Kolosaliklarga 4:1-18

  • Xo‘jayinlarga maslahat (1)

  • Ibodatda sabotli bo‘lish (2-4)

  • Jamoatga tegishli bo‘lmaganlar bilan oqilona yo‘l tutish (5, 6)

  • Xayrlashuv so‘zlari (7-18)

4  Siz xo‘jayinlar, osmonda ham Xo‘jayingiz borligini bilgan holda qullaringiz bilan adolatli va to‘g‘ri yo‘l tutinglar+.  Ibodatda sabotli+ va hushyor bo‘lib, shukronalar aytinglar+.  Shu bilan birgalikda biz haqimizda ham ibodat qilinglar+. Toki Xudo Uning kalomini aytishimiz va Masih to‘g‘risidagi muqaddas sirni e’lon etishimiz uchun bizga eshik ochib bersin. Aynan shu sababli meni kishanlab qo‘yishgan+.  Bu sirni o‘rinli tarzda oshkor etishim uchun ibodat qilinglar.  Jamoatga tegishli bo‘lmaganlar bilan oqilona yo‘l tutib, fursatni boy bermanglar*+.  So‘zlaringiz doimo yoqimli va mazali* bo‘lsin+. Shunda har bir kishiga qanday javob berish kerakligini bilasizlar+.  Men haqimdagi bor yangiliklarni aziz birodarim, Hazratimizning ishonchli xizmatchisi va xizmatdoshim Tixik+ sizlarga aytib beradi.  Ahvolimizni sizlarga bildirsin va yuraklaringizga tasalli bersin, degan maqsadda uni yoningizga jo‘natyapman.  U bilan birgalikda hamyurtingiz bo‘lgan ishonchli va aziz birodarim O‘nisimni+ yuboryapman. Ular sizlarni bu yerda nima yuz berayotganidan xabardor qilishadi. 10  Men bilan birga qamoqga olingan Aristarx+ hamda Barnaboning jiyani Mark+ (oldingizga kelganida, uni sevinch bilan qabul qilishingiz kerakligi haqida sizlarga yo‘l-yo‘riq berilgan edi)+ sizlarga salom yo‘llashyapti. 11  Shuningdek, Yustus deb atalgan Iso ham sizlarga salom aytyapti. Ular sunnat qilinganlardan bo‘lib, Xudoning Shohligi yo‘lida yagona hamkorlarimdir. Ular menga yaxshigina tasalli berishgan. 12  Yurtdoshingiz bo‘lgan Iso Masihning quli Epafras+ ham sizlarga salom aytib yuboryapti. Oxirigacha yetuk bo‘lishingiz va Allohning irodasiga ishonchingiz komil bo‘lishi uchun u doimo jon kuydirib ibodat qilyapti. 13  U sizlar, Laodikiyadagilar hamda Ierapoldagilar uchun ko‘p mehnat qilayotganiga o‘zim shohidman. 14  Sevikli tabib Luqo+ hamda Dimas+ sizlarga salom yo‘llayaptilar. 15  Laodikiyadagi birodarlarga, shuningdek, Nimfa va uning uyida yig‘ilayotgan jamoatga salom aytinglar+. 16  Bu maktubim sizlarda o‘qib berilgandan so‘ng, Laodikiyadagi jamoatda ham o‘qilishiga g‘amxo‘rlik qilinglar+. Laodikiyadan kelgan maktubni esa sizlar o‘qinglar. 17  Arxippga+ ham: «Hazratimizdan qabul qilgan xizmatni munosib ravishda bajarishga diqqatli bo‘l»,— deb aytib qo‘yinglar. 18  Men Pavlus, bu salomimni o‘z qo‘lim bilan yozyapman+. Kishanlab qo‘yilganimni+ esdan chiqarmanglar. Xudoning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.

Izohlar

So‘zma-so‘z «belgilangan vaqtni sotib olinglar».
So‘zma-so‘z «tuz qo‘shilgan».