Asosiy materiallarga o‘tish

Iblis chindan ham mavjudmi?

Iblis chindan ham mavjudmi?

Muqaddas Kitobga asoslangan javoblar

 Ha, Iblis chindan ham mavjud shaxs. U yovuzlashib, Xudoga qarshi chiqqan ruhiy shaxs va «dunyoning hukmdori»dir. (Yuhanno 14:30; Efesliklarga 6:11, 12) Muqaddas Kitobda quyidagi ism va tavsiflar orqali Iblisning shaxsiyati ochib berilgan:

Shunchaki yovuzlik ramzi emas

 Ayrim insonlar Shayton Iblis deganda shunchaki odamning ichidagi yovuzlikni tushunadi. Lekin Muqaddas Kitobda Xudo Shayton bilan muloqot qilgani yozilgan. Xudo mukammaldir, shuning uchun ham ichidagi yovuzlik bilan muloqot qila olmasdi. (Qonunlar 32:4; Ayub 2:1–6) Qolaversa, Shayton gunohdan xoli bo‘lgan Isoni vasvasa qilgan. (Matto 4:8–10; 1 Yuhanno 3:5) Demak, Muqaddas Kitobdan ko‘rinyaptiki, Iblis mavjud va u shunchaki yovuzlikning ramzi emas.

 Aksariyat odamlar Iblisning mavjudligiga ishonmayotganidan hayron qolishimiz kerakmi? Aslo, chunki Muqaddas Kitobda Shayton o‘z maqsadlariga erishish uchun yolg‘ondan foydalanishi haqida aytilgan. (2 Salonikaliklarga 2:9, 10) U qo‘llaydigan hiyla-nayranglardan biri — odamlar uning mavjudligiga ishonmasligi uchun ularning zehnini ko‘r qilishdir. (2 Korinfliklarga 4:4)

Iblis haqidagi noto‘g‘ri fikrlar

  Noto‘g‘ri fikr: Shayton Xudoga odamlarni hukm qilishga yordam beradi.

 To‘g‘ri fikr: Iblis — Xudoning xizmatchisi emas, Uning dushmanidir. Shayton Iblis Xudoga xizmat qilayotgan insonlarga qarshi chiqib, ularni ayblamoqda. (1 Butrus 5:8; Vahiy 12:10)