Asosiy materiallarga o‘tish

Nega Yahovaning Shohidlari shundoq ham xudojo‘y bo‘lgan insonlarga va’z qilishadi?

Nega Yahovaning Shohidlari shundoq ham xudojo‘y bo‘lgan insonlarga va’z qilishadi?

 Ko‘pgina xudojo‘y insonlar Muqaddas Kitobdagi mavzularni muhokama qilishni yoqtirishiga e’tibor berdik. To‘g‘ri, har bir kishi biznikidan farq qiladigan o‘z e’tiqodiga ega bo‘lish haqini hurmat qilamiz va boshqalarni xushxabarni eshitishga majburlamaymiz.

 Din borasida suhbatlashayotganimizda, Muqaddas Kitobda maslahat berilganday, buni «muloyimlik» ila qilamiz va insonlarga nisbatan «kamoli ehtirom» ko‘rsatamiz. (1 Butrus 3:15) Ba’zilar xushxabarni rad etishlarini ham bilamiz. (Matto 10:14) Biroq odamlar bilan suhbatlashgandan keyingina ularning xushxabarga bo‘lgan munosabatini bila olamiz. Qolaversa, odamlarning vaziyati o‘zgarishi mumkinligini ham tushunamiz.

 Masalan, kishi band bo‘lgani uchun biz bilan bugun suhbatlasha olmas, lekin boshqa kuni jon deb suhbatlashar. Buning ustiga, odamlar duch kelishi mumkin bo‘lgan yangi muammolar yoki hal qilishi kerak bo‘lgan muayyan vaziyatlar ularni Muqaddas Kitobdagi xabarga qiziqish ko‘rsatishga undar. Shuning uchun ham, odamlar bilan qayta-qayta suhbat qurishga harakat qilamiz.