1 Butrus 3:1-22

  • Erlar va xotinlarga maslahatlar (1-7)

  • Hamdard bo‘lish; tinchlik payida bo‘lish (8-12)

  • Odillik uchun azob chekish (13-22)

    • Umidimiz haqida javob berishga tayyor bo‘lish (15)

    • Suvga cho‘mish va pok vijdon (21)

3  Xuddi shunday, siz xotinlar ham erlaringizga bo‘ysuninglar+. Toki Xudo Kalomiga quloq solmaydigan erlaringiz so‘zlaringiz orqali emas, xulq-atvoringiz orqali zabt etilsinlar+.  Shuningdek, ular benuqson xatti-harakatingizni+ va chuqur hurmat qilishingizni ko‘rishsin.  Sizning chiroyingiz tashqi ko‘rinishdan, ya’ni o‘rilgan sochlar, tilla taqinchoqlar+ yoki chiroyli kiyimdan iborat bo‘lmasin.  Aksincha, chiroyingiz qalbingiz tubida yashirilgan umuman eskirmaydigan kiyimdan — Allohning nazarida qimmatbaho hisoblangan sokin va muloyim ruhdan+ iborat bo‘lsin.  O‘tmishda Tangriga umid bog‘lab yashagan muqaddas ayollar ham erlariga bo‘ysunish bilan o‘zlarini bezashgan.  Masalan, Sora bibi Ibrohim payg‘ambarni «xo‘jayin» deb atab+, unga bo‘ysungan. Agar sizlar ham yaxshilik qilib, biror narsa sizlarni dahshatga solishiga yo‘l qo‘ymasangiz+, uning qizlari bo‘lasiz.  Shu singari, siz erlar bundan buyon ham xotinlaringiz bilan olgan bilimingizga yarasha* muomala qilinglar. Ular ham sizlar kabi hayot in’omining merosxo‘rlari ekan+, ayollarni go‘yo nafis idishdek e’zozlang+. Shunda ibodatlaringizga to‘sqinlik bo‘lmaydi.  Xullas, barchangiz hamfikr+, hamdard, bir-biringizni birodarlarcha sevadigan, mehr-shafqatli+ va kamtar bo‘linglar+.  Yomonlikka yomonlik+, haqoratga haqorat bilan javob qaytarmay+, aksincha, duo qilinglar+. Zero sizlar barakaga ega bo‘lish uchun Xudo tomonidan da’vat etilgansizlar. 10  «Kim hayotdan quvonch topib, yaxshi kunlarni ko‘rishni istasa, tilini yomonlikdan+, og‘zini yolg‘on gapirishdan tiysin. 11  Yomonlikdan qaytib+, yaxshilik qilsin+, tinchlikni qidirib, uning payida bo‘lsin+. 12  Boisi, Yahovaning* ko‘zlari odil kishilarni ko‘radi, quloqlari ularning iltijosini eshitadi+. Biroq yomonlik qiluvchilardan Yahova* yuz o‘giradi»+. 13  Agarda yaxshi ishlar qilishga g‘ayratli bo‘lsangiz, sizlarga kim ham ziyon yetkazardi?+ 14  Hattoki odillik uchun azob cheksangiz ham, baxtiyorsizlar+. Odamlar qo‘rqadigan narsalardan qo‘rqmanglar* va tashvishlanmanglar+. 15  Masihni Hazrat deya qalblaringizda muqaddas tutinglar. Umidingiz haqida so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor bo‘linglar. Faqat buni muloyimlik+ va kamoli ehtirom bilan qilinglar+. 16  Masihning izdoshlari bo‘lmish sizlarning yaxshi xulq-atvoringizga+ qarshi gapirganlar o‘z so‘zlaridan uyalib qolishlari uchun+, vijdoningizni toza saqlanglar+. 17  Yomonlik qilib azob chekkandan ko‘ra+, agar Tangrining irodasi shunday bo‘lsa, yaxshilik qilib azob tortganingiz ma’qul+. 18  Odil inson Masih adolatsiz kishilarni gunohdan xalos etish uchun+ birato‘la o‘zini fido qildi+. Sizlarni Xudoga olib kelish uchun+ u shunday yo‘l tutdi. U odam sifatida o‘lib+, ruh sifatida tirildi+. 19  So‘ng u borib qamoqdagi ruhlarga+ xabar yetkazdi. 20  Ular Nuh payg‘ambarning davrida Alloh kema qurilishini+ sabr-toqat bilan kutgan vaqtda itoatsizlik qilgan ruhlardir+. O‘sha kemada bir necha kishi, ya’ni atigi sakkiz jon suvdan omon qolgan edi+. 21  Shu singari, hozir ham suvga cho‘mish bor (bu, tanani kirdan tozalash emas, balki Xudodan pok vijdon so‘rashdir)+. Bu, sizlarni Iso Masihning tirilishi orqali qutqaradi. 22  Osmonga ko‘tarilganidan keyin Masih Tangrining o‘ng tomoniga o‘tirgan+. Alloh unga farishtalarni, hokimiyat-u kuchlarni bo‘ysundirgan+.

Izohlar

Yoki «ularni inobatga olib; ularni tushunib».
Boshqa variant «Ularning dag‘dag‘asidan qo‘rqmanglar».