Asosiy materiallarga o‘tish

Italiyada bitta birodarimiz Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazyapti

2020-YIL 26-MART
DUNYO BO‘YLAB YANGILIKLAR

Butun dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlari pandemiya paytida va’z qilishning yangi usullaridan foydalanmoqda

Butun dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlari pandemiya paytida va’z qilishning yangi usullaridan foydalanmoqda

Yangi koronavirus (COVID-19) pandemiyasi millionlab Yahova Shohidlarining hayotini o‘zgartirib yubordi. Ular iloji boricha mahalliy hukumat berayotgan yo‘l-yo‘riqqa bo‘ysunish bilan birga Yahovaga topinishni davom ettiryapti. Kasallik keng tarqalgan hududlarda birodar-u opa-singillarimiz turli usullardan foydalanib xizmatini davom ettirmoqda.

Italiyaning Piza shahridagi bitta birodar shunday deb bo‘lishdi: «Va’zgo‘ylik xizmatida ko‘plab yutuqlarga erishyapmiz! Ko‘p odamlar uyda qolgani sabab, xotinim bilan birga telefonimizda saqlab qo‘ygan raqamlardan foydalanib ularning ko‘pi bilan videoaloqa orqali suhbat qurishni rejalashtirdik. Hozir ko‘plab tadqiq va takroriy tashriflarimiz bor. Ularning ayrimlari bilan endi-endi gaplasha boshladik, boshqalari bilan esa oldin suhbat qurganmiz. Bunday yo‘l tutib xizmatga ko‘p vaqt sarflayapmiz va yaxshi natijalarga erishyapmiz».

Pandemiya tufayli Janubiy Koreyadagi va’zgo‘ylar jw.org veb-saytimizdagi hamda JW Library ilovasidagi ma’lumotlardan yanada ko‘proq foydalanadigan bo‘lishdi. Masalan, bitta birodar uch yil oldin Muqaddas Kitob tadqiqini to‘xtatgan kishidan kutilmaganda SMS oldi. O‘sha kishi pandemiya uni oxirzamon belgisi borasida fikr yuritishga undaganini aytdi. Birodar JW Library ilovasidagi «Podelitsya ssilkoy» degan funksiyadan foydalanib, unga oxirzamonga oid ma’lumotni SMS orqali yubordi. Birodar shunday deb aytdi: «Oxirzamon belgisining bir qismi bo‘lmish bu pandemiya ko‘plab insonlarni ma’naviy ehtiyoji borligini tushunishga undaganini ko‘rish daldali».

Butun dunyodagi filiallardan kelayotgan hisobotlar birodar-u opa-singillarmiz va’zgo‘ylik xizmatini qadrlashini yaqqol ko‘rsatyapti. Ular «donolik» ila xushxabarni va’z qilishda davom etayotganini ko‘rish naqadar ajoyib! (Mixo 6:9)

 

Puerto-Rikoda tuman noziri va’zgo‘ylik xizmati uchrashuvini o‘tkazyapti

Germaniyada kashshoflar videoaloqa qilib xat yozishyapti

Janubiy Koreyada Muqaddas Kitob tadqiqi o‘tkazilyapti

Fransiyada bir juftlik telefon orqali shohidlik beryapti

Gavayida bir opa o‘g‘li bilan xat yozyapti