1 Korinfliklarga 1:1-31

  • Salomlar (1-3)

  • Pavlus korinfliklar uchun Xudoga shukrona aytadi (4-9)

  • Yakdil bo‘lish maslahati (10-17)

  • Masih Allohning qudrati-yu hikmati (18-25)

  • Faqat Yahova bilan maqtanish (26-31)

1  Allohning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi*+ bo‘lishga da’vat etilgan Pavlusdan hamda birodarimiz Sostendan  Tangrining Korinfdagi+ jamoatiga. Iso Masihning izdoshlari sifatida muqaddas qilingan+ hamda barcha yerlarda Hazratimiz Iso Masihning ismini+ chaqirib yurganlar bilan birga muqaddas bo‘lishga da’vat etilgan sizlarga yozyapman:  Otamiz Xudoning va Hazratimiz Iso Masihning inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.  Tangrim sizlarga Iso Masih orqali inoyat ko‘rsatganini yodda tutib, sizlar uchun hamisha Unga shukrona aytaman.  Chunki Masih tufayli sizlar har narsada boyib ketib, Xudo kalomini va’z qilish qobiliyatiga hamda to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘ldingizlar+.  Masih to‘g‘risidagi shahodat+ esa orangizda mustahkam o‘rnashdi.  Natijada Hazratimiz Iso Masihning oshkor bo‘lishini+ intizorlik bilan kutayotib, sizlar birorta in’omdan ham quruq qolmadingizlar.  Alloh ham sizlarni oxirigacha qo‘llab-quvvatlab turadi, toki sizlar Hazratimiz Iso Masihning kunida beayb bo‘linglar+.  Sizlarni O‘z O‘g‘liga, ya’ni Hazratimiz Iso Masihga sherik qilish uchun da’vat etgan Xudo esa O‘z so‘ziga sodiqdir+. 10  Xullas birodarlarim, Hazratimiz Iso Masihning ismi haqqi sizlarga nasihat qilaman: so‘zlaringizda uyg‘unlik bo‘lsin, orangizda bo‘linishlar yuz bermasin+, aksincha, bir o‘y, bir fikr orqali tamomila yakdil bo‘linglar+. 11  Gap shundaki birodarlarim, Xloisning xonadonidagilardan orangizdagi kelishmovchiliklar haqida xabar topdim. 12  Ya’ni shuni aytmoqchimanki, har biringiz: «Men Pavlusning shogirdiman», «Men esa Apollosning+ shogirdiman», «Men bo‘lsam Kifaning* shogirdiman», «Men esa Masihning shogirdiman»,— deyapsizlar ekan. 13  Demak, Masihning jamoati bo‘lingan ekan-da?! Sizlar uchun ustunga mixlangan Pavlusmidi? Yoki Pavlusning nomidan suvga cho‘mganmisizlar? 14  Xudoga shukurki, men Krisp+ va Gaydan+ boshqa sizlardan hech kimni suvga cho‘mdirganim yo‘q. 15  Shuning uchun mening nomimdan suvga cho‘mganiga hech kim da’vo qilolmaydi. 16  To‘g‘ri, Stefanusning xonadonidagilarni+ ham suvga cho‘mdirganman. Qolganlarga kelsak, yana kimni suvga cho‘mdirganimni eslolmayman. 17  Zero Masih meni suvga cho‘mdirish uchun emas, balki xushxabarni e’lon qilish uchun yuborgan+. U meni gapga usta bo‘lganim uchun emas, aksincha, uning azob ustunida* o‘lganligi ahamiyatsiz bo‘lib qolmasligi uchun yubordi. 18  Chunki azob ustuni haqidagi xabar halok bo‘layotganlar uchun nodonlikdir+, najot topadigan bizlar uchun esa Allohning qudratidan dalolatdir+. 19  Boisi, Muqaddas Yozuvlarda: «Donolarning donoligini yo‘qga chiqaraman, zukkolarning zakovatini inkor etaman»+,— deyilgan. 20  Ushbu zamonaning* donishmandlari qani? Olimlari* qani? Bahschilari qani? Xudo dunyoning donoligi nodonlik ekanini ko‘rsatmadimi? 21  Dunyo o‘zining hikmati+ orqali Xudoni tanib-bilmadi+. Xudo esa boshqalarning nazarida nodonlik hisoblangan+ va’zimiz orqali imonlilarni qutqardi. Ana shu Allohning hikmatidan dalolat beradi. 22  Yahudiylar mo‘jiza talab qilishadi+, yunonlar hikmat izlashadi. 23  Biz esa ustunga mixlangan Masih haqida va’z qilyapmiz. Bu yahudiylar uchun qoqintiradigan tosh, o‘zga xalqlar uchun nodonlikdir+. 24  Ammo da’vat etilgan yahudiylar-u yunonlar uchun Allohning qudrati-yu hikmati Masih orqali namoyon bo‘ldi+. 25  Chunki Xudoning nodonlik deb hisoblangan narsasi, odamlarnikidan ko‘ra hikmatliroqdir. Allohning kuchsizday bo‘lib ko‘ringan narsasi, insonlarnikiga qaraganda qudratliroqdir+. 26  Ey birodarlar, ko‘rib turganingizdek da’vat etilganlardan hammasi ham odamlarning nazarida na donishmand+, na qudratli, na asilzodadir+. 27  Alloh dunyoning donishmandlarini uyaltirish uchun, ularning nazarida nodon bo‘lganlarni tanladi va dunyoning kuchli kishilarini sharmanda qilish uchun, ularning nazarida zaif bo‘lganlarni tanladi+. 28  Tangri mavjud bo‘lganlarni yo‘q qilish uchun, dunyoda keraksiz deb hisoblangan, kamsitilgan va ahamiyatsiz bo‘lganlarni tanladi+. 29  Xudo hech bir kishi Uning oldida maqtanmasligi uchun shunday qildi. 30  Sizlar esa Alloh tufayli Iso Masihning izdoshlari bo‘ldingiz. Masih bizga Tangrining hikmatini namoyon qildi, to‘lov berib bizni xalos etdi+ hamda Allohning nazarida odil+ va muqaddas qildi+. 31  Bu Muqaddas Yozuvlardagi: «Maqtanayotgan kishi Yahova* bilan maqtansin»+,— degan so‘zlar ro‘yobga chiqishi uchun sodir bo‘ldi.

Izohlar

Havoriy Butrusning boshqa ismi.
Ya’ni Tavrot bo‘yicha mutaxassislar.