Filippiliklarga 4:1-23

  • Birlik, quvonch va munosib tarzda fikr yuritish (1–9)

    • Hech narsadan tashvishlanmanglar (6, 7)

  • Filippiliklarning hadyasi uchun minnatdorchilik (10–20)

  • Xayrlashuv so‘zlari (21–23)

4  Shunday ekan, mening quvonchim va tojim bo‘lgan+, men sog‘ingan sevimli birodarlarim, azizlarim, Rabbimiz bilan birlikda bo‘lib mahkam turinglar+.  Evodiya bilan Sintixaga Rabbimiz* bilan birlikda bo‘lib, hamfikrlikni saqlashni nasihat qilaman+.  Mening chin hamkorim, bu ayollarga yordam berishingni iltimos qilaman. Ular xushxabar uchun men va Kliment bilan hamda ismlari hayot kitobida yozilgan+ boshqa hamkorlarim bilan birga yelkama-yelka turib kurash olib borishgan.  Rabbimiz* bilan birlikda bo‘lib hamisha quvoninglar. Yana bir bor aytaman, quvoninglar!+  Mulohazakor ekaningiz+ hamma odamlarga ma’lum bo‘lsin. Rabbimiz* yaqin.  Hech narsadan tashvishlanmanglar+, lekin ibodat va iltijoda tilaklaringizni minnatdorchilik bilan Allohga bildiringlar+.  Shunda har qanday o‘y-fikrdan ustun bo‘lgan Xudoning tinchligi+ qalbingizni+ va ongingizni Iso Masih orqali himoya qiladi.  Xullas birodarlar, nima haqiqat va nima jiddiy e’tiborga loyiq bo‘lsa, nima odillik, nima halollik, nima yoqimli bo‘lsa, nima haqda ijobiy gapirilsa, nima himmat va nima maqtovga sazovor bo‘lsa bular haqida fikr yuritinglar+.  Mendan nimani o‘rgangan, nimani qabul qilgan, nimani eshitgan va ko‘rgan bo‘lsangiz, shuni amalda qo‘llanglar+, shunda tinchlik Xudosi sizlar bilan bo‘ladi. 10  Rabbimizning* xizmatchisi sifatida, nihoyat men haqimda yana o‘ylashni boshlaganingiz uchun juda sevinyapman+. Albatta oldinlari ham farovonligim bilan qiziqqansizlar, ammo buni ko‘rsatishga imkoniyatlaringiz bo‘lmagan. 11  Buni zoriqqanim uchun aytayotganim yo‘q, chunki men har qanday sharoitlarda qanoat hosil qilishga o‘rganganman+. 12  Ha, men muhtojlik nimaligini ham+, farovonlik nimaligini ham bilaman. Men hamma narsada va turli sharoitlarda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, ham farovonlikda yashash, ham muhtojlikda qolishning sirlarini o‘rganganman. 13  Meni qo‘llab-quvvatlayotganning madadi bilan har narsani qila olaman+. 14  Qolaversa, mening qayg‘ularimga sherik bo‘lib yaxshi ish qildingizlar. 15  Axir siz, filippiliklar bilasizlarki, ilk bor xushxabar bilan tanishganingizdan keyin, men Makedoniyani tark etganimda, sizlardan tashqari biron-bir jamoat menga na yordam bergan, na yordamimni qabul qilgan+. 16  Chunki Salonikada* bo‘lganimda ehtiyojimni qondirish uchun ikki marta yordam yuborgansizlar. 17  Men sizlardan hadya olishni emas, aksincha, sizning foydangizga bo‘ladigan barakani ko‘paytirishni ko‘zlayapman. 18  Ammo menda hamma narsa bor va mo‘l-ko‘ldir. Ayniqsa Epafrodit+ orqali berib yuborganingizni oldim, endi menda hamma narsa to‘kin-sochin. Bular Allohga yoqadigan, xushbo‘y hidli+ ma’qul qurbonlikdir. 19  Tangrimning O‘zi sizlarning har qanday ehtiyojingizni+ O‘zining ulug‘vor boyligi bilan Iso Masih orqali qondiradi. 20  Xudoyimiz va Otamizga abadulabad shon-sharaflar bo‘lsin. Omin. 21  Iso Masih bilan birlikda bo‘lgan barcha muqaddas kishilarga mendan salom aytinglar. Men bilan birga bo‘lgan birodarlar sizlarga salom yo‘llashyapti. 22  Barcha muqaddas kishilar, ayniqsa podshohning* xonadonidagilar+ sizlarga salom aytib yuborishdi. 23  Sizlar namoyon etayotgan ruhiyatga Hazrati Iso Masihning inoyati yor bo‘lsin.

Izohlar

Boshqa variant «Hazratimiz».
Boshqa variant «Hazratimiz».
Boshqa variant «Hazratimiz».
Boshqa variant «Hazratimizning».
Yoki «Salonikida».
Yoki «qaysarning». Yun. sezar.