Asosiy materiallarga o‘tish

Nega Yahovaning Shohidlari: «Bu meni qiziqtirmaydi»,— degan odamlarnikiga qayta borishadi?

Nega Yahovaning Shohidlari: «Bu meni qiziqtirmaydi»,— degan odamlarnikiga qayta borishadi?

 Allohni va yaqinlarimizni sevganimiz bois, Muqaddas Kitobdagi xabarni barcha odamlarga, jumladan, qachondir: «Bu meni qiziqtirmaydi»,— degan kishilarga ham aytamiz. (Matto 22:37–39) Xudoga bo‘lgan sevgi tufayli «keng shohidlik berish» haqidagi Iso payg‘ambarning amriga bo‘ysunamiz. (Havoriylar 10:42; 1 Yuhanno 5:3) Shuning uchun, Xudoning qadimgi payg‘ambarlari singari Uning xabarini qayta-qayta aytamiz. (Yeremiyo 25:4) Odamlarni yaxshi ko‘rganimiz uchun najotbaxsh «Shohlik haqidagi xushxabar»ni hamma, jumladan, boshida unga qiziqish ko‘rsatmaganlar bilan ham bo‘lishamiz. (Matto 24:14)

 Ilgari xushxabarga qiziqish ko‘rsatmagan odamlarnikiga qayta borganimizda, ko‘pincha uni eshitmoqchi bo‘lganlarni topamiz. Bu uchta sabab tufayli yuz beradi:

  •   Odamlar ko‘chib ketadi.

  •   O‘sha oilaning boshqa a’zolari qiziqib qoladi.

  •   Insonlar o‘zgaradi. Dunyodagi hodisalar yoki shaxsiy sharoitlar o‘zgarishi tufayli ba’zilar «ma’naviy narsalarga chanqoq bo‘ladi» va Muqaddas Kitobdagi xabarga qiziqish ko‘rsatadi. (Matto 5:3) Hatto, havoriy Pavlus bilan bo‘lganiday, bizga qarshilik ko‘rsatgan odamlarning qalbi ham o‘zgaradi. (1 Timo‘tiyga 1:13)

 Biroq hech kimni xushxabarni qabul qilishga majburlamaymiz. (1 Butrus 3:15) Xudoga topinish borasida har bir inson o‘zi qaror chiqarishi kerak, deb hisoblaymiz. (Qonunlar 30:19, 20)