Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2-DARS

Muqaddas Kitob umid baxsh etmoqda

Muqaddas Kitob umid baxsh etmoqda

Butun dunyo bo‘ylab odamlar tushkunlikka tushiradigan, xavotirga soladigan va hatto og‘riq keltiradigan muammolar bilan kurashyapti. Siz ham bu kabi muammolarni boshdan kechirganmisiz? Ehtimol, kasallikdan yoki yaqiningiz hayotdan ko‘z yumganidan azob chekayotgandirsiz. Balki shunday deb o‘ylayotgandirsiz: «Qachondir hayot yaxshilanadimi?» Muqaddas Kitobda bu savolga ishonchli javob bor.

1. Muqaddas Kitob bizga qanday umid baxsh etyapti?

Muqaddas Kitobda nega shu qadar ko‘p muammolarga duch kelayotganimizning sababi keltirilgan. U yerda bu muammolar vaqtincha ekani va yaqinda yo‘q bo‘lib ketishi haqida ham yozilgan. Muqaddas Kitobda «porloq kelajak va umid baxsh etilishi» va’da berilgan. (Yeremiyo 29:11, 12 ni o‘qing.) Mazkur va’dalar hozirgi muammolarni yengishga, ijobiy nuqtai nazarga ega bo‘lishga va abadiy baxtga erishishga ko‘maklashadi.

2. Muqaddas Kitobda qanday kelajak va’da qilingan?

Muqaddas Kitobda «o‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydigan» kelajak haqida aytilgan. (Vahiy 21:4 ni o‘qing.) Azob keltirayotgan kambag‘allik, adolatsizlik, kasallik va o‘lim kabi muammolar boshqa bo‘lmaydi. Muqaddas Yozuvlarda va’da berilishicha, odamlar yer yuzidagi jannatda abadiy yashashdan zavqlanadi.

3. Muqaddas Kitobdagi va’dalarga bo‘lgan ishonchingizni qay yo‘sin mustahkamlay olasiz?

Ko‘plar yaxshi narsalar yuz berishiga umid qiladi. Ammo ular bu umidi qachondir amalga oshishiga amin bo‘la olmaydi. Lekin Muqaddas Kitobdagi va’dalar haqida bunday deb bo‘lmaydi. «Muqaddas Yozuvlarni... sinchkovlik bilan o‘rganish» orqali unda aytilganlarga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlay olamiz. (Havoriylar 17:11) Muqaddas Kitobni tadqiq qilar ekansiz, u yerda kelajak haqida aytilganlarga ishonish-ishonmaslikni o‘zingiz hal qila olasiz.

KO‘PROQ BILIB OLING

Muqaddas Kitobda kelajak borasida va’da qilingan ba’zi narsalarni ko‘rib chiqing. U yerda tilga olingan umid bugungi kunda odamlarga qanday yordam berayotganini bilib oling.

4. Muqaddas Kitobda mukammal sharoitlarda abadiy yashash umidi to‘g‘risida aytilgan

Muqaddas Kitobda keltirilgan quyidagi va’dalarga e’tibor bering. Ularning qaysilari sizga ayniqsa yoqdi? Nima uchun?

Bu va’dalarning yonida keltirilgan oyatlarni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Sizningcha, bu oyatlar umid baxsh etadimi? Ular oilangiz va do‘stlaringiz uchun umid manbai bo‘lishi mumkinmi?

Mana shunday dunyoda yashashni tasavvur qilib ko‘ring:

HECH KIM...

BARCHA...

  • og‘riqni, yosh o‘tgani tufayli zaiflikni his qilmaydi, o‘lmaydi. (Ishayo 25:8)

  • hayotdan ko‘z yumgan yaqinlari yer yuzida yashash uchun tirilganini ko‘radi. (Yuhanno 5:28, 29)

  • yaxshi sog‘lik va yoshlik quvvatidan quvonadi. (Ayub 33:25)

  • tashvishli fikrlardan yoki xotiralardan qiynalmaydi. (Ishayo 65:17)

5. Muqaddas Kitobdagi umid nuqtai nazarni o‘zgartirishga ko‘maklashadi

Ko‘plar atrofidagi muammolarni ko‘rib, tushkunlikka tushyapti yo hatto jahli chiqyapti. Ayrimlar vaziyatni yaxshilashga urinib ko‘ryapti. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi borasidagi Muqaddas Kitobda aytilgan va’da odamlarga qanday yordam berayotganini bilib oling. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Rafika qanday adolatsizlikka uchragan?

  • Adolatsizlik bartaraf etilmagan bo‘lsa ham Muqaddas Kitob unga qanday yordam bergan?

Kelajakda amalga oshadigan Muqaddas Kitobdagi va’dalar tushkunlikni yengishimizga va muammolarga qaramay, quvonishimizga ko‘maklasha oladi. Hikmatlar 17:22 va Rimliklarga 12:12 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Sizningcha, Muqaddas Kitobdagi umidbaxsh xabar hozirning o‘zida hayotingizni yaxshilay oladimi? Nega?

BA’ZILARNING FIKRI: «Muqaddas Kitobda kelajak borasida yozilganlar ertak».

  • Nega dalillarni tadqiq qilish muhim, deb o‘ylaysiz?

XULOSA

Muqaddas Kitob bizga umid baxsh etmoqda. Undagi quvonchga to‘la kelajak haqidagi va’dalar qiyinchiliklar bilan kurashishimizga yordam beradi.

Takrorlash

  • Nega odamlar umidga muhtoj?

  • Muqaddas Kitobda kelajak borasida nima deyilgan?

  • Kelajak borasida umidga ega bo‘lish hozirning o‘zida sizga qanday yordam beradi?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Umid kuch baxsh etishi haqida ko‘proq bilib oling.

«Umidni qayerdan topishingiz mumkin?» («Uyg‘oning!» 22-aprel, 2004)

Surunkali kasallikka yo‘liqqan insonlarga kelajak borasidagi umid qanday yordam berayotganiga diqqat qarating.

«Surunkali kasallikka duch kelganda Muqaddas Kitob yordam bera oladimi?» (Veb-maqola)

Bu musiqali videoni tomosha qilar ekansiz, o‘zingizni va oilangizni Muqaddas Kitobda va’da qilingan kelajakdagi jannatda tasavvur qiling.

«Bu paytni tasavvur qiling» (3:37)

Dunyodagi ahvolni o‘zgartirishga harakat qilgan inson Muqaddas Kitobda kelajak borasida keltirilgan umid yordamida hayotini qay yo‘sin o‘zgartirgani haqida bilib oling.

«Endi dunyoni o‘zgartirishim kerak, deb o‘ylamayman» («Qo‘riqchi minorasi» 1-iyul, 2013)