Asosiy materiallarga o‘tish

2020-YIL 29-APREL
DUNYO BO‘YLAB YANGILIKLAR

2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimi. Butun dunyo bo‘ylab rasmlar

Dunyo bo‘ylab alohida bo‘lishga majbur bo‘lsak ham, minnatdorchilik bildirishimizga hech narsa to‘sqinlik qila olmadi

2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimi. Butun dunyo bo‘ylab rasmlar

2020-yili, 7-aprelda quyosh botgach, dunyo bo‘ylab birodar-u opa-singillarimiz Qutlug‘ Kechlik marosimini tarixda o‘zgacha iz qoldiradigan tarzda o‘tkazishdi. Pandemiya dastidan ko‘pchiligimiz odatdagiday birga yig‘ila olmagan bo‘lsak ham, Isoning: «Buni meni eslab turish uchun qilinglar»,— degan so‘zlariga bo‘ysunishga qaror qildik. (Luqo 22:19) Butun dunyo bo‘ylab imondoshlarimiz — turmush qurmaganlar, juftliklar, farzandlari bor bo‘lgan oilalar va aziz qariyalarimiz — barchamiz yakdillikda Tangri Yahova hamda Iso Masihga bo‘lgan minnatdorchilikni ko‘rsatdik.

Butun dunyodagi imondoshlarimiz 2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimiga qanday tayyorgarlik ko‘rishganini va o‘tkazishganini ko‘rsatuvchi rasmlarni zavq ila tomosha qiling.