1 Korinfliklarga 16:1-24

  • Quddusdagi masihiylar uchun moddiy yordam (1-4)

  • Pavlusning safar bilan bog‘liq rejalari (5-9)

  • Timo‘tiy va Apollosning Korinfga tashrifi (10-12)

  • Nasihatlar va salomlar (13-24)

16  Muqaddas kishilar uchun yig‘iladigan yordam puliga kelsak+, Galatiyadagi jamoatlarga ko‘rsatma berganimday yo‘l tutinglar.  Men borganimda yig‘maslik uchun har bir kishi haftaning birinchi kunida* qurbi yetgancha pul ajratib qo‘ysin.  Oldingizga borganimda esa ehsoningizni sizlar maktublaringizda tavsiya etadigan kishilar+ orqali Quddusga berib yuboraman.  Ammo u yerga men ham borishim kerak bo‘lsa, ular men bilan birga borishadi.  Biroq Makedoniyadan o‘tib bo‘lganimdan keyin oldingizga boraman, chunki men Makedoniya orqali boraman+.  Ehtimol, oldingizda bir muncha vaqt qolarman yoki hatto qishni o‘tkazarman. Keyin bo‘lsa, sizlar meni boradigan joyimga bir oz kuzatib qo‘yasizlar.  Sizlar bilan yo‘l-yo‘lakay ko‘rishib ketishni istamayman. Aksincha, Yahova* ijozat bersa, yonlaringizda bir muncha vaqt qolish umididaman+.  Lekin Hosil bayramigacha* Efesda+ qolaman.  Sababi, faoliyat ko‘rsatishim uchun Alloh menga katta eshikni ochib berdi+. Ammo dushmanlar ham ko‘p. 10  Timo‘tiy+ borganida orangizda o‘zini erkin his etishiga harakat qilinglar. Chunki u men singari Yahovaning* ishini bajaryapti+. 11  Shu yo‘sin, hech kim uni kamsitmasin. So‘ngra yonimga kelishi uchun uni eson-omon jo‘natib yuboringlar. Boisi, men uni birodarlar bilan birga kutyapman. 12  Birodarimiz Apollosdan+ esa, boshqa birodarlar bilan birgalikda oldingizga borishni juda iltimos qildim. Lekin hozir borishni istamadi, imkoni bo‘lganda borib qolar. 13  Hushyor bo‘linglar+, imonda mahkam turinglar+, mard+ va kuchli bo‘linglar+. 14  Barcha ishlaringizni sevgi bilan bajo keltiringlar+. 15  Stefanusning xonadonidagilar Axayadagi birinchi shogirdlar bo‘lib, muqaddas kishilarga xizmat qilish uchun o‘zlarini bag‘ishlashganini bilasizlar. Xullas, birodarlar, sizlardan bir iltimosim bor: 16  sizlar bunday kishilarga hamda tirishib mehnat qilayotgan barcha hamkorlaringizga bo‘ysuninglar+. 17  Stefanus+, Fortunat va Axaikning bu yerda ekanlaridan quvonyapman, chunki ular yo‘qligingizni bildirishmayapti. 18  Ular mening va sizlarning ko‘nglingizni ko‘tarishdi. Shu sababli bunday kishilarni qadrlanglar. 19  Osiyodagi* jamoatlar sizlarga salom yo‘llashyapti. Akila va Priska* hamda ularning uyida yig‘ilgan jamoat+ ham, Hazratimizning izdoshlari bo‘lmish sizlarga alangali salom aytishyapti. 20  Barcha birodarlar sizlarga salom yo‘llayaptilar. Bir-biringizni birodarlik sevgisi ila o‘pib qarshi olinglar. 21  Men Pavlus, bu salomimni o‘z qo‘lim bilan yozyapman. 22  Kimki Hazratimizni sevmasa, la’nati bo‘lsin. Ey Hazratimiz, kel! 23  Hazrati Isoning inoyati sizlar bilan bo‘lsin. 24  Iso Masihning shogirdi bo‘lmish barchangizga sevgim yor bo‘lsin.

Izohlar

Bu kun hozir yakshanba deb ataladi. Yahudiylarda esa, bu haftaning birinchi kuni edi.
Rim imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyati.
Shuningdek, «Priskilla» deb nomlanadi.