘yay, Muqaddas Yozuvlardagi: “U jinoyatchilar qatorida sanaldi”+,— deb aytilgani menda bajo bo‘lishi kerak. Chunki men haqimda yozilgani amalga oshyapti»+. 38  So‘ng shogirdlar unga: «Hazrat, bu yerda ikkita qilich bor»,— deyishdi. Iso ularga: «Buning o‘zi yetarli»,— dedi. 39  O‘sha yerdan chiqib, Iso odatdagidek Zaytun tog‘iga yo‘l oldi. Shogirdlari ham orqasidan ketishdi+. 40  U yerga yetib kelgach, Iso shogirdlariga: «Vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar»+,— deb aytdi. 41  O‘zi esa ulardan bir tosh otar masofa nariga o‘tib, tiz cho‘kib shunday deya ibodat qila boshladi: 42  «Otajon, agar istasang bu kosani* mendan uzoqlashtir. Lekin men xohlagandek emas, Sen xohlagandek bo‘lsin»+. 43  Shunda osmondan farishta tushib, uni qo‘llab-quvvatladi+. 44  Iso bo‘lsa ich-ichidan ezilib, jon-jahdi bilan ibodat qilishda davom etdi+. Uning teri qonga aylanib yerga toma boshladi. 45  Ibodat qilib bo‘lgandan so‘ng, Iso shogirdlari yoniga qaytdi. Ularni qayg‘udan charchab uxlab yotgan holda ko‘rdi+. 46  Ularga: «Nega uxlayapsizlar? Turinglar endi, vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar»+,— dedi. 47  Iso bu gaplarni tugatmasidan, 12 shogirddan biri Yahudo ancha odamlarni boshlab keldi. U Isoni o‘pmoqchi bo‘lib unga yaqinlashdi+. 48  Iso esa unga: «Yahudo, Inson O‘g‘liga o‘pich bilan xiyonat qilyapsizmi?» — dedi. 49  Isoning yonida bo‘lganlar nima yuz berishini payqab, shunday deyishdi: «Hazrat, qilichni ishga solaylikmi?» 50  Ulardan bittasi esa oliy ruhoniy xizmatkorining o‘ng qulog‘ini kesib tashladi+. 51  Ammo Iso javoban: «Bo‘ldi, yetar!» — dedi va xizmatkorning qulog‘iga qo‘lini tekkizib, uni sog‘aytirdi. 52  So‘ng Iso, uni tutib olishga kelgan bosh ruhoniylar, ma’bad nazoratchilari va oqsoqollarga dedi: «Men sizlarga qaroqchimidimki, qilich-u tayoq ko‘tarib kelibsizlar?+ 53  Har kuni sizlar bilan birga ma’badda bo‘lganimda+ meni hibsga olmagan edingiz-ku+. Biroq hozir sizlarning davringiz va zulmat hukm surayotgan vaqtdir»+. 54  Shunda ular Isoni hibsga olib+, oliy ruhoniyning uyiga yetaklab borishdi. Butrus ham muayyan masofada orqalaridan ergashib ketdi+. 55  Odamlar hovli o‘rtasida gulxan yoqib o‘tirishganda, Butrus ular bilan birga o‘tirdi+. 56  Bir cho‘ri Butrusning gulxan oldida o‘tirganini ko‘rdi-da, unga tikilib: «Bu odam ham u bilan birga edi»,— deb aytdi. 57  Lekin Butrus inkor etib: «Men uni tanimayman»*,— dedi. 58  Bir oz vaqt o‘tib boshqa kishi unga: «Siz ham ulardan birisiz»,— dedi. Ammo Butrus unga ham: «Yo‘g‘-e, unday emas!»+ — dedi. 59  Taxminan bir soat o‘tgach, yana kimdir: «Bu kishi aniq u bilan birga edi, axir u jalilalik-ku!» — deb turib oldi. 60  Biroq Butrus unga rad javobini berib: «Nimalar deyapsiz, tushunmayapman»,— deb aytdi. U hali gapini tugatmasidan, xo‘roz qichqirdi 61  va Hazratimiz o‘girilib Butrusga qaradi. Shunda Butrus Hazratimizning: «Bugun xo‘roz qichqirmasdanoq siz mendan uch marta tonasiz»+,— degan gaplarini esladi. 62  So‘ng tashqariga chiqib, achchiq-achchiq yig‘ladi. 63  Isoni qo‘riqlab turgan kishilar uni masxara qilib+, ura boshlashdi+. 64  Uning yuzini berkitib: «Payg‘ambar bo‘lsang ayt-chi, seni kim urdi?» — deb so‘rashardi. 65  Shuningdek, unga ko‘p haqoratli so‘zlarni aytishardi. 66  Tong otgach, xalq oqsoqollari — bosh ruhoniylar va ulamolar to‘planishdi+. Isoni Oliy Kengashga* yetaklab kelishganda, ular unga: 67  «Masih bo‘lsang, bizlarga ochig‘ini ayt»+,— deyishdi. Biroq Iso ularga shunday dedi: «Aytganim bilan baribir ishonmaysizlar. 68  Sizlarga savol bersam ham javob qaytarmaysizlar. 69  Lekin bundan buyon Inson O‘g‘li+ Qodir Allohning o‘ng tomonida o‘tiradi»+. 70  Shunda hammasi undan so‘radi: «Demak, sen Xudoning O‘g‘li ekansan-da?» Iso javob berib dedi: «O‘sha men ekanimni o‘zlaringiz aytyapsizlar». 71  Ular: «Bizga yana qanday shahodat kerak? Axir o‘z og‘zi bilan aytganini eshitdik-ku»+,— deb aytishdi.

Izohlar

«Kosa» so‘zi ramziy ma’noda Iso, Xudoning irodasi bilan soxta guvohlarning haqoratiga qolib, o‘lishini bildiradi.
So‘zma-so‘z «Ey ayol, men uni tanimayman».
Yun. Sinedrion. Lug‘atga q.