Galatiyaliklarga 5:1-26

  • Masihiylarning erkinligi (1-15)

  • Muqaddas ruhga muvofiq yo‘l tutish (16-26)

    • Tana ishlari (19-21)

    • Muqaddas ruh samarasi (22, 23)

5  Aynan shunday erkinlik uchun Masih bizni ozod qildi. Shu sababli mahkam turinglar+ va yana qullik bo‘yinturug‘i ostida bo‘lib qolmanglar+.  Mana men, Pavlus, sizlarga gapiryapman: agar sizlar sunnat qilinsangizlar, Masihdan sizlarga foyda bo‘lmaydi+.  Bundan tashqari, sunnat qilingan har bir kishiga men tag‘in eslatyapmanki, u Tavrotga to‘liq rioya qilishi shart+.  Qonun orqali odil deb e’lon qilinishga intilayotgan sizlar kim bo‘lishingizdan qat’i nazar+, Masihdan ayrilib uning inoyatidan mahrum bo‘ldingizlar.  Biz esa Tangrining nazarida odil bo‘lishimizni sabrsizlik bilan kutyapmiz va bunga faqat muqaddas ruh va imonimiz orqali yetishish mumkin.  Iso Masih bilan birlikda bo‘lganlar uchun sunnat ham, sunnatsizlik ham hech qanday ahamiyatga ega emas+, faqat muhabbat orqali amal qilayotgan imon ahamiyatga ega.  Sizlar yaxshi yugurayotgan edingiz-ku+. Bundan buyon ham haqiqatga itoat qilishingizga sizlarga kim xalal berdi?  Bunday e’tiqod sizlarni da’vat etgan Xudodan emas.  Ozgina xamirturush butun xamirni achitadi+. 10  Men aminmanki, Hazratimiz bilan birlikda bo‘lgan sizlar+ boshqacha fikr yuritmaysizlar, ammo sizlarga qiyinchilik tug‘dirayotgan+ kim bo‘lishidan qat’i nazar, tegishli jazosini oladi. 11  Menga kelsak, birodarlar, agar men ilgarigidek sunnat qilish kerakligini xabarlaganimda, unda ta’qib qilingan bo‘larmidim? Axir o‘shanda azob ustuni*+ ular uchun to‘siq bo‘lmasdi-ku. 12  Sizlarni yo‘ldan urmoqchi bo‘lganlar menga desa o‘zlarini bichishmaydimi*?! 13  Siz birodarlar ozodlikka da’vat etilgansizlar. Lekin bu ozodlikdan tana istaklarini qondirish imkonidek foydalanmanglar+. Aksincha, bir-biringizga sevgi bilan xizmat qilinglar+. 14  Butun Tavrot ushbu bitta amrda mujassam bo‘lgan: «Yaqiningizni o‘zingizni sevgandek seving»+. 15  Ammo bir-biringizni tishlab, g‘ajisangizlar+, ehtiyot bo‘linglar, tag‘in bir-biringizni yeb bitirmanglar+. 16  Sizlarga aytyapman: muqaddas ruhga muvofiq yo‘l tutinglar+, shunda tana istaklarini qondirmaysizlar+. 17  Chunki tana o‘z istaklari bilan muqaddas ruhga, ushbu ruh esa tanaga qarshidir. Ular bir-biriga qarama-qarshi ekan, sizlar istamaganingizni qilasizlar+. 18  Agar muqaddas ruhga muvofiq yo‘l tutsangizlar, unda qonun hukmi ostida emassizlar. 19  Tana ishlari aniq-ravshandir: zino*+, ifloslik, axloqsiz xulq*+, 20  butparastlik, sehr-jodu*+, adovat, janjalkashlik, rashk-hasad, darg‘azab bo‘lish, talash-tortish, bo‘linishlar, mazhablar yaratish, 21  hasad, ichkilikbozlik+, aysh-ishrat va shularga o‘xshagan ishlar+. Ilgari ogohlantirganimday, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudoning Shohligini meros qilib olishmaydi+. 22  Muqaddas ruh samarasi esa sevgi, sevinch, tinchlik, sabr-toqat, mehribonlik, himmat+, imon, 23  muloyimlik va o‘zini tuta bilishdir+. Bu xislatlarga qarshi biror qonun yo‘q. 24  Bundan tashqari, Iso Masihga tegishli bo‘lganlar o‘z tanasini ehtiros-u istaklari bilan ustunga mixlashgan+. 25  Agar muqaddas ruhga yarasha umr kechirayotgan bo‘lsak, unda keling, shu ruhga ko‘ra yo‘l tutaylik+. 26  Manmanlik qilmaylik+, bir-birimizni raqobatga undamaylik+ va hasad qilmaylik.

Izohlar

Bunday odamlar Tavrot talablarini bajarishga yaroqsiz bo‘lib qolgan.
Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
Yoki «uyatsizlik». Yun. aselgeya. Lug‘atga q.