Voiz 3:1-22

  • Har bir narsaning o‘z vaqti bor (1-8)

  • Hayotdan zavqlanish — Xudoning in’omidir (9-15)

    • Inson qalbidagi abadiylik tuyg‘usi (11)

  • Xudo barchaga adolatli hukm chiqaradi (16, 17)

  • Hayvonlar o‘lgani kabi, odamlar ham o‘ladi (18-22)

    • Hamma tuproqga qaytadi (20)

3  Har bir narsaning o‘z vaqti bor,Yer yuzidagi har bir ishning o‘z vaqti bor.   Tug‘ilishning ham, o‘lishning ham o‘z vaqti bor,Ekishning ham, sug‘urib tashlashning ham o‘z vaqti bor.   O‘ldirishning ham, shifo berishning ham o‘z vaqti bor,Buzishning ham, qurishning ham o‘z vaqti bor.   Yig‘lashning ham, kulishning ham o‘z vaqti bor,Qayg‘urishning ham, raqsga tushishning ham o‘z vaqti bor.   Tosh otishning ham, tosh yig‘ishning ham o‘z vaqti bor,Quchoqlashning ham, quchoqlamaslikning ham o‘z vaqti bor.   Izlashning ham, izlamay qo‘yishning ham o‘z vaqti bor,Saqlashning ham, tashlab yuborishning ham o‘z vaqti bor.   Yirtishning+ ham, tikishning ham o‘z vaqti bor,Sukut saqlashning+ ham, gapirishning ham o‘z vaqti bor+.   Sevishning ham, nafratlanishning ham o‘z vaqti bor+,Jang qilishning ham, tinchlik o‘rnatishning ham o‘z vaqti bor.  Chekkan zahmatidan insonga ne foyda?+ 10  Xudo inson o‘g‘illariga mashg‘ul bo‘lsin deya bergan ishlarni ko‘rdim. 11  U o‘z vaqtida hamma narsani go‘zal* qilib yaratdi+. U hatto inson qalbiga abadiylik tuyg‘usini soldi. Ammo odam hech qachon Xudoning ishlarini boshidan oxirigacha tushunib yeta olmaydi. 12  Shuni anglab yetdimki, inson uchun umr bo‘yi quvonishdan va yaxshilik qilishdan afzalroq hech narsa yo‘q ekan+. 13  Har kim yeb-ichib, o‘z mehnatining rohatini ko‘rishi kerak ekan. Bu — Xudoning in’omidir+. 14  Alloh yaratgan barcha narsa toabad turishini bilib oldim. Ularga hech narsa qo‘shib ham, olib ham bo‘lmaydi. Haq Xudo insonlar Undan qo‘rqsin+ deya, bularni shunday yaratgan. 15  Hozir yuz berayotganlar oldin ham bo‘lgan, kelajakda sodir bo‘ladiganlar ham allaqachon bo‘lgan+. Ammo haq Xudo quvg‘un qilinayotganlarning manfaatini ko‘zlaydi*. 16  Bundan tashqari, men quyosh ostida adolat o‘rniga yovuzlik, haqqoniyat o‘rniga qabihlik hukm surayotganini ko‘rdim+. 17  Shunda o‘zimga: «Haq Tangri odilga ham, yovuzga ham hukm chiqarar ekan+. Chunki har bir ish-harakatning o‘z vaqti bor ekan»,— deb aytdim. 18  Men yana o‘zimga: «Haq Xudo inson o‘g‘illarini tekshirib, ularga hayvonlardan farqlari yo‘qligini ko‘rsatar ekan»,— dedim. 19  Sababi, hayvonlar bilan nima sodir bo‘lsa, odamlar bilan ham shu narsa sodir bo‘ladi+. Ularning hayoti bir xil yakun topadi. Hayvonlar o‘lgani kabi odamlar ham o‘ladi. Ikkovi ham hayot nafasiga* ega+. Shunday ekan, insonning hayvondan hech qanday ustunligi yo‘q. Zero, barchasi behudadir. 20  Ularning hammasi bir joyga boradi+. Barchasi tuproqdan yaratilgan+ va barchasi tuproqga qaytadi+. 21  Odamlarning hayot nafasi yuqoriga ko‘tariladimi, hayvonlarniki esa pastga — yerga tushadimi, anig‘ini kim ayta oladi?+ 22  Inson uchun qilgan mehnatining rohatini ko‘rishdan yaxshiroq narsa yo‘q ekanini tushunib yetdim+. Chunki bu — uning mukofotidir*. Odam vafot etganidan keyin nima sodir bo‘lishini kim ham unga ko‘rsata olardi?!+

Izohlar

Yoki «batartib, munosib, qulay».
Boshqa variant «bo‘lib o‘tganlarni tekshiradi».
Yoki «ruhiga».
Yoki «ulushidir».