Asosiy materiallarga o‘tish

2020-YIL 23-APREL
EKVADOR

Ekvadordagi Yahovaning Shohidlari uylaridan samarali va’z qilishyapti

Ekvadordagi Yahovaning Shohidlari uylaridan samarali va’z qilishyapti

COVID-19 pandemiyasi davom etayotgan bo‘lsa ham, butun dunyodagi birodar-u opa-singillarimiz va’z qilish yo‘llarini izlab topishmoqda. Ekvadordagi va’zgo‘ylar odamlarga xushxabarni yetkazish maqsadida va’zgo‘ylik qilishning turli usullaridan samarali foydalanishyapti.

Ambato shahrida 7 yoshli singlimiz onasi bilan birga maktabidagi ustozlariga xabarlar yuborgan. Birida shunday yozilgan: «Xayrli tong, ustoz. Sizga tasalli beruvchi xabar yozyapman, chunki hozir juda qiyin paytda yashayapmiz. Muqaddas Kitobda, Vahiy 21:4 da bizni yaxshiroq kelajak kutayotgani to‘g‘risida yozilgan. Sizga ko‘proq ma’lumot bor bo‘lgan havolani yuboryapman».

Bitta ustozi unga quyidagicha javob yozibdi: «Rahmat, bolajonim. Yosh bo‘lishinga qaramay, juda dono so‘zlarni yozibsan». Boshqa ustozi esa minnatdorchilik bildirib, «Muqaddas Kitob hikoyalari» kitobining elektron shaklini so‘rabdi. U kitob shaklida borligini, faqat bitta o‘quvchisiga berib turganini aytibdi. Singlimiz ustoziga kitobni jw.org saytidan yuklab olish mumkinligini tushuntirib beribdi.

Kevedo shahridagi bir juftlik telefon raqamlarini ko‘rib chiqib, Yahovaning Shohidi bo‘lmagan insonlarga quyidagicha xabar yuborishibdi: «Biz Yahovaning Shohidimiz. Hozirgi vaziyat butun dunyoga ta’sir qilayotgani dastidan, uyma-uy va’z qila olmayapmiz. Lekin video orqali ulanib, siz bilan suhbatlashishni juda ham istaymiz».

Ko‘pchilik bunga rozilik bildiribdi. Ilgari xushxabarni tinglashdan bosh tortgan bir ayol bu juftlikka rahmat aytib, odamlarga tasalli berishga intilayotganlari uchun maqtabdi. Hozirgi vaziyat tufayli u stress his qilayotganini tushuntiribdi. Bu juftlik unga «Stressdan ozod bo‘lish» nomli 2020-yil «Uyg‘oning!» jurnalining No. 1 sonini PDF shaklida yuboribdi. Keyin, suhbatlarning birida ayol bu jurnal uchun minnatdorchilik bildirib, uni qayta-qayta o‘qib chiqqanini aytibdi.

Santo-Domingo-de-los-Tsachilas provinsiyasidagi Yoxana ismli opamizning qulog‘i eshitmaydi. U rasmlar chizib xat «yozibdi» *. So‘ng uni rasmga tushirib, qulog‘i eshitmaydigan barcha tanishlariga telefon orqali yuboribdi. Ammo ularning orasida qulog‘i eshitadigan ayol ham bor edi. U darrov savollar berib Yoxanaga xabar yuboribdi. U savollarini tushunmagani uchun, qulog‘i eshitadigan Ronda ismli kashshof opamiz ularga javob beribdi.

Bu ayol Rondaga Yoxananing xati uni o‘ylantirib qo‘yganini aytibdi. Shuningdek, Muqaddas Kitobdagi yana boshqa oyatlarda ham yer yuzida nimalar yuz berishi haqida yozilganmi, deb so‘rabdi. Ronda unga Luqo 21:10, 11 ni o‘qib, «Nega Alloh azob-uqubatlarga yo‘l qo‘ymoqda?» va «Alloh nega yerni yaratgan?» nomli videolarning havolalarini yuboribdi. Ayol bu borada suhbatlashib turish istagini bildiribdi.

Havoriy Pavlus qamoqda bo‘lganda «Xudoning Shohligi to‘g‘risida keng shohidlik berishda» davom etganiday, birodarlarimiz ham, hatto uylaridan chiqa olmayotgan bo‘lsa ham va’z qilish uchun qo‘lidan kelgan barchasini qilishga jon kuydirishmoqda. (Havoriylar 28:23)

^ 7- x.b. Qulog‘i eshitmaydigan insonlarning ko‘pchiligi uchun yozma matnni tushunish qiyin bo‘lgani tufayli, imo-ishora tilidagi hududda anchagina va’zgo‘ylar fikrlarni yetkazish uchun so‘zlar yozishning o‘rniga rasmlar chizishadi.