1 Butrus 4:1-19

  • Masih kabi Allohning irodasini bajarib yashash (1-6)

  • Barcha narsa o‘z nihoyasiga yetib qolgan (7-11)

  • Masihiy sifatida azob chekish (12-19)

4  Masih inson sifatida azob chekkan ekan+, demak sizlar ham u kabi fikr yuritishga tayyor bo‘linglar. Chunki azob chekayotgan odam gunoh qilmay qo‘yadi+.  Endi u qolgan umrini insoniy istaklarni deb emas+, balki Allohning irodasini bajarish uchun yashaydi+.  O‘tmishda sizlar boshqa xalqlar xohlaganiday+ axloqsiz xulqga*, shahvoniy hirsga, sharobxo‘rlik, aysh-ishrat, ichkilikbozlik va jirkanch butparastlikka berilib+ yashaganingiz yetar.  Ular kabi yomon ishlar girdobida o‘ralashmayotganingiz uchun, ular hayron qolib sizlarni yomonlashyapti+.  Ammo bunday odamlar o‘lig-u tiriklarni hukm qilishga tayyor turgan zot oldida javob berishadi+.  Aynan shu maqsadda xushxabar o‘liklarga* ham e’lon etilgan+, toki insoniy nuqtai nazardan tashqi ko‘rinishga qarab hukm qilinganlar Xudoning nuqtai nazarida ruh bo‘yicha yashashsin.  Barcha narsa o‘z nihoyasiga yetib qolgan ekan, aqli raso bo‘linglar+ va ibodat qilishga nisbatan sergak turinglar+.  Eng avvalo, bir-biringizni samimiyat bilan sevinglar+, chunki sevgi ko‘pgina gunohlarni qoplaydi+.  Nolimay o‘zaro mehmondo‘st bo‘linglar+. 10  Tangrining turli yo‘llar bilan ko‘rsatilgan inoyatining ibratli boshqaruvchilari sifatida, har biringiz Undan olgan in’omingizga yarasha bir-biringizga xizmat qiling+. 11  Kimki gapirsa, Allohning xabarini e’lon qilganday gapirsin. Kimki xizmat qilsa, Xudo bergan kuchga tayanib xizmat qilsin+. Shunda Alloh Iso Masih orqali har taraflama ulug‘lanadi+. Ulug‘vorlik va kuch-qudrat abadulabad Unikidir. Omin. 12  Azizlarim, olovli qiyinchiliklarga duch kelib sinalayotganingizda+, xuddi ajablanarli narsa yuz berayotganday hayron bo‘lmanglar. 13  Aksincha, Masihning azoblariga sherik bo‘layotganingiz uchun+ sevininglar+. Shunda uning ulug‘vorligi oshkor bo‘lgan paytda ham quvonib shodlanasizlar+. 14  Agar sizlarni Masih nomi uchun haqoratlayotgan bo‘lishsa, baxtlisizlar!+ Zero bu, ustingizda ulug‘vorlik ruhi, Tangrining ruhi borligidan dalolatdir. 15  Sizlardan hech kim qotil, o‘g‘ri, jinoyatchi yoki birovlarning ishiga burnini suqadigan bo‘lib azob chekmasin+. 16  Agar birov masihiy bo‘lgani uchun azob cheksa, uyalmasin+. Aksincha, bu nom bilan Allohni ulug‘lasin. 17  Mana, hukm uchun belgilangan vaqt kelib qoldi va u Xudoning uyidan boshlanadi+. Agarda u bizdan boshlanadigan bo‘lsa+, Tangrining xushxabariga bo‘ysunmayotganlarning oxirati nima bo‘larkin?+ 18  «Agar odil kishi zo‘rg‘a qutulsa, unda xudosiz-u gunohkorlarning holi ne kecharkin?»+ 19  Shunday ekan, Allohning irodasini bajarayotgani uchun azob chekayotganlar yaxshilik qilishda davom etib, o‘zlarini sadoqatli Yaratuvchiga ishonib topshirishsin+.

Izohlar

Yoki «uyatsiz ishlar». Yun. aselgeya so‘zining ko‘plik shakli. Lug‘atga q.
Ya’ni xato va gunohlar dastidan o‘lik hisoblangan kishilar. Ef 2:1 ga q.