Asosiy materiallarga o‘tish

Nega aynan «Yahovaning Shohidlari» degan nom?

Nega aynan «Yahovaning Shohidlari» degan nom?

 Muqaddas Kitobda Xudoning yagona ismi Yahova deb yozilgan. (Chiqish 6:3; Zabur 83:18) Shohid esa, ishonch hosil qilgan nuqtai nazar yoki haqiqatlarni boshqalarga aytadigan inson demakdir.

 «Yahovaning Shohidlari» degan nom, bizni barcha narsalarning Yaratuvchisi bo‘lmish Yahova to‘g‘risidagi haqiqatni va’z etadigan bir guruh xudojo‘y kishilarday tanitadi. (Vahiy 4:11) Hayot tarzimiz va Muqaddas Kitobdan bilib olayotganlarimizni bo‘lishish orqali boshqalarga shohidlik beramiz. (Ishayo 43:10–12; 1 Butrus 2:12)