Yoqub 2:1-26

  • Ikkiyuzlamachilik gunohdir (1-13)

    • Yaqinini sevish, shohning qonuni (8)

  • Ishlarsiz imon o‘lik (14-26)

    • Jinlar ham Xudo borligiga ishonib, qo‘rquvdan titraydi (19)

    • Ibrohim «Yahovaning do‘sti» deb atalgan (23)

2  Birodarlarim, sizlar ulug‘vor Hazratimiz Iso Masihga ishonib turib yuzxotirchilik qilasizlarmi?+  Zero yig‘ilishingizga tilla uzuklar taqqan, bashang kiyingan odam hamda kir kiyimli kambag‘al odam kelsa,  sizlar bashang kiyingan kishini yaxshi qarshilab, unga: «Marhamat qilib to‘rga o‘tiring»,— desangiz, kambag‘al kishiga esa: «Sen tikka turib tur» yoki «Oyoq qo‘yadigan kursim yoniga o‘tir»,— deb aytsangiz+,  odamlarni toifaga ajratadigan+ adolatsiz hakamlarga o‘xshab qolmaysizlarmi?+  Aziz birodarlarim, quloq solinglar: axir Alloh bu dunyoda kambag‘al hisoblanganlarni tanlab, imonda boyitmadimi?+ Uni sevganlarga va’da qilganidek, ularni Shohlikning merosxo‘rlari qilmadimi?+  Sizlar bo‘lsa kambag‘alga hurmatsizlik ko‘rsatyapsizlar. Sizlarga jabr-zulm qilayotgan va mahkamalarga sudrab borayotgan boylar emasmi?+  Shuningdek, sizlarga berilgan ulug‘ nomni haqoratlayotgan ular emasmi?  Agar Muqaddas Yozuvlardagi: «Yaqiningizni o‘zingizni sevganday seving»+,— degan shohning qonuniga amal qilayotgan bo‘lsangiz, juda soz.  Biroq yuzxotirchilik qilishda davom etsangiz+, gunoh qilgan bo‘lasizlar va shu qonun sizlarning jinoyatchi ekaningizni oshkor etadi+. 10  Birov Tavrotga to‘liq amal qilsa-yu, atigi bitta talabini buzsa, u barcha qonunlarni buzganlikda aybdor hisoblanadi+. 11  Negaki: «Zino qilmang»+,— degan Xudo: «Qotillik qilmang»+,— deb ham aytgan. Demak, agar zino qilmasangiz-u, qotillik qilsangiz, qonunni buzgan bo‘lasiz. 12  Sizlar erkin xalqning qonuni bo‘yicha hukm qilinar ekansiz, aytgan gapingiz bilan qilgan ishingiz shunga muvofiq bo‘lsin+. 13  Kimki rahm-shafqat ko‘rsatmasa, rahm-shafqatsiz hukmga duchor bo‘ladi+. Chunki rahm-shafqat hukmdan ustun keladi. 14  Ey birodarlarim, agar birov imonli ekanini aytsa-yu, buni amalda ko‘rsatmasa, nima foydasi bor?+ Bunday imon uni qutqara oladimi?+ 15  Biron-bir imondoshingiz kiyimga* va kundalik oziq-ovqatga muhtoj bo‘lsa-yu, 16  sizlardan kimdir unga: «Eson-omon borib isining va qorningizni to‘yg‘azing»,— deb unga yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bermasa, nima foydasi bor?+ 17  Xuddi shunday, ishlarsiz imon o‘lik hisoblanadi+. 18  Kimdir shunday deyishi mumkin: «Sening imoning bor, mening ishlarim bor. Sen menga ishlarsiz imoningni ko‘rsat, men esa senga o‘z imonimni amalda ko‘rsataman». 19  Sen yagona Alloh borligiga ishonasanmi? Juda soz. Ammo bunga jinlar ham ishonib, dahshatdan titrab turishadi+. 20  Ey aqlsiz inson, ishlarsiz imon befoyda ekanini bilmaysanmi? 21  Axir bobokalonimiz Ibrohim o‘g‘li Is’hoqni qurbongoh ustiga qo‘yganida, qilgan ishi uchun odil deb tan olingan emasmidi?+ 22  Ko‘rib turganingdek, uning imoni ishlariga hamohang edi va ishlari orqali imoni kamol topgan+. 23  Shu tariqa, Muqaddas Yozuvlardagi: «Ibrohim Yahovaga* ishondi va shuning uchun odil deb tan olindi»+,— degan so‘zlar amalga oshib, u «Yahovaning* do‘sti*»+ deb ataldi. 24  Ko‘rib turganingizdek, inson odil deb tan olinishi uchun imonning o‘zi yetarli emas, ishlar ham kerak. 25  Shu singari, fohisha Rahoba ham ayg‘oqchilarni* mehmondo‘stlik bilan qabul qilib, so‘ng ularni boshqa yo‘l bilan kuzatib, ishlari tufayli odil deb tan olingan emasmidi?+ 26  Chindan ham, ruhsiz* tana o‘lik bo‘lganidek+, ishlarsiz imon ham o‘likdir+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «yalang‘och bo‘lsa».
Yoki «Xalilulloh».
So‘zma-so‘z «xabarchilarni».
Yoki «nafassiz». Yun. pnevma. Ma’nosi «hayotni ta’minlovchi kuch».