Chiqish 6:1-30

  • Ozodlik haqidagi va’da takrorlanadi (1-13)

    • «Yahova degan ismimni ularga to‘liq oshkor etmagan edim» (2, 3)

  • Muso va Horunning nasabnomasi (14-27)

  • Muso yana fir’avn huzuriga kiradi (28-30)

6  Shunda Yahova Musoga: «Fir’avn bilan nima qilishimni endi ko‘rasan+. Qudratli qo‘lim bilan xalqimni qo‘yib yuborishga, hatto o‘z yurtidan haydab chiqarishga uni majbur qilaman»+,— dedi.  Keyin Xudo Musoga yana shularni aytdi: «Men Yahovaman.  Men Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga Qodir Tangri sifatida zohir bo‘lgandim+, ammo Yahova degan ismimni+ ularga to‘liq oshkor etmagan edim+.  Ularga o‘zlari musofir bo‘lib yashagan Kan’on yurtini beraman, deb ular bilan ahdlashgan edim+.  O‘sha ahdim yodimda+. Misrliklar qul qilib olgan Isroil xalqining faryodini eshityapman.  Shu bois, Isroil xalqiga shunday deb ayt: “Men Yahovaman, sizlarni misrliklarning jabr-u zulmidan xalos etib, qullikdan ozod qilaman+. Misr yurti ustidan buyuk hukmlarimni amalga oshirib, sizlarni qudratli qo‘lim bilan qutqarib olaman+.  Men sizlarni O‘zimning xalqim qilib, Xudoyingiz bo‘laman+. O‘shanda sizlarni misrliklarning jabr-u zulmidan ozod etgan Men, Tangringiz Yahova ekanimni bilib olasizlar.  Men Ibrohimga, Is’hoqga va Yoqubga qasam ichib*, va’da qilgan yurtni sizlarga beraman va sizlar u yurtga egalik qilasizlar+. Men Yahovaman”+».  Muso esa bu xabarni Isroil xalqiga yetkazdi, biroq ular tushkun ahvolda bo‘lishgani uchun va qullik mashaqqati dastidan Musoning gaplariga quloq solishmadi+. 10  Shunda Yahova Musoga: 11  «Misr shohiga, fir’avnga borib ayt, isroilliklarni o‘z yurtidan qo‘yib yuborsin»,— dedi. 12  Biroq Muso Yahovaga javoban: «Isroil xalqi menga quloq solmayapti-yu+, fir’avn menga quloq solarmidi? Axir men gapirishga qiynalaman-ku»+,— deb aytdi. 13  Lekin Yahova Isroil xalqini Misr yurtidan olib chiqish uchun Muso va Horun bilan gaplashib, ular orqali Misr shohi, ya’ni fir’avnga hamda Isroil xalqiga buyruqlar berib turdi. 14  Ularning qabila boshlari quyidagilar: Isroilning to‘ng‘ichi bo‘lmish Rubenning+ o‘g‘illari: Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi+. Bular Rubenning avlodlaridir. 15  Shimo‘nning o‘g‘illari: Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo‘xar va kan’onlik ayoldan tug‘ilgan Shovul+. Bular Shimo‘nning avlodlaridir. 16  Levi+ o‘g‘illarining ismlari shunday: Gershon, Qohot va Marori+. Ulardan ularning nasllari kelib chiqqan. Levi 137 yil umr ko‘rgan. 17  Gershonning o‘g‘illari: Lubnax bilan Shimey. Ulardan ularning nasllari kelib chiqqan+. 18  Qohotning o‘g‘illari: Imrom, Izxor, Xevron hamda Uziyol+. Qohot 133 yil yashagan. 19  Marorining o‘g‘illari: Maxli bilan Mushi. Levining o‘g‘illaridan kelib chiqqan avlodlarning nasabnomasi shulardan iboratdir+. 20  Imrom otasining singlisi Yo‘xavadni xotinlikka oldi+. Yo‘xavad unga Horun bilan Musoni tug‘ib berdi+. Imrom 137 yil umr kechirdi. 21  Izxorning o‘g‘illari: Ko‘rax+, Nafax va Zixri. 22  Uziyolning o‘g‘illari: Mishail, Elizofon+ hamda Sitri. 23  Horun Ominadovning qizi, Naxsho‘nning+ singlisi Elishbani xotinlikka oldi. Elishba unga Nadov, Abihu, Elazar va Itamarni+ tug‘ib berdi. 24  Ko‘raxning o‘g‘illari: Asir, Elqana va Abuasaf+. Ulardan Ko‘rax urug‘ining avlodlari kelib chiqqan+. 25  Horunning o‘g‘li Elazar+ Putiyolning qizlaridan birini xotinlikka oldi. U Elazarga Finxazni+ tug‘ib berdi. Levi o‘g‘illaridan kelib chiqqan xonadon boshlari shulardan iborat+. 26  Bu nasabnomaga Horun bilan Muso ham kiradi. Yahova ularga: «Isroil xalqini Misr yurtidan guruh-guruh qilib* olib chiqinglar»+,— deb aytgan. 27  O‘sha Muso bilan Horun Isroil xalqini Misrdan olib chiqish uchun Misr shohi, ya’ni fir’avn bilan gaplashishgan+. 28  Yahova Muso bilan Misr yurtida gaplashgan kuni, 29  Yahova unga: «Men Yahovaman. Mening hamma gaplarimni Misr shohiga, fir’avnga ayt»,— dedi. 30  Lekin Muso Yahovaga: «Axir men gapirishga qiynalaman-ku. Fir’avn menga quloq solarmidi?»+ — deb aytdi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «qo‘limni ko‘tarib».
So‘zma-so‘z «qo‘shinlari bo‘yicha».